Sinf: 11 Fan: Biologiya Mavzu: biologik tizimlar



Yüklə 358,03 Kb.
səhifə20/139
tarix11.12.2023
ölçüsü358,03 Kb.
#145510
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139
Biologiya 11-sinf Konspekt

Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Tirik organizmlaming yashash muhiti uning tirik va anorganik tarkibiy qismlari hisoblanadigan ekologik omillar bilan tavsiflanadi. Muhitning harbir tarkibiy qismi shu muhitda yashayotgan tirik organizmlarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ekologik omillar. Muhitning tirik organizm, populatsiya,tabiiy
jamoalarga ta’sir ko‘rsatadigan fizik-kimyoviy,biologik shart-sharoitlari (elementlari) ekologik omillar deyiladi.Ekologik omillar abiotik,biotik va antropogen omillarga ajratiladi.Abiotik omillar tirik organizm laming hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari sanaladi.Abiotik omillar to‘rt guruhga bo`linadi: iqlim omillari-yashash muhitining iqlimini shakllantiruvchi omillar (yorug`lik, namlik, harorat, havo tarkibi,atmosfera bosimi,shamol tezlig va b.);edafik omillar (yunoncha «edafos» tuproq) tuproqning xususiyatlari (namligi,zichligi,mineral tarkibi,organik moddalaming miqdori); topografikomillar (relyef omillari) -joy relyefining o‘ziga xos jihatlari. Ularga balandlik (dengiz sathiga nisbatan) qiyalikning tikligi, qiyalikning ekspozitsiyasi (dunyo tom onlariga nisbatan joylashuvi) kabi omillar kiradi; fizik omillar tabiatdagi fizik hodisalar (Yeming tortish kuchi, Yemig magnit maydoni, ionlashtiruvchi va elektro magnit nurlanishlar va b.). Biotik omillar - tirik tabiat omillari. Biotik omillar fitogen (o‘simliklaming ta’siri), zoogen (hayvonlaming ta’siri), mikogen (zamburugMarning ta ’siri) mikrobiogen (mikroorganizmlaming ta’siri) omillarga ajratiladi. Antropogen omillar- inson faoliyati bilan bogliq omillar bo`lib,ularga boshqa tirik organizmlaming yashash muhitlariga va bevosita ulaming hayotiy faoliyatiga ta’sir k o‘rsatuvchi inson faoliyati turlari (atrof-muhitning ifloslanishi, hayvon hamda baliqlami ovlash, o‘rmonlarni kesish,yerga ishlov berish, foydali qazilmalami qazib olish va b.) kiradi. Birga yashayotgan organizmlar hayotida bitta ekoiogik omil turlicha ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan,ochiq yerlarda yashaydigan yirik hayvonlar uchun kuchli shamol salbiy ta’sir ko‘rsatsa, uyalariga va qor ostiga yashirinadigan mayda hayvonlarga bu omil katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Tuproqning mineral tuzlar tarkibi o‘simliklar uchun muhim omil hisoblansada,Yer yuzida yashaydigan hayvonlar uchun bu omil ahamiyatga ega emas.
Muhitning ba’zi ko‘rsatkichlari, turlarning evolutsiyasida uzoq davr mobaynida nisbatan doimiy holatda o‘zgarmasdan qoladi.Masalan,yerning tortish kuchi,quyosh doimiyligi,okean suvlarining tuz tarkibi, atmosferaning xususiyatlari kabi omillar nisbatan o‘zgarmasdir. Muhit omilining yetishmasligi ham, me’yordan ortib ketishi ham tirik organizmlar hayot faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi. Ekoiogik omilning organizm hayot faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirining eng qulay chegarasi biologik optimum yoki optimum zonasi deyiladi. Optimum zonasidan og‘ish, ya’ni chetga chiqish noqulay hayot zonasi
(pessimum zona)ni belgilaydi.Og `ish qanchalik kuchli bo‘lsa,omilning organizmga noqulay ta’siri ko‘proq namoyon bo‘ladi.Har qanday organizm ekologik omilning eng yuqori maksimum va eng quyi minimum chegaralari doirasi-chidamlilik chegaralari doirasidagina hayot kechira oladi,omilning bu chegaradan og‘ishi organizmning nobud bo‘lishiga olibkeladi.Ekologik omil ko‘rsatkichlarining tirik organizmlar yashashi mumkin bo'lgan chidamlilik chegaralari doirasi tolerantlik (lot. « tolerantia» - sabr-toqat) zonasi deb ham yuritiladi.

Yüklə 358,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə