Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ii bob. Shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi


52
ijtimoiylashuv umumiy ma’noda insonning bio va ruhiy 
ehtiyojlariga maqsadga muvofiq, oqilona ta’sir o‘tkazishdir. Buning 
oqibatida inson shaxsi qaror topishining ikkinchi tomoni – uning 
subyektiv «MEN»i
ham shakllanadi. shaxsning «men»i ota-onalari, 
qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar, mahalla-ko‘y va boshqalardan 
o‘zlashtiradigan sifatlardir. bu sifatlar aniq olingan joyi va vaqtiga 
ko‘ra ijobiy yoki salbiy shaxsiy xususiyatlarda shakllanishi mum-
kin. ijobiy holatda shaxsda o‘zi to‘g‘risida odillik, epchillik, 
qobiliyatlilik, uddaburonlik kabi tasavvurlar tug‘ilsa, salbiy holatda 
uning layoqatsizligi, noshudligi, zaifligi kabi xususiyatlari qaror 
topishi mumkin. albatta, bu xususiyatlar inson subyektining o‘z 
«MEN»i
to‘g‘risidagi fikrlaridir. Ularning voqelikka muvofiq kelishi, 
ya’ni, haqiqiymi yoki yo‘qligi masalasini ham nazardan qochirmaslik 
lozim.
subyektiv «men» yuzaga kelishi bilan nisbiy mustaqillik tarzini 
oladi va shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata boshlaydi. shu bilan birga, 
shaxs «men»i doirasida uning ikkinchi jihati – boshqalarning bu 
«men»ga bo‘lgan munosabatiga javoblari masalasi ham ko‘zga 
tashlanadi. «men»ning bu jihati 
o‘zga «MEN»
bo‘lib, unda aniq 
olingan shaxsning xatti-harakatlari, fikr-o‘yi, siyosiy mavqeyi, 
turmush tamoyillari va hokazolar to‘g‘risida jamoatchilik fikrlarini 
hisobga olish yoki olmaslik bilan bog‘liq holatlar ifodalanadi.
O‘zga «men» quyidagi holatlardan tashkil topadi. bular – 
boshqalarning aynan shu shaxs to‘g‘risidagi qarashlari asosidagi 
fikrlar; ayni shu shaxsning xatti-harakati va faoliyatini boshqalar 
tomonidan baholash bilan bog‘liq omillar; boshqalarning qarashlari 
va bergan baholariga javoban qoniqish, g‘urur, o‘ziga ishonchining 
kuchayishi, o‘zini bekam-u ko‘st deb hisoblash, uyalish, afsuslanish, 
ehtiyotkorlikka moyillik kabi holatlardir. shaxsning 
obyektiv «MEN»i 
bilan uning to‘g‘risidagi «o‘zga men» bir-birini to‘ldirgandagina 
insonning ijtimoiy tabiati haqidagi fikrlar ham to‘laroq bo‘ladi.
«men» inson shaxsning ichki muayyanligini ifodalaydi va 
mohiyatan uning belgilovchisidir. unda shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, 
fe’l-atvori va irodasining manbasi jamlangandir. shaxs «men»i 
insonning u yoki bu yo‘nalishdagi faoliyati bilan bog‘lanib, o‘zining 
turli-tuman qirralarini namoyon qiladi. ular eng umumiy tarzda 
quyidagilardir. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə