Sintaktik aloqa ва муносабатлар



Yüklə 150 Kb.
səhifə14/20
tarix18.05.2023
ölçüsü150 Kb.
#111119
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
1-20 ona tili

Valentlik tushunchasi
Valentlik haqida tushuncha. Valentlik aslida ximiyaviy atama bo’lib, tilshunoslikda lisoniy birliklarning amalga oshmagan birikuvchanlik-biriktiruvchanlik imkoniyatlari sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan qo’llanadi. Valentlikning ximiyaviy tavsifi quyidagicha. Masalan, kislorod (O) atomi boshqa turdagi yana ikkita atomni biriktirish imkoniyatiga ega. Bu uning elektron qavatidagi ikkita atomning bo’sh o’rniga qarab belgilanadi. Suv molekulasi (N2O)da bu bo’sh o’rinlar to’ldirilgan. Shuningdek, nafaqat kislorod, balki vodorod (N) ham valentlikka ega bo’lib, uning bo’sh o’rni bittadir. Demak, ko’rinadiki, suv molekulasida kislorodning ham, vodorodning ham valentlik imkoniyatlari voqelikka aylangan bo’lib, ular kislorod biriktiruvchi, vodorodda esa birikuvchi tabiatga ega. Har ikkal atom (vodorod va kislorod) ham bir-biriga muvofiq bo’lgandagina birikma hosil qilishi mumkin. Masalan, vodorod va oltin atomlari birikib, molekula hosil qila olmaydi.
8 ta so’roq olmoshi [o’qi] leksemasiga birikish imkoniyatiga ega bo’lgan so’zlarga ishora qiladi. Bu imkoniyat bevosita kuzatishda berilmagan bo’lib, [o’qi] leksemasining mohiyatida yashiringandir. Lekin (kitobni o’qimoq), (har kuni o’qimoq), (ko’p o’qimoq) nutqiy birikuvlarida bu imkoniyatlar bitta-bitta voqelangan. Quyidagi birikuvlarning birinchisida bir vaqtning o’zida bu imkoniyatdan ikkitasi, ikkinchisida esa uchtasi voqelikka aylangan, so’z birikmasi hosil qilingan: kitobni tez o’qimoq; kutubxonada kitobni tez o’qimoq; [o’qi] leksemasining ongdagi birikish imkoniyati valentlik ekan, uning nutqiy voqelanishi sintaktik aloqa hisoblanadi. Demak, valentlik lisoniy, sintaktik aloqa esa nutqiy hodisa sifatida qaraladi. Ular lison va nutqning barcha qarama-qarshi belgilarni o’zida aks ettiradi. Lisoniy birlikning valentlik o’rinlarini to’ldiruvchi birliklar aktantlar deb ham yuritiladi.
Yuqorida aytilganidek, kislorod atomi bilan birga vodorod atomi ham valentlikka ega bo’lganligi kabi [o’qi] leksemasiga birikuvchi leksemalar ham valentlikka ega. Biroq [o’qi] leksemasi hokim, tortuvchi mavqeda bo’lganligi sababli uning valentligi hokim valentlik, unga birikuvchi leksemaning valentligi esa tobe valentlik deyiladi:
Turli atomlar bir-biriga mos bo’lgandagina birika olganligi kabi lisoniy birliklar ham ma‘no va grammatik jihatdan muvofiq bo’lmog’i lozim. Boshqacha aytganda, biriktiruvchi leksema birikishi lozim bo’lgan leksemani nafaqat ma‘no jihatdan, balki uning ma‘lum bir grammatik shaklda bo’lishini ham talab etadi. Shunga ko’ra, valentlik lug’aviy va sintaktik qatlamlarga ajraladi.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə