Sintaktik aloqa ва муносабатлар


Undov va so‘roq belgisining qo‘llanish o‘rni



Yüklə 150 Kb.
səhifə12/20
tarix18.05.2023
ölçüsü150 Kb.
#111119
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
1-20 ona tili

Undov va so‘roq belgisining qo‘llanish o‘rni.
1. So’roq mazmunini anglatuvchi gaplardan keyin qo’yiladi: Motor-ning qayeriga o’q tekkan ekan? Samolyot havoda yana qancha tura olishi mumkin ekan? Benzin baklari yorilib ketmasmikin? (kinojurnal-dan).
2. Matnlarda biron so’z, jumla noaniqlik, gumon, anglashilmovchilik bildirsa, bunday so’z yoki jumladan so’ng so’roq belgisi qavsga o’ralgan holda qo’yiladi: Pomir tog’lari bo’ylab qilingan ilmiy izlanish natijalari ham to’plamdan joy olmaganligi (?) ajablanarli! ("F.T.")
3. So’roq gap bilan ifodalangan sarlavhalardan keyin so’roq belgisi qo’yiladi: Xo’jalik yilini qanday yakunlayapsiz? (radiodan) Oilaviy shirkat usuli qanday samaralar berdi? (radiodan)
4. So’roq olmoshlari so’roq ma'nosi uchun ishlatilsa, ulardan keyin so’roq belgisi qo’yiladi: To’ldiruvchi kimni? nimani? kim bilan? nima bilan? so’roqlariga javob bo’ladi.
1. Emotsionallik ifodalaydigan, kuchli ko’tariluvchi, to’lqinli ohang bilan aytiladigan gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Qanday qilay, sevinch sayratsa tilni! Bahor tuyg’ulari yayratsa dilni! (U.) Bahor qanday maftunkor fasl!!! (U.)
2. Vokativ gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Qalandarov gulzorning narigi tomonidagi idoraga qarab: Eshon, hoy! – deb qich-qirdi. (A.Q.)
3. Emotsiya ifodalaganda, quyidagi so’z-gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi:
a) undov so’zlar: Uf! Qush edim, qanotimni qayirdilar... (H.H.) Attang! Attang! Biz g’aflatda qolgan ekanmiz-da! (S.Ahm.);
b) rasm-odat undovlari: Teshaboy: Xormanglar, ho! Ovozlar: Bor bo’linglar! Bor bo’ling! Teshaboy: Balli! Rahmat! (U.)
v) kirish so’zlar: Hammangiz ham bir varakay to’y qilasiz! Tursun: Albatta! (U.) Chopiqda ham g’ayrat qildi. Ovozlar: To’g’ri! To’g’ri! (U.)
g) ha, xo’p, yo’q so’zlari: Xo’p! Xo’p dedik-ku! (K.Y.) Xo’-o’sh! Yana nima kerak! (A.Q.) Yo’q! Uning alamli qalbiga bular orom bera olmagan. (U.)
4. Emotsiya ifodalasa, nominativ gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Hayot!.. Sen bo’lmasang, yashash yo’q bir on! Jamol: Sho’rim qursin! Sarvi: Dahshat! Shoista: Falokat! (U.) Saida... qop qora va yopishqoq bir narsaga toyrilib yiqildi. Qon!... Saida uyog’ini bilmaydi (A.Q.)
5. Infinitiv gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Ona mehridan judo bo’lish! Buning alam-hasratini aytib ado qilolmaysan. (T.T.)
6. Kuchli intonatsiya bilan aytiladigan undalmalar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Quyidagi ikki holatni qiyoslang: Toxirjon aka! – dedi entikib Saida. Kechiring, Tohirjon aka, og’zimdan chiqib ketdi. (A.Q.) Zamonamiz dadil qadamlar zamonasi-ku, qizim! (A.Q.)
7. Ritorik so’roq gaplar undov ohangi bilan aytilganda undov belgisi qo’llaniladi: Nima bizga Amerika! Nima bizga uning sur'ati! (H.O.)
8. Emotsional buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi: Bunaqa savollar majlisda berilsin! Raisning o’zi borida gapirilsin! (A.Q.) Marhamat, kiring! – dedi Nosirov. (A.Q.)
9. Darak gaplar ham his-hayajon bilan aytilsa, oxirida undov belgisi qo’llaniladi: Ha, o’q tamom bo’libdi! – deb o’yladi o’zicha (H.Sh.) Men kolxozni opichlab katta qilganman!... (A.Q.)



Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə