Sinf: 11 Fan: Biologiya Mavzu: biologik tizimlar



Yüklə 358,03 Kb.
səhifə29/139
tarix11.12.2023
ölçüsü358,03 Kb.
#145510
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   139
Biologiya 11-sinf Konspekt

Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Namlik.Tirik organizmlar tanasining 2/3 qismi suvdan iborat, shu sababli namlik ularning hayotini belgilovchi muhim omil sanaladi.Suv barcha tirik organizmlar uchununiversal eritma,hujayradagi biokimyoviy jarayonlar uchun sharoit,ko‘pchilik tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. Suv tirik organizmlarda boradigan moddalar almashinuvidafaol ishtirok etadi vamuhimo‘rin tutadi.Tirik organizmlar yashaydigan muhitda suv yetishmasligi organizmlarda hayotiy jarayonlaming sekinlashishiga sabab bo‘ladi.Tirik organizmlarda suv gidroliz va fotosintez reaksiyalarida bevosita ishtirok etadi. Ba’zi tirik organizmlar,masalan,to‘garak va halqasimon chuvalchanglar uchunsuv gidrostatik skelet sanaladi va oziq moddalami tashish vazifasini bajaradi, ya’ni moddaning organizm bo`ylab harakatlanishida ishtirok etadi. Solishtirma issiqlik sig‘imi,issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bolgani tufayli suv organizmdagi issiqlik muvozanatini ushlab turadi,hujayra va to‘qimalaming qizib ketishining oldini oladi.Suv yuksak sporali o‘simliklaming urug`lanishi,spora va uruglar unibchiqishi uchun o‘ta zarur.Quruqlikda yashash joylarining namligi yillik yog`ingarchilik miqdoriga bog`liq, shuning uchun turli geografik zonalar o‘zaro farqlanadi Namlikning yetishmasligi yoki haddan tashqari ortib ketishi quruqlikda yashovchi tirik organizmlar uchun cheklovchi omil hisoblanadi.Kserofitlar (yunoncha «xerox» - qumq, «phyton» - o‘simlik) - namlik?kam bo`lgan muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar sanaladi.Bularga dasht,cho`l,yarim cho`l,savanna,baland tog‘ o‘simliklari kiradi.Kserofitlar uzoq vaqt namlik yetishmasligiga chidamli o‘simliklar hisoblanadi.Ularda namtanqis muhitda yashashga bir qator: transpiratsiyaning kamayishi,tuproqdgi suv so‘rilishining kuchayishi,to‘qima va organlarda suvni zaxiralash kabi,moslanishlar mavjud.Moslanish turlariga ko‘ra kserofitlar ikki gumhga ajratiladi: sukkulentlar va sklerofitlar.Sukkulentlar(lotincha«succulentus» -sersuv)-ularda o‘z to'qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlash va so'ngra tejab sarflash kuzatiladi.Agava,aloy,molodilo(barg sukkulentlar) kabio‘simliklarsuvniqalinbarglaridasaqlaydi,sutlamalar,kaktuslar(poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada saqlovchi to'qimalar mavjud.Sukkulentlaming epidermis to‘qimasi qalin mum qavat yoki mayda tuklar bilan qoplanganbo‘ladi.Barglardagi barg og‘izchalari kam va kunduzi yopiq bog`laydi.Poya sukkulentlarda barglar mayda yoki tikanga aylangan(kaktuslar).Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi.Sklerofitlar (yunoncha «scleros»-qattiq, «phyton» -o‘simlik)-tuproqdanamlik yetarli bo`lmagan sharoitda ham o‘sadi.Ular suvni zaxirada saqlabturolmaydi,lekinsklerofitlar sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgani uchun suvni ushlab tura oladi.Bu hujayra shirasining yuqori osmotik bosimini yaratad Shu bosim tufayli sklerofitlar tuproqdan suvni shimadi.Shuning uchun ulami «nasos o‘simliklar» deb ham atashadi.Sklerofitlar ildizi yerga chuqur kirib boradi(saksovul, yantoq).Gigrofitlar (yunoncha «hygros -nam, «phyton» -o‘simlik)-nam tuproq va yuqori namlikkaega joyda o‘sadigan o‘simliklar.Gigrofit o‘simliklarga sholi,shakarqamishvaboshqalarmisol bo`ladi. Gigrofitlartuproqdanamlikkamayganholda tez solibqoladi. Ularning ayrim turlari (botqoq gigrofitlari)ning ildizi va poyalarida aerenximiya (yunoncha «aeg»- havo, «enchyma»-hujayra)-zaxirada havo saqlovchi hujayralar bo`ladi.Gigrofitlarda ildiz tizimi kuchsiz,ildiz tukchalari rivojlanmagan, transpiratsiya kuchli bo`ladi.Barg plastinkalari yupqa va undagi og`izchalar doim ochiq bo`ladi. Mezofit (yunoncha «mesos» o‘rtacha, «phyton»-o‘simlik) mo`tadil nam sharoitda o‘sadigan o‘simliklar sanalad O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.Mavzuga oid tarqatma materillar orqali o`rganilgan mavzuni takrorlanadi va mustahkamlanadi. Ushbu mavzuga oid qisqa video yoki slaydalar AKT orqali qo`yib beriladi.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchio‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblari, uyga vazifalar va tarqatma savollarga javoblari uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzuni o`qib, o`rganib savollariga javoblar tayyorlash.

Yüklə 358,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə