Sinf rahbarlik


O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan munosabatda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə7/40
tarix11.10.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#127061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Синф рахбарлик дафтари 2023 saralangan

O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan munosabatda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:

- o‘quvchilarni jazolash maqsadida ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;


- ichki tartib va kiyinish madaniyatiga rioya qilmaydigan o‘quvchilarni sinfdoshlar yoki muassasa jamoasi oldida muhokama qilmaslik;
- o‘quvchilar tomonidan uyga vazifani bajarmay kelgan o‘quvchini ommaviy izza qilish holatlarini uyushtirmaslik;
- chet elga noqonuniy ravishda chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muassasa rahbariyatidan yashirmaslik;
- o‘quvchining ota-onasi yoki qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;
- mazkur qoidalarga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lib, shaxsiy namuna ko‘rsatish, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish;
- ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish;
- biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;
- ta’lim muassasasining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
- ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari
va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
- mazkur qoidalarni barcha ta’lim muassasalarida har oyning birinchi haftasi juma kunlarida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat va ma’rifat soat”larda keng tushuntirib borish;
yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish.
26. Ota-onalarga belgilangan talablar:
- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;
- o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;
- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;
- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;
- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;
- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;
- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;
- ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.



Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə