Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

«individ» tushunchasi
individuallik
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


47
individuallik ko‘rinishlarida saqlanib qoladi. bular hamma vaqt 
obyektiv ravishda inson sifatlari muhim xususiyatlarining ifodachisi 
bo‘lib qolaveradi. navbatdagi bosqichlarda ham kishilar mustaqil 
faoliyat ko‘rsatuvchi mavjudot sifatida bir-biridan o‘ziga xosligi bilan 
farqlanadi. umuman, individning turlicha talqini mavjud bo‘lganidek, 
uning natijasi bo‘lgan individuallikni izohlashda ham xilma-xil 
qarashlar bor. masalan, uni yo individ bilan, yo inson mavjudligining 
yuksak shakli bo‘lgan shaxs bilan qiyoslashadilar. holbuki, dastavval 
individuallik tushunchasida har bir inson hayoti, faoliyatining barcha 
sohalarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xosliklar – bir individni 
ikkinchisidan farqlaydigan xususiyatlar ifodalanadi. darhaqiqat
moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish jarayoni, siyosiy vazifalarni 
hal etish yo‘llari, ma’lum obyektning san’at asarlaridagi turli-
tuman talqini va hokazolar pirovard natijada ijrochilarning talanti, 
tashkilotchiligi, o‘z burchlariga fidoyiligi kabi ko‘plab xususiyatlariga 
bog‘liq bo‘ladi. individuallikda ijobiylik o‘z aksini topadi. masalan, 
o‘zi no‘noq shaxsning individual xususiyatlari to‘g‘risida maxsus 
gapirilmaydi.
individuallikda alohida olingan insonning aniq xatti-harakatlari 
malakasi, layoqati, odat va ko‘nikmalari ifodalanishi o‘rta arifmetik 
darajada olingan shaxs sifatlaridan hamma vaqt ortiqligi bilan 
individuallik ajralib turadi. buni ijtimoiy tarix misollari yetarlicha 
tasdiqlaydi. masalan, O‘zbekistonda xi–xv asrlarda yashagan 
mutafakkirlar falsafa, fan, din va san’atda shunday yangiliklarni 
berdiki, bular nafaqat o‘z davri uchun yuksak ravnaqni bildirgan 
va yana undan keyingi davrlarda ham ko‘pgina xalqlar, xususan, 
yevropaliklar tafakkuri rivojlanishi uchun zarur turtki bo‘ldi. har 
qanday inson individi o‘ziga xos salohiyati bilan dunyoga keladi. 
hamma gap bu salohiyatni qay tarzda ro‘yobga chiqarishdan 
iboratdir.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə