Shaxsda havotirlanishning psixologik sabablari



Yüklə 23,51 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü23,51 Kb.
#142925
  1   2
maqola kurs ishiga


Shaxsda havotirlanishning psixologik sabablari.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti Oila psixalogiyasi yo‘nalishi
Rahmonov Sayfiddin Olloqul oʻgʻli 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada har bir shaxsda havotirlanish darajasi uning ko’rsatkichi mavjud ekanliga hamda havotirlanish darajasiga qarab shaxsda stress yoki depressiya kabi holatlarni keltirib chiqishi mumkinligi ko’rsatilgan bo’lib havotirlanish malum miqdorda jinsga va asosiysi uning psixologik holatiga bog’liqlik holati va uni davolash yoki darajasini pasaytirish yo’llari ko’rsatib o’tilgan.
Tayanch so‘zlar: Havotirlanish, qo’rquv, hissiy kechinmalar, stress, havotirni davolash,tashvish,vahima.
Shaxsdagi havotirlanish va qo’rquv xolatlari orqali insonda turli hil hissiy kechinmalar namoyon bo’lishi mumkin, hamda bu holat shaxs psixik salomatligi va kamolotiga ta’sir etishi mumkin. Bu boradagi g’oyalar sharq allomalari tomonidan ham ilgari surilgan bo’lib, shaxsning his-kechinmalari, havotirlanish va qo’rquv kabi tuyg’ularning namoyon bo’lishi holatlari haqidagi fikrlarini o’z asarlarida bayon etganlar.
Psixik xolat sifatidagi havotirlanish tushunchasi ko’p qirralidir. Shu sababli turli tadqiqotchilar havotirlik tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar.Ko’pincha havotir termini , ichki emosional tusdagi holatdir. Bu holat zo’riqish, bezovtalik g’amginlikni xisini keltirib chiqaradi.
Ushbu muammo I.G.Serazan ishlarida ham markaziy o’rinlaridan birini egallaydi. Olimning fikricha bilimlarni nazorat qilish jarayonida namoyon bo’ladigan havotirlanish bunday vaziyatda shaxsning havotirini his qilish moyilligi kabi individual farqda o’z aksini topadi. Havotirni holat va hususiyatga ajratish Bekning stressga nisbatan sezgirlik kabi shaxs hislati psixosomatik simptomlarining rivojlanishida muhim omil ekanligi haqidagi taxminida ham kuzatiladi. Bekning ta’kidlashicha havotirlanish holati psixofiziologik buzilishlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Demak, ko’pchilik tadqiqotchilar aynan stress havotirlanish holatini yuzaga keltiradi deb hisoblaydilar
Agar stresdan qochish yoki uni bartaraf etish imkoni mavjud bo’lmasa havotirlanishni kamaytirish vazifasi bajaruvchi psixalogiya himoya mexanizmlari ishga tushadi.
O’smirlik davrida havotirlanishni shakllanishi.
Xavotirlanishning biologik nazariyalaridan organizmning o‘ta zo‘riqish holati noxush qo‘zg‘atuvchilarga ko‘rsatiladigan reaksiyalar farqli psixologik nazariyalar ichida xavotirlanishni jarayon sifatida tushunish kattaqiziqish uyg‘otadi.
O‘tish davrida yuqori emotsional qo‘zg‘aluvchanlik va reaktivlik mavjud deb qaraladi va bunday reaktivlik kimga nisbatan yuqori degan savol paydo buladi. Uning yosh chegaralari qanday? O‘tish davrida ba’zi bir emotsional reaksiyalar xususiyatlarining negizi garmonal va fiziologik jarayonlarda ekanligi isbotlangan. 
Bir qator tadqiqotlar natijasida o‘smirlik va o‘spirinlik davrida psixik salomatlik normalari bir-biridan tubdan farq qilishi aniqlangan. Masalan, m m p1 (Minnesotshaxstestlari) yordamida o‘nbeshming 14-15 yoshli o‘smirlarni o‘rganish kattalarga nisbatan normalo‘smirlar "psixopatiya", "shizofreniya" shkalalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega ekanliklarini ko‘rsatdi. Demak, kattalar uchun kasallik belgilari hisoblanuvchi emotsional reaksiyalar o‘smirlar uchun statistik jihatdan normaldir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ota-onalarga nisbatan bog‘chadagi tarbiyachilar bilan muloqotda xavotirlanish ko‘proq namoyon bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tengdoshlari bilan bo‘ladigan muloqotga qaraganda notanish odamlar bilan muloqotda ko‘pincha xavotirlanish uchraydi. O‘smirlarda ota-onalari va sinfdoshlari bilan munosabatlarida xavotirlanish ko‘prok bo‘lsa, notanish katta yoshlilar va o‘qituvchilar bilan munosabatda kamroq uchraydi. Yuqori sinf o‘quvchilarida boshqa yoshdagilardan farqli muloqotning barcha sohalarida yuqori xavotirlanish darajasi mavjud. Buni ayniqsa, ota-onalari bilan hamda ular ma’lum darajada bog‘liq bo‘lgan katta yoshlilar bilan muloqatda ko‘prok uchratish mumkin.

Farzandingiz juda stressli ekanligini ko'rsatadigan belgilarni tan oling. Har bir inson bir nuqtada havotirlanish his qiladi. Diqqatni jamlashda yoki diqqatni jamlashda muammolar borligi, asabiylashish yoki tashvishlanish, uning uyqu va ovqatlanish tartibidagi o'zgarishlarni boshdan kechirish va ochiq-oydin bo'lish - bularning barchasi bolangiz haddan tashqari stressli bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.


Farzandingizning havotir darajasi kuchayishini e'tiborsiz qoldirmang. Ba'zi uning omillari butun oilaga ta'sir qilishi mumkin, masalan, boshqa davlatga ko'chish yoki ajralish. Farzandlaringizga tushunarli va hamdard bo'lishga harakat qiling, garchi siz ham bu bilan qiynalsangiz ham.

Yüklə 23,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə