Sinf: 11 Fan: Biologiya Mavzu: biologik tizimlar



Yüklə 358,03 Kb.
səhifə37/139
tarix11.12.2023
ölçüsü358,03 Kb.
#145510
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139
Biologiya 11-sinf Konspekt

Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Hozirgi davrda atrof-muhitning jadal o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan omillar bevositainson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib,kishilik jamiyati tobora rivojlangan sariuningtabiatg ta’sir hamkuchayibbormoqda.Hozirgi kunda insoniyatning tabiat va atrof-muhitga ta’siri kuchi ortib ketgan.Antropogen ta’sir ekoiogik omillar yig‘indisi bo`lib,uning asosida insonning xo‘jalikfaoliyati yotadi.Antropogen omillarodamvauning xo‘jalik faoliyatiningo‘simlik,hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liqomillar guruhidir.Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib,uni o‘z ehtiyojiga moslashtiradi,bu esa o‘znavbatidatirik organizmlaming tabiiy yashash muhitlari hamdaularninghayotiy jarayonlari o‘zgarishiga sabab bo`ladi. Antropogen omillar ta’sirida iqlim,atmosfera, tuproq strukturasi, suvhavzalariningfizikholativa kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Antropogen omillamingquyidagiturlarimavjud:kimyoviyomillar,fizikomillar,biologikomillar,ijtimoiyomillar. Yeming geologik qobiqlari-atmosfera,gidrosfera,litosferaning transport va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabilar kimyoviy antropogen omillarga kiradi.Fizik antropogen omillargayadroenergiyasidan foydalanish,inson faoliyati tufayli, masalan,transportvositalarining ortibborishioqibatidashovqin kuchining ortishi kabilar misol bo`ladi.Biologik antropogen omillarga oziq-ovqat mahsulotlari,odam organizmi yashash muhiti va oziq manbayi bo`lishi mumkin bo`lgan bakteriyalar,parazithayvonlar kiradi. Ijtimoiy antropogen omillar odamlar jamoasi hamda ularning o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Inson o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib tabiatgatasir ko‘rsatibunio‘zgartirar ekan,o‘simliklar, hayvonlaming yashash muhitlari ham o‘zgaradi.Insonning tabiatga ta’siri bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Insonning bevosita ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilganb`ladi.Masalan,ko‘mirqazib olganda, yog‘och kesganda inson ko‘mir yokio‘rmonga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nooqilona,rejalashtirilmasdan hayvonlaming ko‘plab ovlanishi turlar sonining keskin kamayishiga olib keladi.Insonning tabiatga ta’sir kuchi ortib borayotganligitabiatni muhofazaqilish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi.Insonning bilvosita ta’siri iqlim,landshaftlar,atmosfera va suv havzalarining fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlari,tuproq, o‘simliklar vahayvonotdunyosini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.Bilvosita ta’sirda insontabiatning muayyan obyektigaemas,balkiboshqa obyektlarga ta’sir qiladi. Cho‘llami o‘zlashtirish,o‘rmonlami kesish,pichan o‘rish va mol boqish,suv, tuproq va havoni sanoat chiqindilari,zaharli kimyoviy moddalar,sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish kabi antropogen omillar tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Yer yuzida ko‘plab hayvon turlari inson ishtirokisiz ham qirilib ketgan.Lekintabiatda bu jarayon asta-sekin amalga oshadi, ya’niqirilgan hayvon turlarining o ‘mini yangi, muhit sharoitiga nisbatan ko‘proq moslashgan turlar egallab ulguradi. Insonning o‘simlik va hayvonot dunyosiga kuchli ta’siri turlaming qirilish jarayonini tezlashtiradi.Insonning ekologik omil sifatida tabiatga ta’siri xilma-xil bo‘ladi.Inson madaniy o‘simlik navlari, hayvon zotlarini yaratish bilan bir qatorda sun’iyekosistemalar ham yaratadi,tabiiy ekosistemalami tubdan o‘zgartiradi.Bunday o‘zgarishlar ayrim turlaming ko‘payishi varivojlanishi uchun ijobiy, boshqalariga esa salbiy ta’sir etadi.Natijada turlar o‘rtasida yangi munosabatlar paydo bo‘ladi, oziq zanjirlar o ‘zgaradi,organizmlarda o‘zgargan muhit sharoitiga moslanishlar kelib chiqadi.O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.Mavzuga oid tarqatma materillar orqali o`rganilgan mavzuni takrorlanadi va mustahkamlanadi. Ushbu mavzuga oid qisqa video yoki slaydalar AKT orqali qo`yib beriladi.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchio‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblari, uyga vazifalar va tarqatma savollarga javoblari uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

Yüklə 358,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə