Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Asosiy tushunchalar

Sotsium va jamiyat
– o‘zaro bog‘langan tushunchalar bo‘lib, 
birinchisi kishilik dunyosi umumiy tavsifini ifodalab o‘z ichiga 
ikkinchisini qamraydi. Jamiyat sotsiumning turli darajalardagi 
tashkiliy ifodasidir. ba’zi o‘rinlarda bu tushunchalar tor 
ma’nolarda ham ishlatiladi.
ikkinchi bo‘lim. Jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli
www.ziyouz.com kutubxonasi


73
• 
Jamiyatning asosi
– bu tushunchada ijtimoiy voqelikni 
muayyan tushunishga bog‘liq ravishda iqtisodiyot, ma’naviyat 
yoki turli xil omillar asosida izohlash yotadi.
• 
Jamiyatning o‘z-o‘zicha yetarliligi
– jamiyatning mavjudligini 
va o‘z-o‘zidan rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarning 
yetarliligini ifodalaydi.
Savollar va topshiriqlar
1. «Jamiyat» tushunchasiga doir qarashlarda qaysi jihatlar 
o‘zgarishsiz qoladi?
2. «Jamoa» va «jamiyat» tushunchalari qanday nisbatda?
3. tilshunoslik nuqtayi nazaridan «sotsium» (ot) va «jamiyat» 
(ot) hamda «sotsial» (sifat) va «ijtimoiy» (sifat) istilohlarining 
ma’nolarini mulohaza qilib ko‘ring.
16-§. Jamiyatning nazariy modeli
bunday murakkab hodisani yaxlit holda 
na kuzatib va na tajribada tekshirib 
bo‘ladi. uni faqat nazariy jihatdangina 
andoza, nusxa tarzida tasavvur etib, asosiy jihatlarini aniqlash 
mumkin. nazariy model insoniyat voqeligi barcha jihatlarini o‘zida 
mujassam eta olmasada jamiyatning mohiyati, mazmuni va rivojlanish 
sharoitlari hamda masalalariga mumkin qadar to‘laroq javob topishda 
katta imkoniyat yaratadi. Jamiyatni nazariy modellashtirish yordamida
mavhumlikdan konkretlikka, aniqlikka borishi ta’minlanadi. ya’ni, 
bunda model aniq bilimlar, masalan, kishilik tarixi rivojlanishining 
o‘tmishiga tatbiqan antik davr jamiyati, undan keyingi asrlar jamiyati 
va hokazo bosqichlarni farqlashga imkon beradi.
tasavvur etilgan nazariy modeldan aniqlikka borilgan sari tobora 
mazmunan to‘lalikka erishiladi. Chunki obyektning yuksak rivojlangan 
tarzi modellashtirilgani tufayli aniqlikka erishilganda, uning xususiy 
jihatlari o‘zining rang-barangligini, jamiyat esa murakkab tarkibini 
namoyon etadi.
nazariy model tufayli nafaqat mavhumlikdan jamiyat aniq 
jihatlarini bilishga o‘tiladi, balki aniq jihatlarni umumlashtirish orqali 
yana mavhumlikka qarab boriladi. natijada jamiyatni tashkil etgan 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə