Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

«Shaxs» tushunchasi
* ushbu paragraf falsafa fanlari nomzodi, dotsent F. saifnazarova tomoni-
dan yozilgan.
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


49
jamiyatshunoslik, ruhshunoslik, ta’limshunoslik kabi qator fanlar 
shaxs masalasini o‘rganishga ehtiyoj sezadi.
shaxs va sotsium bog‘liqligida, dastavval
kishilar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar 
jamuljam bo‘ladi. ibtidoiy tuzumning 
sodda jamoachiligi inqirozga yuz tutishi 
tufayli kishilar bir-biridan «ichki» dunyosi va manfaatlari bilan o‘zaro 
farqlanib, shaxs bosqichiga ko‘tarilib boradilar. 
shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga 
ega. shaxsning o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi 
mustaqilligidir. u shu holati bilan sotsium hayotining barcha 
sohalarida ishtirok etadi. albatta, gap bu borada ko‘proq yetuk shaxs 
to‘g‘risida boradi. lekin yangi tug‘ilgan insonning shaxs bo‘lish 
imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi.
shaxs shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi va konkret 
shaxs boshqa oddiy insondan nimasi bilan farqlanadi, degan savol 
qo‘yilsa, unga javob berish xiyla qiyin. negaki, bu jaroyonda juda 
ko‘p omillar ishtirok etadi. ularning ichida ijtimoiy muhit katta 
mavqega ega. uni quyidagicha tasnif etish mumkin: 
Birinchidan,
har bir insonga bo‘lgan global ta’sir, ya’ni, radio, 
televideniye, matbuot, kino va hokazolar orqali axborot almashuvi;
Ikkinchidan,
mamlakat va mintaqa miqyosidagi ijtimoiy ta’sir 
insonni mavjud shart-sharoitlar doirasida inson dunyoga kelishidan to 
hayotdan ko‘z yumgunigacha o‘z orbitasida tutib turadi;
Uchinchidan,
insonni avvalboshdan o‘rab turgan mikromuhit – 
oila, maktab, mahalla va hokazolar o‘z ta’siriga oladi.
Oila bioijtimoiy sifatga ega bo‘lgan tuzilma bo‘lib, jamiyatning 
barqaror va dastlabki bo‘g‘inidir.
Oilada go‘dak ilk bor ijtimoiy-
madaniy qadriyatlarni anglamagan holda o‘zlashtiradi va ular zamirida 
faolligini asta-sekinlik bilan oshirib boradi. 
Maktab, turli ijtimoiy guruhlar (masalan, tengdoshlar, sport 
uyushmalari va boshqalar) bilan muloqot davomida madaniy 
ideallik qaror topa borib, shaxs shakllanishining muhim manbasiga 
aylanadi.
har qanday jamiyat madaniyatida inson 
shaxsining yetukligi darajasi to‘g‘risidagi 
tasavvurlar ishlab chiqilgan. masalan, 
yunon madaniyatida aqliy barkamollikka erishgan shaxs ideali ilgari 
surilgan bo‘lsa, sharq madaniyatida insonning dono, botir, kamtar 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə