Shaxs va jamiyat


«Jamiyat»  tushunchasiga



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

«Jamiyat» 
tushunchasiga 
zamonaviy 
yondashuvlar
www.ziyouz.com kutubxonasi


72
Jamiyatni keng ma’noda tushunish shartli bo‘lib, buni hisobga 
olmaslik ko‘pgina chalkashliklarni keltirib chiqaradi. masalan, 
ovchilar jamiyati bilan kishilik jamiyati sifat jihatidan ham, mohiyat 
jihatidan ham boshqa-boshqa ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum. 
ya’ni, aniq holda 
jamiyat – bu kishilar birgalikdagi faoliyatining 
tashkiliy shakllari turli darajalaridan iboratdir.
bu faoliyat doirasida 
turli-tuman jamiyat va uning a’zolari, ularga mansub bo‘lgan 
birliklarning har biri uchun umumiy bo‘lgan ehtiyojlar qondiriladi. 
aniqroq qilib aytganda
jamiyat – bu o‘z-o‘zicha yetarlilik bo‘lib, 
o‘z a’zolari turmush sharoiti uchun barcha zarur jarayonlarni
yo‘lga qo‘yadi, amalga oshiradi. 
bu «o‘z-o‘zicha yetarlilik»ni 
jamiyat bilan uning bir qismi bo‘lgan siyosiy partiya nisbatini 
aniqlash misolida yaqqol ko‘rish mumkin. masalan, xitoy xalq 
Respublikasidagi hukmron partiyaning a’zolari soni allaqachon 
100 million kishidan oshib ketgan. lekin bu partiya jamiyat ichida 
mavjud. umumiy soni mingdan ham ko‘p bo‘lmagan yovvoyilar 
qabilasi haqiqiy, to‘laqonli jamiyat bo‘la oladi. gap shundaki, etnos 
tarixan birinchi o‘z-o‘zicha yetarli ijtimoiy guruh bo‘lgan. «Jamiyat» 
tushunchasiga zamonaviy yondashishlar, etnos a’zolari birgalikdagi 
xatti-harakatlari bilan zarur hayot sharoitlarini yaratadilar.
so‘z turkumlaridan ot bo‘lgan «sotsium» va «jamiyat» so‘zlaridan 
«sotsial»
va
«ijtimoiy»
sifatlar yasaladi. binobarin, ularni sinonim 
sifatida ishlatish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki bu tushunchalar 
anglatadigan ma’nolar, garchand yaqin bo‘lsa-da, lekin aynan emas. 
«sotsium» tushunchasi «jamiyat» tushunchasidan keng. «Jamiyat» 
tushunchasi «sotsium» ifodalaydigan voqelikni konkretlashtirib 
aks ettiradi, uning mavjudlik usulini ko‘rsatadi. ushbu holat va sifat 
ko‘rinishidagi «jamiyat», «ijtimoiy» so‘zlarini aniq ishlatish, o‘rnida 
qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə