Sinf: 11 Fan: Biologiya Mavzu: biologik tizimlar



Yüklə 358,03 Kb.
səhifə23/139
tarix11.12.2023
ölçüsü358,03 Kb.
#145510
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   139
Biologiya 11-sinf Konspekt

Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yorug‘lik muhitning abiotik omili. Yerda hayot mavjudligining asosiy sharti koinotdan yetib keladigan quyosh energiyasidir.Quyosh energiyasi ekosistemalarda kechadigan biologik jarayonlami energiya bilan ta’minlaydi.Quyosh energiyasi fotosintez jarayoni uchun energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi,organizmlarda issiqlik me’yorini saqlashda ishtirok etadi, suv almashinuvini ta’minlaydi,fazoda mo`ljal olish uchun zarur omil sanaladi.Atmosferaning yuqori chegarasida quyosh doimiyligi deb ataladigan quyosh nurlanishining quvvati 1380W/m2 ga tengdir. Ammo yer yuzasiga yetib keladigan quyosh nurlanishining quvvati birmuncha kamroqdir, chunki yorug‘likning bir qismi atmosferada yutiladi va qaytariladi. Biologik ahamiyatiga ko‘ra quyosh nuri uch xi spektrga: ultrabinafsha, ko‘rinadigan, infraqizil nurlarga ajratiladi. Ultrabinafsha nurlar (to ‘lqin uzunligi 30^400 nm).Ulaming tirik organizmlarga ta’siri to`lqin uzunligi va miqdoriga bog ‘liq.To`lqin uzunligi (290-380 nm) bo`lgan ultrabinafsha nurlarning kam qismigina ozon ekranidan olib, Yer yuziga yetib keladi.Bu nurlar bakteriyalami nobud qilish xususiyatiga ega. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar es (290 nmdan kam) tirik organizmlar uchun halokatli ta’sir etadi, ular ozon ekranidano‘tmaydi. Uzun to‘lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida teri pigment- melanin,ko‘z to‘r pardasi pigmenti va Dvitamin sintezlanadi. Kobrinadigan nurlar (to‘lqin uzunligi 40 -750nm),quyosh spektridagi yergayetib keladigan nurlaming 50% ga yaqinini tashkil etadi. Fotosintezlovchi o‘simliklar va sianobakteriyalaming xlorofill pigmenti yordamida qabul
qilinadi. Bu organizmlarda ko‘rinadigan nurlar ta’sirida fotosintez jarayonida anorganik moddalardan sintezlanadigan organik birikmalar geterotrof organizmlar uchun hamoziq bo‘lib xizmat qiladi. 0‘simliklarda fotosintezning intensivligi (jadalligi) yorug‘likning optimal darajasiga bog ‘liq. Yorug`lik optimal darajadan ortsa yoki pasaysa fotosintez susayadi.0‘simliklar yorug‘lik ta’sirida organlaming fazoda joylashuvini o‘zgartirish xususiyatini,ya’ni fototropizm va fotonastiya hodisalarini namoyon qiladi. Fototroizvn yorug‘lik tomonga o‘sish orqali amalga oshadigan harakatlari sanaladi. Masalan, o‘simlik novdasi yorug‘lik tushadigan tomonga burilib o‘sadi. Fotonastiya-s utkaning yorug‘ va qorong‘i vaqtining almashinishi bilan bog‘liq harakatlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.Masalan,ba ’zi
o‘simliklaming gullari yorug‘da ochiladi, kun botganda esa yopilad (lola, qoqio‘t),boshqa bir o‘sim liklaming gullari esa aksincha,kunbotganda ochiladi,tongda yopiladi(namoqshomgul).Erkin harakatlanadigan sodda hayvonlar, bir hujayrali tuban o‘simliklaming yorug‘lik ta’siri yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishi fototaksis deyiladi.Hayvonlar uchun yorug‘lik ahamiyatga ega.Kunduzgi hayvonlar
ko‘rinadigan nurlar yordamida oziq izlaydi, yashash uchun qulay joy axtaradi.Ko‘pchilik hayvonlar yorug‘lik spektri tarkibini farqlaydi, y a’ni rangli k o‘rish xususiyatiga ega. Masalan,gullaming yorqin rangi ulami changlatadigan hasharotlami o‘ziga jalb qiladi.Tungi hayvonlar (boyqush, ukki) qorong‘ida
ham bemalol harakatlanadi,ov qiladi. Tuproqda, g ‘orlarda, dengiz va okeanlar tubida yashovchi hayvonlar hayotiy faoliyati uchun yorug‘lik muhim omil hisoblanmaydi. Bunday hayvonlar yorug‘lik yetarli bo‘lmagan muhitda yashashga moslashgan. Qushlaming qishlash joylariga migratsiyasi uchun
ham kun uzunligining qisqarishi signal bo`lib xizmat qiladi.

Yüklə 358,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə