Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Asosiy tushunchalar

B
ioijtimoiy ruhiylik
– insonning jonli tabiatga mansubligi
ijtimoiy mavjudot ekanligi va yuksak ruhiyat tashuvchisi 
sifatlarini ifodalaydigan tushuncha.
• 
individ
(lotincha: 
yagona, bo‘linmas
) – inson hayotining turli-
tuman asoslarini tasvirlashda qo‘llaniladi.
ii bob. Shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi


48
• 
individuallik
– «individ» atamasidan yasalgan bo‘lib, 
insonning noyob xususiyatlarini ifodalaydigan tushuncha.
Savollar va topshiriqlar
1. «inson»
va «individ» tushunchalari o‘zaro qanday nisbatda?
2. «individuallik» tushunchasida insonning salbiy xususiyatlari 
ifodalanadimi?
3. individualligi aniq ifodalangan inson bilan o‘rtacha inson 
sifatlari teng bo‘la o
ladimi?
10-§. Shaxs – inson tadrijining yuksak bosqichi*
inson rivojlanishining individ bosqichi eng uzoq davom etadigan, 
izchillikni taqozo qiladigan davrdir. bu bosqichda uning asta-sekin 
shaxsga aylanish jarayoni boshlanadi. 
individning shaxsga aylanishida, bosh-
qacha aytganda, insonning individ bos -
qichidan shaxs bosqichiga o‘tish jara-
yo nida jamoa a’zosi sifatidagi imkoniyatlari, ijtimoiy-ahamiyatli 
belgilari qat’iy tizim shaklida qaror topadi. ya’ni, fe’l-atvori shakl-
lanadi. 
«Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatini 
bildiradigan ijtimoiy-ruhiy sifatlarining ichki muayyan yaxlitligi 
ifodalanadi. Shaxs bo‘lish degani, birinchi navbatda, o‘zining ichki 
qadriyatlar dunyosini shakllantirishni, tevarak-atrofga, eng avvalo, 
ijtimoiy hodisalarni anglash, uning mohiyatini tushunish orqali 
qadriyatiy-tanqidiy munosabatga ega bo‘lishni bildiradi. 
Insonning shaxs sifatidagi qadriyati uning o‘zligidan, fiziologik 
mavjudligidan ajratib olingan tarzda mavjud emas. shu bilan birga 
aytish mumkinki, istagan inson shaxs bo‘la olmaydi, lekin, har qanday 
shaxs – bu insondir. u tashqi muhitga faqat biologik moslashuv natijasi 
sifatida shakllana olmaydi. balki, sotsiumda, aniqrog‘i, uning turli 
darajalarida qaror topadi va unga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi. 
shunga ko‘ra, sotsiumning turli darajalarini o‘rganadigan barcha fanlar 
doirasiga shaxs masalasi ham kiradi. xususan, inson tanasi tuzilishi va 
faoliyatini o‘rganadigan biologiya va boshqa fanlardan farqli o‘laroq 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə