Sinf rahbarlik


e) ta’lim muassasasi oshxonasida



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə9/40
tarix11.10.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#127061
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Синф рахбарлик дафтари 2023 saralangan

e) ta’lim muassasasi oshxonasida:
- ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish;
- umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;
- taomlarni olishda “navbatga turish” tartibiga rioya qilish va imkoni boricha ijtimoiy masofani saqlash;
- tirbandlik holatida ustozlar, o‘zidan kichiklarga va qizlarga hurmat ko‘rsatish;
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
- issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish;
- oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste’mol qilish;
- ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish;
f) ta’lim muassasasi kutubxonasida:
- kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish;
g) sport zali (majmuasi)da:
- sport zaliga xos bo‘lgan kiyim va poyabzalda kirish;
- sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
- mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish.
28. O‘quvchilarga odob-axloq qoidalari doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
a) ta’lim muassasasida va uning hududida:
- o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish;
- dars mashg‘ulotlari vaqtida ta’lim muassasasi hududida sababsiz yurish;
- ta’lim muassasasi yo‘laklari, sinf xonalari, oshxona va kutubxonasida asossiz ravishda baland ovozda gaplashish;
- ta’lim muassasasi hududida baland ovozda so‘zlashish, qog‘oz va boshqa chiqindilarni (belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish;
- muqovasida ma’naviyatga zid bo‘lgan tasvirlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanish;
- turli narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tarqatish;
- ta’lim muassasasi hududiga turli xil pirotexnika vositalari, pnevmatik qurollar, o‘tkir kesuvchi va tig‘li buyumlarni olib kelish;
- uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar hamda pornografik xarakterdagi ma’lumotlarni ko‘rish va tarqatish, kiberbullingni o‘tkazish;
- uyali aloqa vositalarini bo‘yniga osib olishi, ko‘ylak, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə