Sintaktik aloqa ва муносабатлар


So‘z va gap kengaytiruvchilarining uyushishi



Yüklə 150 Kb.
səhifə9/20
tarix18.05.2023
ölçüsü150 Kb.
#111119
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
1-20 ona tili

So‘z va gap kengaytiruvchilarining uyushishi.
So’zshakllari. Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarning ma‘nolari so’zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo’lishi mumkin. Shunda ularning ma‘nolarini muayyanlashtirish maqsadida alohida, ta‘kid ohangiga ega bo’lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. Quyidagi gaplarga e‘tibor bering:
SHavkat she‘r o’qidi.
Yurtim - Nurota
Uning kafolati kerak bo’ladi.
Soy buyida uzoq turdi.
Seni sog’indim.
Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma‘lum bir so’zlar ma‘nolari izohlarsiz noaniq bo’lishi mumkin. Buni e‘tiborga olgan holda so’zlovchi ularni muayyanlashtiruvchi so’zlar bilan qo’llaydi. SHavkat, shoir, she‘r o’qidi. Yurtim - Nurota, tog’lar orasi. Uning, Ikrom Imomzodaning, kafolati kerak bo’ladi. Soy buyida, qo’sh yong’oqning tagida, uzoq turdi. Seni, vafodorimni, sog’indim.
Birinchi gapda ega (SHavkat) ning ma‘nosini shoir so’zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota) ning ma‘nosini tog’lar orasi, uchinchi gapda aniqlovchi (uning) ning ma‘nosini Ikrom Imomzodaning so’z shakli, to’rtinchi gapda hol (soy bo’yida) ning ma‘nosini qo’sh yong’oqning tagida so’z shakli, beshinchi gapda to’ldiruvchi (seni) ning ma‘nosini vafodorimni so’zshakli izoxlagan, to’ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so’zlar o’zlari izohlayotgan so’zlar bilan bir hokim so’zga tobelanadi. Undan faqat tor ma‘noga egaligi va ta‘kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchilari deyiladi. Gapning so’z kengaytiruvchilari ham, gap kengaytiruvchilari ham ajratilishi mumkin. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda so’z kengaytiruvchilari, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so’z kengaytiruvchilari ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni:
a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari;
b)ajratilgan so’z kengaytiruvchilari
tarzida ikkiga bo’lib o’rganish mumkin.
Gapning ajratilgan kengaytiruvchilari bilan ajratilgan bo’laklar muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo’laklar deganda gap konstruktiv bo’laklarining ajratilishi tushuniladi. Ajratilgan kengaytiruvchilar atamasi esa bo’lak mavqeiga ega bo’lmagan atov birliklarini ham o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, Men seni, vafodorimni, sog’inganimni ayta olmayman gapida vafodorimni so’z shakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo’lagi emas.
Gapning ajratilgan kengaytiruvchilarining gap struktur sxemasiga munosabati ular izoxlayotgan atov birliklariniki kabidir. Ajratilgan kengaytiruvchilar ajralmish (muayyanlashtirilayotgan) atov birliklarining «soyalari» bo’lganligi bois ular bilan bir butun holda bevosita yoki bilvosita gap struktur qolipiga daxldor bo’ladi
Ajratilgan kengaytiruvchilar muayyanlashtirilayotgan bo’lakning «soyasi» bo’lganligi bois, sof nutqiy hodisadir. Shu boisdan uning mavjudligi va o’ziga xosligi sof nutqiy omil - ohang bilan ham bog’liqdir. O’ziga xos ohangdan mahrum qilinsa, u boshqa nutqiy hodisa­ - undalmaga monand bo’lib qoladi. Masalan, Erkin, ukam, injener bo’ldi gapida ukam atov birligi ajratilgan kengaytiruvchiga xos ohangdan mahrum etilsa (ukam birligidan keyin ajratish pauzasi qo’llansa), u egaga va eganing atov birligi esa undalmaga aylanib qoladi.
Gap va so’z kengaytiruvchilarining ajratilishida o’ziga xosliklar bor.
Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o’ziga xosdir. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi: traktorchi Toshpulat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo’raev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo’lsa, u ham shunday mavqega ega bo’ladi. Masalan, Traktorchi Toshpo’lat smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorchi) ega (Toshpo’lat) ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo’qoladi va o’zi ham egaga aylanadi. Toshpulat, traktorchi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorchi so’zshakli o’rni o’zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gap konsruktiv bo’lagi - ega) olganligini izohlanmish (Toshpo’lat) ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo’laklari vazifasiga qo’yish bilan amin bo’lish mumkin:



Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə