Sintaktik aloqa ва муносабатлар


Qo‘shma gapning tarkibidagi bog’lovchi vositalarga ko‘ra turlari



Yüklə 150 Kb.
səhifə11/20
tarix18.05.2023
ölçüsü150 Kb.
#111119
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
1-20 ona tili

Qo‘shma gapning tarkibidagi bog’lovchi vositalarga ko‘ra turlari.
Bu tasnif sof shakliy bo'lib, gap orasidagi ma’noviy bog'lanish qanday qo'shimcha (shakliy) vosita bilan ta’minlanishiga tayanadi. Bu asosga ko'ra qo'shma gapning quyidagi turlari ajratiladi: a) faqat ohang bilan bog'langan qo'shma gap; b) yuklamalar vositasida bog'langan qo'shma gap; d) teng bog'lovchilar vositasida bog'langan qo'shma gap; e) ergashtiruvchi bog'lovchilar vositasida bog'langan qo'shma gap; f) nisbiy so ‘zlar vositasida bog’langan qo‘shma gap. Bog’ovchi vositalarning ma’nodoshligi va vazifadoshligi. Qo‘shma gaplarning bog’ovchi vositalarga ko‘ra yuqorida berilgan 5 turi asosida ma’nodoshlik munosabati juda kuchli. Xususan, faqat ohang bilan bog’langan qo'shma gapda ifodalangan ma’noviy munosabat qo'shma gapning boshqa turi bilan ham berilishi mumkin. Biriktiruv bog'lovchilari yordamida bog’langan qo'shma gap va faqat ohang bilan bog’langan qo'shma gap sinonimiyasi juda keng. Qiyoslang: 1. Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi. 2. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi.
Qo'shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko'ra turlari
Bu tasnifda qo'shma gap tarkibidagi qism (gap)lar o'rtasidagi m a’noviy m unosabatga asoslaniladi va ikkita muhim nuqtaga e’tibor qaratiladi: 1) qo'shma gap tarkibiy qismlari orasida qanday ma’noviy munosabat (masalan, payt, o 'rin , sabab, birin-ketinlik, bir vaqtdalik, izohlash, qiyoslash va h.) ifodalanganligi; 2 ) aynan bir ma’noning turli yo'llar bilan ifodalanishi mumkinligi (yoki aksincha). Shakl va mazmun munosabati nisbiy mutanosiblikda (ya’ni asimmetrik) bo'lganligi sababli qo'shma gapda polisemiya va omonimiya hodisalari kuzatiladi. Jumladan, payt munosabatini ifodalashda quyidagicha sinoni iya hodisasini kuzatishimiz mumkin: 1. О‘qituvchi keldi, dars boshlandi. 2 . О ‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi. 3. О ‘qituvchi keldi-yu, dars boshlandi. 4. О‘qituvchi keldi, shu zahoti dars boshlandi va h.k.

Yoki shart shaklida bir nechta semantik munosabat ifodalanishi natijasida sintaktik polisemiya hodisasi kuzatilishi mumkin: a) payt ma’nosi - Borsam, ukam yo ‘q ekan; b) shart ma’nosi - Ozodaxon kelsa, aylaman-, d) to'siqsizlik m a’nosi - Aqidaxon kelsa ham, aylaman va h.k. Qo'shma gap tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko'ra tasnifi bilan qo'shma gap qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko'ra tasnifi o'zaro bo'liq. Tom ma’noda bu tasnif tarkibiy qismlarini o'zaro bog'lashga xizmat qiluvchi bog'lovchining o'z ma’nolari bilan aloqador. Masalan, agar shart va payt ma’nolarini beradi. Bog'lovchilar ma’nosi va gap semantikasi, juda ko'p holatda bog’lovchilaring o'zgarishi gaplararo o'zaro munosabatlaring qisman yoki butunlay buzilishiga olib keladi. Masalan, O‘qituvchi keldi, dars boshlandi qo'shma gapi turli bog’lovchi bilan bog'langanda har xil munosabatni yuzaga keltirishi mumkin. Jumladan: 1. О ‘qit1uvchi keldi, dars boshlandi. 2. О‘qituvchi keldi, chunki dars boshlandi. 3. О‘qituvchi keldi, shu sababli dars boshlandi. 4. О‘qituvchi keldi, natijada dars boshlandi va h.k.


Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra turlari. Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga qanday sintaktik munosabatda ekanligi nazarda tutiladi. Qismlari orasida funksional munosabatiga ko‘ra qo'shma gap har xil bo'ladi. S o'z qo'shilmasida, uyushiq bo'lakda bo'lgani kabi, gap orasidagi munosabat tenglik (birikish, zidlanish, ayirish) yoki tobelik tabiatida bo'lishi mumkin. Tenglik munosabati ko'p holatda faqat ohang bilan bog'langan qo'shma gap, yuklama bilan bog'langan qo'shma gap esa teng bog'lovchilar vositasida bog'langan qo'shma gap orasida ko'riladi. Bog'lovchi va yuklamaning ma’nosiga ko'ra qo'shma gap tarkibiy qismlari orasidagi munosabat: a) mo'tadil birin-ketinlik: Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi; b) uzilmas birin-ketinlik: Bahor boshlandi-yu, dalada ishlar qizidi, d) ayiruv: Goh уig'ladi, goh kuldi; e) zidlov: Keldi, lekin gapirmadi. Tortindi lekin kirdi. 1. Balki bu yo’llar o’z yo’lovchisidan zerikkandir ,yillar ham tolliqqandir ,ammo qahramonlarimizning na oyoqlari va na ko’zlarida horg’inlik , na harakatlarida ikkilanish seziladi.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə