Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

hayotning ma’nosi 
va o‘lim
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


65
hayotini oliyjanoblik bilan tugatish imkoniyatini ko‘rgan. uning 
fikrlariga ko‘ra inson ezoterik (ma’naviy) mavjudot sifatida ilohiy 
mohiyatga ega. bu uning o‘zi ustida ishlashi, o‘zini takomillashtirishi 
va ilohiy dunyo sari intilganligida namoyon bo‘ladi. shuning uchun 
ham o‘lim mas’ullikdir. ya’ni, ma’naviyatli inson, har tomonlama 
komil va inson mohiyatini chuqur anglagan kishida o‘limdan qo‘rqish 
tuyg‘usi bo‘lmaydi.
islom dinida ham inson hayoti, uning 
ma’nosi va o‘limi masalasi katta o‘rin 
olgan. hayotning ma’nosi – bu ruhning 
salomatligi, doimiy rohat-farog‘atga 
eltuvchi mehnat va bilimdir. inson o‘z hayotini xudbinlik, nafs va 
yovuzlikdan saqlamog‘i kerak.
insonning dunyoga kelishi, islom dini nuqtayi nazaricha, taqdirga, 
ilohiy irodaga bog‘liq. inson o‘z taqdirini o‘zgartirishga qodir. Faqat 
ana shu o‘zgartirish mazmuniga ko‘ra inson – bandaning ma’naviy-
ruhiy olamiga baho beriladi.
ayni vaqtda, inson bu olam go‘zalligi manbasidir. uning hayoti 
orqali tabiat nafas oladi va yashaydi. tan ruhsiz yashay olmaydi. 
binobarin, tabiatga zarar yetkazish – ruhga zarar yetkazish bilan 
barobardir. islom dinida insonga tabiatdagi ruhiylikning ramzi sifatida 
qaraladi.
insonning hayoti, o‘limi va manguligi masalasi tasavvuf 
tariqatlarida ham muhim o‘rin olgan. uning yirik ilk vakillari 
Hasan 
Basriy, Al-Muxsibiy, Junayd Bag‘dodiylar
islomning monoteistik 
talablariga muvofiq insonning mohiyati va hayot yo‘nalishini Olloh 
belgilagan yo‘ldan borish, deb ko‘rsatganlar. O‘zbekiston hududida 
yetishib chiqqan so‘fiy mutafakkirlar – 
Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad 
Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshband
ta’limotlarida 
hayotning ma’nosi, o‘lim va mangulik masalalari insonning ilohiy 
mohiyatini bilishga intilish, halol mehnat qilib boshqalarga mehr-
muruvvatli, rahm-shafqatli bo‘lish kabi fazilatlar bilan bog‘liq 
ravishda yoritiladi.
yevropada yangi zamon sharoitlarida 
sharq falsafasi ta’siri ostida hayot va 
o‘lim masalalariga yangicha qarashlar 
shakllandi. Jumladan, hayot va o‘limni 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə