Sinf: 11 Fan: Biologiya Mavzu: biologik tizimlar



Yüklə 358,03 Kb.
səhifə26/139
tarix11.12.2023
ölçüsü358,03 Kb.
#145510
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139
Biologiya 11-sinf Konspekt

Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Harorat ekologik omil sifatida tirik organizmlar hayotida muhim o‘rin tutadi.hayvon va o‘simliklar hayotida moddalar almashinuvi, biokimyoviy va fiziologik jarayonlaming sodir bo‘lishi va tezligigata ’sir qiladi.Tirik organizmlaming yer shari bo‘ylab tarqalishida, ularning xulq-atvori, xatti harakatlarining namoyon bo‘lishida harorat katta rol o‘ynaydi.Harorat sutka davomida yil fasllari bilan bog ‘liq holda mavsumiy hamda geografik zonallik jihatdan o‘zgaruvchan omildir.Tirik organizm uchun haroratning chidamlilik chegarasi oqsillar,hayotiy muhimfermentlar faoliyatining buzilishiga - denaturatsiyasiga olib keluvchi harorat bilan belgilanadi. Term oregulatsiya jaray o n i usullariga ham da harorat om iliga moslanish darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga:poykiloterm(sovuqqonli)va gomoyoterm (issiqqonli)organizmlarga ajratiladi.Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» — o'zgaruvchan,«therme» - issiqlik) tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir.Ularga umurtqasiz hayvonlar,baliqlar,suvda hamda qumqlikda yashovchilar,sudralib yuruvchilar kiradi.Ular tana haroratini doimiy holatda saqlay olmaydi.Atrof-muhit haroratining kotarilishi,bu organizmlarda boradigan fiziologik jarayonlar - moddalar almashinuvi,nafas olish, qon aylanish tezlashishiga sabab bo‘ladi,organizmning o‘sish,rivojlanish va ko‘payish suratiortadi. Haroratning pasayishi organizmlarda moddalar almashinuvining sustlashishi,ayrim turlaming karaxt holga kelishi,uyquga ketishi,ba’zi hollarda nobud bo`lishiga olib keladi.Gomoyoterm organizmlar (yunoncha «gom oyos» o‘xshash,bir xil, «therme» -issiqlik) -tana haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.O'simliklarda haroratning o‘zgarishiga moslanishlar. 0‘simliklamig hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan atrof-muhitning haroratiga bog‘liq.Issiqlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi: issiqsevar o‘simliklar va sovuqqa chidamli o‘simliklar.Issiqsevar o‘sim liklar tropik, subtropik iqlim mintaqalarida hamda mo‘tadil iqlim mintaqalarining quyosh yaxshi isitadigan joylarida o‘sadi.Sovuqqa chidamli o‘simliklar yer sharining sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalarida tarqalgan.Evolutsiya jarayonida o‘sim liklarda haroratga nisbatan biokimyoviy,fiziologik, morfologik adaptatsiyalar moslanishlar paydo bo‘lgan. Biokimyoviy moslanishlar.Yuqori harorat ta sirida issiqsevar o‘simliklar hujayralari sitoplazmasida ayrim moddalarning (organik kislota, tuz) konsentratsiyasi ortadi. Bu moddalar sitoplazmaning ivib qolishiga to‘sqinlik qiladi, zaharli toksinlami neytrallaydi.Sovuqqa chidamli o‘simliklar hujayralari shirasi tarkibida sovuq haroratda suv kamayishi hisobiga shakar miqdori ortadi,bu esa o‘simliklami muzlashdan himoya qiladi.Fiziologik moslanishlar. Issiq haroratda o‘simliklami qizib ketishdan himoya qiluvchi samarali vosita barg og‘izchalari orqali transpiratsiya suv bug‘latish hisoblanadi. Cho‘l o‘simliklarining ko‘pchiligi qisqa hayot sikliga ega. Ularning vegetatsiya davri bahorga to‘g‘ri keladi, yozda esa bu o‘simliklar tinim davriga o‘tadi.Urug‘i tinim davrini o‘tadigan bir yillik o‘simliklar efemerlar deyiladi. Piyozboshi, tugunagi, ildizpoyasi tinim davrini o‘tadigan ko'p yillik o‘simliklar esa efemeroidlar deyiladi. Etologik moslanishlar. Hayvonlar esa faol harakatlanish orqali o‘zlari uchun qulay yashash jo y larin i tanlaydilar.

Yüklə 358,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə