Sinf rahbarlik



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə1/40
tarix11.10.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#127061
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Синф рахбарлик дафтари 2023 saralangan




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‘LIMI VAZIRLIGI
XONQA TUMANI XTBga qarashli
35-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi
SINF RAHBARLIK
DAFTARI


TASDIQLAYMAN”


Xonqa tumani 35-umumiy
o‘rtata’lim maktabi direktori
___________S. Karimova
___” ___________2022-yil


XONQA TUMANI XTBga qarashli
35-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi
“___”- sinf rahbari


___________________________________ning
SINF RAHBARI
DAFTARI

Tekshirdim”


ММIB direktor o`rinbosari : _________ Z. Qurbonova


____ ___________ 2022-yil
2022-2023-o`quv yili
SINF RAHBARI TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT



  1. Ismi va familiyasi ______________________________________

Tug’ilgan yili___________________________________________

  1. Manzili ______________________________________________

  2. Telefon raqami ________________________________________

  3. Pasport №____________________________________________

  4. Malumoti_____________________________________________

  5. Qaysi o’quv yurtni va qachon tugatgan _____________________

_______________________________________________________

  1. Diplom seriya_______ № ________________________________

  2. Mutaxassisligi__________________________________________

10. Ish staji_____________________________________________

11. Toifasi________________________



O ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
2021-yil 22-fevral 41-son


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 5-sinfdan boshlab yagona sinf rahbari
faoliyatini tashkil etish haqida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisining 3-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umumiy o‘ita ta’Iim muassasasining sinf rahbarlari faoliyati samaradoiiigini oshirish maqsadida buyuraman:
1. Umumiy o‘ita ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi (A.Tagayev) bir kun muddatda mazkur buyruqni Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqamiasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga yetkazsin va o‘quv yili davomida joylardagi ijrosini nazorat qilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqannasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlariga:
uch kun muddatda mazkur buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida uning mazmun-mohiyatini keng pedagogik jamoaga yetkazish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy choralami ko‘rish;
umumiy o‘rta ta’Iim muassasalarining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etishda ushbu hujjatlar talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
4. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo’limi (L.Rustamova) mazkur buyruqni vazirlikning ijtimoiy tamioqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirsin.
5. Ushbu buyruq qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 30-iyuldagi 180-sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan ‘‘Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g ‘risidagi nizom” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin




Vazir: Sh.Shermatov


Toshkent sh.,
2021-yil 22-fevral,
41-son
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining
2021-yil 22-fevraldagi
41-sonli buyrug‘iga
ILOVA


Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar


1.Mazkur nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sinf rahbarlarining (keyingio‘rinlarda sinf rahbarlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlariva majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Sinf rahbarlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiva Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiqarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, VazirlarMahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limivazirining buyruqlariga, mazkur nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlargamuvofiq amalga oshiradi.
2-bob. Sinf rahbarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari


3. Quyidagilar sinf rahbarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatidao‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilarining (keyingi o‘rinlarda sinf o‘quvchilari debyuritiladi) amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etish;
odob-axloq va ichlci tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinishmadaniyatiga qat’iyan amal qilish, jamoada namunali bo‘lish;
o‘quvchilarning o‘sib-ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazoratgilish, yordamga muhtoj o‘quvchilarga yakka holda yondashish asosida ular qalbidamilliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik,ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg‘otish;
sinf o‘quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishdao‘qituvchilar, yoshlar yetakchisi, psixolog, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchishaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi), ta’lim muassasasi rahbariyatiorqali voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibotidoralari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash.
Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalami ham bajarishimumkin.
4. Sinf rahbarlari o‘zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagifunksiyalarni amalga oshiradi:
har tomonlama yetuk, barkamol - ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxstarbiyasini amalga oshirish, sinf o‘quvchilarining qobiliyatlarini to‘liq namoyonetishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;
pedagogik va o‘quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkiletishda bar bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo‘lgaqo‘yish;
ertalabki saflanishlarda sinf o‘quvchilarining belgilangan tartibda to‘liq ishtiroketishlarini ta’minlash;
biriktirilgan sinf xonasidagi mavjud jihozlaming saqlanishini va ulardan samaralifoydalanishni ta’minlash.
Sinf rahbarlari o‘z faoliyatini o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, umumiyrivojlanish darajasi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviyishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.
Jumladan:
a) Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida:
o‘quvchilarni Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmatruhida tarbiyalash;
o‘quvchilar ongiga buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungibunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish, yurtimizdagibunyodkorlik ishlari, inshootlar va ma’rifat maskanlari bilan ularni tanishtirib borish;
sinfda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashmuhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloqme’yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;
o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ulami jamiyatda o‘z o‘rnini topaoladigan shaxs sifatida shakllanishlari uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish;
o‘quvchilarni o‘zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analarigahurmat ruhida tarbiyalash;
o‘quvchilarni o‘z huquq va majburiyatlarini biladigan va ularga rioya qiladiganinson sifatida tarbiyalash.
b) ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yo’nalishida:
barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila - mahalla - ta’lim muassasasi” hamkorligiJamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinfota-onalar majlislarini o’tkazib borish;
o‘quvchilami ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash,jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-onaqaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-ona qarovisiz qolgan, vasiylik va homiylikkaberilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash;
o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarininazorat qilish;
o‘quvchilar kundalik daftarlarining yuritilishini nazorat va tahlil qilish, o‘quvqurollarining mavjudligi va to‘g‘ri tartibli saqlashlarini kuzatib borish, natijalarini ota-onalarbilan muhokama qilish;
o‘quvchilarning turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldiniolish, ularda bu borada immunitet shakllanishi uchun targ‘ibot ishlarini olib borish;
ota-onalar bilan hamkorlikda ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlaruyushtirish, o‘tkazgan tarbiyaviy ishlari yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobotberish;
darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilanishlashda ularning ota-onalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilanhamkorlik qilish, natijalari bo‘yicha direktor huzuridagi yig‘ilishlarga ma’lumotkiritib borish;
o‘quvchilami ota-onalar va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ruhidatarbiyalash, ularga kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berish,mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.
d) o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan vasinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo‘nalishida:
o‘quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan to‘garaklari,sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o’lkashunoslikyo‘nalishidagi to‘garaklarga, klublarga jalb qilish;
qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularning ijodiyimkoniyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
milliy madaniyatning asosi bo’lgan musiqa va qo‘shiq, kino, adabiyot, xalqog‘zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlarivositasida o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ularni madaniyatmaskanlariga ota-onalar bilan hamkorlikda jalb etish;
o‘quvchilami yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish,kuzgi, qishki va bahorgi ta’til kunlarini mazmunli ortkazishi uchun ota-onalar bilanhamkorlikda sharoit yaratish;
turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda (bayramlar, ko‘rik-tanlov, sportmusobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar) sinf o‘quvchilarining faolishtirokini ta’minlash;
e) o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirishyo’nalishida:
sinfjamoasi bilan birgalikda sinf faollarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish,o‘quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish va tahlil qilish;
sinf o‘quvchilarining ehtiyoji va qiziqishlarini har tomonlama o‘rganish, ulamiahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
har bir o‘quvchining o‘zi uchun kun tartibi tuzishini tashkil etish va uningbajarilishini ota-onalar hamkorligida nazorat qilish;
o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs vamuassasalar tomonidan bajarilishi shart bo’lgan qonun hujjatlari, ijtimoiy-iqtisodiy vasiyosiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berib borish,qonunga hurmat hissini shakllantirish;
o‘quvchilarda maktab hududi, binosi, yo’laklari va sinf xonalarini ozoda tutishbilan bog‘liq ekologik tarbiya ko‘nikmalarini mustahkamlab borish.
f) pedagogik jamoa bilan birgalikda:
sinf o‘quvchilarining ta’lim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartibqoidalarini bajarishlarini ta’minlash;
sinf jurnali va faoliyatiga doir boshqa hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishinita’minlash;
o‘quvchilar o‘zlashtirishini yuqori darajaga ko‘tarish, tartib-intizomnimustahkamlash maqsadida sinf majlislarini o‘tkazib borish;
o‘qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti vajamoatchilik ishlarida faol o‘quvchilarni taqdirlash, ularning ota-onasigatashakkurnoma, minnatdorchilik xatlari yuborish bo‘yicha taklif berish;
sog‘lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigiyenasi hamda jismoniy tarbiya, zararliodatlardan saqlanish kabi masalalarga e’tibor berish;
o‘quvchilarning past o‘zlashtirish sabablarini aniqlash, bartaraf etish bo‘yichategishli fan o‘qituvchilari, yoshlar yetakchisi va maktab psixologi bilan birgalikdayordam berish;
ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilari, psixolog va ota-onalar bilanhamkorlikda o‘quvchilarning sog’lig‘ini muhofaza qilish, ma’naviy-ma’rifiy,jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishini nazorat qilish;
o‘quvchilarning ta’lim muassasasida texnika xavfsizligi, ularni muhofaza qilish,sanitariya-gigiyena qoidalari va me’yorlari talablariga rioya qilishini ta’minlash;
kasbiy malakasini oshirib borish, yo‘nalishi bo‘yicha turli seminarlarda ishtiroketish.
Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalami ham amalgaoshirishi mumkin.
5. Sinf rahbarlari zimmasiga mazkur nizom va boshqa qonun hujjatlaridanazarda tutilmagan vazifalami yuklash, ularni ish vaqtidan tashqari, faoliyatiga oidbo‘lmagan yig’i1ishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagio‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqsinf rahbarlari javobgar hisoblanmaydi.
3-bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari


7. Sinf rahbarlari ushbu nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirishdaquyidagi huquqlarga ega:
sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlari va imtihonlarida ishtirok etish;
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha darslar tashkil etishbo‘yicha ta’lim muassasasi rahbariyatiga taklif kiritish;
o‘quvchilar tarbiyasiga oid ilg‘or ish tajribalarini amalga oshirish bo‘yicha ta’limmuassasasi rahbariyatiga tashabbus bilan chiqish;
sinf faollari ishini nazorat qilish, ular bilan birgalikda yig’ilish kun taitibinibelgilash va sinf yig’ilishlarini uyushtirish;
o‘qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti vajamoatchilik ishlarida faol o‘quvchilarni taqdirlashga tavsiya etish;
sinf soatlarini rejalashtirishda o‘quvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqibtanlangan mavzularga o‘zgartirishlar kiritish;
sinf soatlari mavzularining ta’sirchanligini oshirish uchun maktab psixologibilan yaqindan hamkorlik qilish, zarur holatlarda dars jarayoniga maktab psixologinitaklif qilish;
o‘quvchilaming ota-onalari bilan ta’lim-tarbiya masalalari yuzasidansuhbatlashish, hamkorlik qilish, pedagogik maslahatlar berish;
o‘quvchilar xulqini baholash;
hamkorlikda olib boriladigan tadbirlarda muntazam qatnashmaydigan, farzanditarbiyasiga e’tiborsiz ota-onalar bo‘yicha maktab kuzatuv kengashiga,“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi” Jamoat kengashiga murojaat qilish.
Sinf rahbarlari o‘z vazifa va majburiyatlarini bajarishda qonun hujjatlarigamuvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
8. Sinf rahbarlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
sinf o‘quvchilari bilan “Bolaga do‘stona munosabatda bo’lish” tamoyiliga rioyaetgan holda munosabatda bo‘lish, pedagogik jamoa, o‘quvchilarning ota-onalari bilanmuloqotda vazmin va xushmuomala bo‘lish;
sinf o‘quvchilarining davomatini nazorat qilish, sababsiz darsga kelmagano‘quvchilarning ota-onalari bilan (telefon orqali) bog‘lanib, darsga kelmaganliksabablarini o‘rganish, natijalari bo‘yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollardayozma) kiritish;
“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardanfoydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi vao‘quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” hamda “Davlat umumiy o‘rtata’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriyetish tartibi to‘g‘risidagi nizom” mazmun-mohiyatini va talablarini sinf o‘quvchilariva ularning ota-onalari e’tiboriga yetkazish;
amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra farzand tarbiyasida ota-onaningmas’uliyati, majburiyati va javobgarligi to‘g‘risida o‘quvchilarning ota-onalario‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
o‘zining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish.
4-bob. Sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish tartibi


9. O‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan sinf rahbarlaritayinlanadi va ozod etiladi.
10. Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:
- kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan;
- maktabda to‘liq stavkada asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
- odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la oladigan;
- ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan;
- o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.
Boshlang‘ich sinfda asosiy (o‘qish, ona tili, matematika) fanlardan darsberadigan o‘qituvchi sinf rahbari hisoblanadi.
O‘rta va yuqori sinflarda sinf rahbarining o‘zi ta’lim beradigan fani doirasidaham o‘quvchilari bilan yaqindan ishlashini inobatga olgan holda o‘quvchilarniguruhlarga bo’lib o‘qitishni talab etadigan fan (jismoniy tarbiya, texnologiya, chet tili,informatika va axborot texnologiyalari va boshq.) o‘qituvchilari hamda o‘rindoshlikasosida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga sinf rahbarligini biriktirishmaqsadga muvofiq emas.
11. Boshlang‘ich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab4- sinfgacha o‘quvchilarga yagona rahbar hisoblanadi. Xuddi shunday tartib5- sinfdan 11-sinfga qadar ham qo‘llaniladi.
12. Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktoro‘rinbosarlari, psixologlar, yoshlar yetakchisi sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.
13. Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktoro‘rinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.
14. Sinf rahbarlarining yillik ish rejasi ta’lim muassasasining umumiy rejasiasosida ishlab chiqiladi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosaritomonidan tasdiqlanadi.
15. Sinf rahbarlarining yillik ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy ishlarni tashkiletish va o‘tkazishga yordam berish, ularning samaradorligini oshirish, ishlarini
muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida sinf rahbarlari uslubiybirlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga barcha sinfrahbarlari a’zo hisoblanadi.
16. Sinf rahbarlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
-sinf rahbari daftari;
-maktabning ichki ro‘yxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi og‘ir va surunkalidars qoldiruvchi o‘quvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yig‘ma jildi.
17. Sinf rahbarlari o‘quv yili choraklari va yakuni bo‘yicha hisobotlartayyorlaydi.
Sinf rahbarlari faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha hisobotlarini ma’naviy-ma’rifiyishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga topshiradi.
5-bob. Sinf rahbarlari faoliyatini baholash


18. Sinf rahbarlarining faoliyati bir yilda ikki marotaba (yanvar va iyunoylarida) umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinf rahbarlarining yillik faoliyatinibaholash ko‘rsatkichlari asosida baholanadi (jadval ilova qilinadi).
19. Baholash ishlari maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yichao‘rinbosari boshchiligida, tarkibida maktab direktorining harbiy-vatanparvarlik ishlaribo‘yicha o‘rinbosari-Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi,maktab psixologi, yoshlar etakchisi, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchibo’lgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
20. Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan baholash ishlarining doimiyreytingi yuritiladi va reyting natijalari maktabning o‘qituvchilar xonasiga ilibqo‘yiladi.
21. Faoliyati “a’lo” baholangan sinf rahbarlarini maktab rahbariyati tomonidanmoddiy-ma’naviy rag‘batlantirish choralari ko’riladi, tarmoq va davlat mukofotlarigatavsiya etiladi.
22. Faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan sinf rahbarlariga vaziyatni o‘nglash vaish samaradorligini oshirish uchun maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlarbo‘yicha o‘rinbosari tomonidan keyingi baholash davriga qadar muhlat beriladi.Navbatdagi baholash natijalari ham qoniqarsiz deb topilgan holatda mazkur sinfgaboshqa pedagogni sinf rahbari qilib tayinlash bo‘yicha maktab direktorining buyrug‘i qabul qilinadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar


23. Ta’lim muassasasi ma’muriyati sinf rahbarlari yordamidan faqat ushbunizomda belgilangan vazifalar doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktoro‘rinbosari bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
24. Sinf rahbari mazkur Nizom bilan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdamuntazam ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan taqdirda, maktabdirektorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining taqdimnomasigako‘ra maktab direktori tomonidan o‘ziga biriktirilgan sinf rahbarligidan ozod etiladi.



Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə