Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

iqtisodiyotning 
mazmuni
iv bob. Jamiyat hayotining asosiy sohalari
www.ziyouz.com kutubxonasi


80
inson quvvatining nechog‘li oqilona 
sarf etilganligi mehnat unumdorligining 
darajasini belgilaydi. uning unumdorligini 
oshirish vazifalari tufayli 
ilk mehnat taqsimoti – chorvachilik
kelib 
chiqqan, hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan. qadimdan 
hozirgacha mehnat taqsimotining ko‘pdan ko‘p shakllari yuzaga 
kelgan. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘linishi va o‘tmishda 
chorvadorlar 
ovulidan
dehqonlar 
qishlog‘i,
undan shahar ajralib 
chiqqan. bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishning 
texnologiyaviy
va 
tashkiliy
jihatlarini kuchaytirmasligi mumkin emas edi.
ishlab chiqarishda fan va amaliyot 
talab lari asosida ta’sir etuvchi usul – bu
texnologiyadir. ushbu ta’sir muayyan 
texnika (lotinchada 
«texnika», «mahorat», «san’at»
ma’nolarini 
anglatadi) yordamida amalga oshiriladi.
ishlab chiqarishning 
tashkiliy
jihatlari – bu mehnat faoliyatini turli 
ko‘rinishlarda yo‘lga qo‘yish, uning texnologiyaviy, tarmoq, hududiy 
taqsimlanishi, mehnatning ixtisoslanishi, shirkatchilik va hokazolarni 
ifodalaydi.
texnika taraqqiyoti fandagi chuqur 
o‘z ga rishlarsiz yuz bermaydi. hozir 
esa bu o‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida 
yuz beribgina qolmay, balki sifat xusu-
siyatlariga ham ega bo‘lgani uchun 
fan-texnika inqilobi 
(Fti) 
deb atalmoqda. namoyon bo‘lishiga ko‘ra Fti o‘zining hozirgi 
bosqichida 
mikroelektronika, biotexnologiyaning rivojlanishi,
yalpi 
kompyuterlashtirish
va hokazolardan iborat bo‘lmoqda.
ishlab chiqarishni 
tashkiliy-iqtisodiy
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. bulardan birinchisi ishlab 
chiqarishni tashkil etish jarayonida kelib chiqadigan munosabatlarni 
ifodalasa, ikkinchisi mulk munosabatlarini aks ettiradi. 
mulk tushunchasi inson o‘ziga tegishli bo‘lgan narsalar, shu 
jumladan, o‘zining hayotini, jismoniy va ma’naviy kuchlarini tasarruf 
etish huquqiga ega bo‘lgandagina yuzaga keladi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə