Sinf: 11 Fan: Biologiya Mavzu: biologik tizimlar



Yüklə 358,03 Kb.
səhifə31/139
tarix11.12.2023
ölçüsü358,03 Kb.
#145510
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139
Biologiya 11-sinf Konspekt

Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Tuproq-edafik omillar (yunoncha «edaphos»-yer,tuproq)tirik organizmlar hayotiva tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tuproqning xossalaridir.Edafik omillarga asosan tuproqning organik moddalar bilan belgilanadigan xossalari: kimyoviy tarkibi, strukturasi,suv rejimi, havo va harorat m e’yori misol bo`ladi. Tuproqshunoslik faniga rus olimi V.V.Dokuchayevasos solgan. V.V.Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillami ko‘rsatib bergan:geologik omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari, topografik omillar(relyef); tirik organizmlar; vaqt (geologik yoshi).Hozirgi davrda yana bir omi -insonning xo‘jalik faoliyati ham kiritiladi.Geologik omillarga tuproqni hosil qiluvchi tog‘ jinslari misol bo`ladi.Yeryuzasigachiqibturgan tog ‘ jinslari yog‘inlar, atmosfera,havoharorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, mikroorganizmlar va o‘simliklar ta’sirida yemiriladi, ya’ni nuraydi. Topografik omillar. Abiotik omillaming ta’siri ko‘p jihatdan joyning topografik xususiyatlariga,ya’ni relyefiga bog‘liq, chunki relyef iqlim sharoiti hamda tuproqning xossalarini ham belgilaydi.Topografik omillarga quyidagilar misol bo`ladi balandlik (dengiz sathiga nisbatan); qiyalikning tikligi; qiyalikning ekspozitsiyasi(dunyo tomonlariga nisbatan joylashuvi).Asosiy topografik omillardan biri dengiz sathiga nisbatan balandlikdir.Balandlik ortgan sari havoharorati, atmosfera bosimi pasayadi, yog'in-garchilik miqdori, shamolning tezligi va radiatsiya kuchi ortadi.Yana bir muhim topografik omil-qiyalik ekspozitsiyasi.Shimoliyqiyalik ekspozitsiyasi yarimsharda tog‘ning janubga qaragan qiyaligiga ko‘proq quyosh nuri tushadi,shuning uchun bu yerda yorug‘likning intensivligi va harorat shimoliy qiyalikka nisbatan yuqori bo`ladi. Janubiy yarimsharda esa buning aksi kuzatiladi.Bu esa o‘simliklar va hayvonlar jamoalariga katta ta’sir ko‘rsatadi.Topografik omillardan yana biri qiyalikning tikligidir.Tog‘ va tepaliklarda qiyalik qancha tik bo`lsa,unda o‘simliklar shuncha kam o‘sadi,chunki suv ta’sirida tuproq yuvilib ketadi va uning unumdor qatlami kamayadi. Tik qiyaliklarda asosan kserofit o ‘simliklar uchraydi. Ma’lum hududda o‘sadigan o‘simliklaming xilma-xilligi tuproqning strukturasi, kimyoviy tarkibi, pH kabi bir qanchako‘rsatkichlariga bog‘liq.Relyef, yerosti suvlarining joylashuvi kabi omillar ham tuproqningxususiyatlarini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida unda o‘sadigan o‘simlik turlari xilma-xilligini ta’minlaydi. Quruqlikda yashovchi hayvonlarga esa tuproqning yuqorida keltirilgan xususiyatlari kamroq ta’sir etadi. Lekin hayvon turlarining yer yuzi bo‘ylab tarqalishi, xilma-xilligi o‘simliklar bilan bog`liq.Tuproqning hayvonlar harakatlanishiga ta’sir etuvchi xususiyatlari ahamiyatli. Ochiq joylarda yashovchi va dushmandan katta tezlikda qochib, qutulib qoladigan tuyoqli hayvonlar qattiq va zich tuproq yuzasidan itarilish kuchi hisobiga o‘z tezligini oshiradi. Insonning xo‘jalik faoliyati tuproq hosil bo`lishiga ta ’sir ko‘rsatuvchi omildir.Hozirgi davrda yer yuzida inson ta’siri bo`lmagan jo y kam qoldi. Yerga ishlov berish,o‘g`itlash,sug‘orish, otlami o‘rish, mollami boqish, o‘rmonlami kesish va boshqa inson faoliyati bilan bog`liq tadbirlar tuproqning hosil bo`lish jarayonini o ‘zgartirib, tuproqning sifatiga ta’sir etadi.

Yüklə 358,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə