Sinf: 11 Fan: Biologiya Mavzu: biologik tizimlar



Yüklə 358,03 Kb.
səhifə34/139
tarix11.12.2023
ölçüsü358,03 Kb.
#145510
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   139
Biologiya 11-sinf Konspekt

Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Tabiiy sharoitdahar bir tirikorganizm yovvoyi tabiatning boshqavakillari bilan hamkorlikda yashaydi.Bir yoki har xil turga mansub o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlaming o‘zarohamda yashash sharoitlariga ta’siri muhitning biotic omillarini ifodalaydi. Organizmlar orasidagi o‘zaro munosabatlaming barcha ko‘rinishlari muhitning biotik omillarini tashkil qiladi.Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi.Tur ichidagi munosabatlar bir turga mansub indvidlar o‘rtasidagi munosabatlar.Bu populatsiyaning o‘z-o‘zini boshqarishdagi muhim mexanizmdir.Turlararo munosabatlar-har xil turlar o‘rtasidagi munosabatlar sanaladi.Populatsiyalardagi individlar soni o‘zaro ta’sir natijasida o‘zgarishsiz qoladigan munosabatlar neytral munosabatlar debataladi. Agar o‘zaro ta’sir natijasida bir populatsiyadagi individlarsoni ortsa,lekin ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaymasa,bunday munosabatlar ijobiy yoki simbiolik munosabatlar deb ataladi. Bir populatsiyadagi individlar soni qanday o‘zgarishidan qat’i nazar,ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaysa,bunday munosabatlar salbiy yoki antagonistik(antibioz)munosabatlar deyiladi. Neytralizm bitta tabiiy jamoada yashaydigan organizmlar orasidahar qandayfoydali yoki zararli o‘zaro ta’sirning mavjud emasligihisoblanadi.Birekosistemada yashaydigan,lekinharxil oziqbilan oziqlanuvchi turlaming hayoti ko‘pincha bir-birigabog‘liq bo‘lmaydi.Biotik munosabatlamin simbioz(yunoncha-«sim»-birga,«bios»hayot)ko‘rinishida birgalikdayashaydigan organizmlaming harikkalasi yokibittasin ushbu munosabatdano‘zigafoydaoladi.Simbioz munosabatmng quyidagi turlari mavjud:mutualizm,protokooperatsiya,kommensalizm. Mutualizm (lotincha «mutus» o‘zaro)-har ikki populatsiya uchun o‘zaro manfaatli va majburiy munosabat turi.Bu munosabatlaming buzilishibir yoki har ikkala populatsiyahayotiyfaoliyatini cheklab qo‘yadi.Mutua-lizmga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Dukkakli o‘simliklarning ildizida uchraydigan tugunak bakteriyalar o‘simlik ildizida joylashib,havo tarkibidagi azotni o‘zlashtiradi,azotdan avval ammiak,so‘ngra aminokislotalar sintezlaydi.Dukkakli o‘simliklaming azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar bilanhosil qilgan simbioz munosabati ularning tuproqtarkibida azot kambo‘lgan joylarda ham o‘sishivarivojlanishigazamin tayyorlaydi va tuproq unumdorligini orttiradi.Mazkur jarayon qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekishni amalga oshirishning asosi sanaladi. Protokooperatsiya -(yunoncha-«protos»-dastlabki,«cooperatio»-hamkorlik)harikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta’sirko‘rsatadigan,ikki tomonham manfaatdor,lekin majburiy bo‘lmagan,ya’ni harbirpopulatsiyaalohidafaoliyat ko‘rsatishimumkin bo`lgan o‘zaro munosabat turi. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular yirik baliqlar terisini,jabra vaog‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalab beradi.Kommensalizm(fransuzcha «commensal»-hamtovoq)-birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabatning bir turisanaladi.0‘znavbatidakommensalizm: hamsoyalik, hamtovoqlik,hamxo'raklik kabi turlarga ajratiladi

Yüklə 358,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə