Sintaktik aloqa ва муносабатлар



Yüklə 150 Kb.
səhifə15/20
tarix18.05.2023
ölçüsü150 Kb.
#111119
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-20 ona tili

Lug’aviy valentlik. Lug’aviy valentlik biriktiruvchi leksemaning ma‘noviy jihatdan o’ziga mos birikuvchilarni tanlashidir. Masalan, [hangra] leksemasi [qush] leksemasini o’ziga torta olmaydi, [qush] leksemasi [hangra] leksemasidagi birorta ham bo’sh o’ringa tusha olmaydi. Chunki ularda ma‘noviy muvofiqlik mavjud emas. Leksemalar bir-biriga ma‘noviy mos bo’lishi uchun ularning ma‘no strukturalarida o’xshash ma‘no bo’lakchalari - semalari bo’lmog’i lozim. [qush] leksemasi ma‘no tarkibidagi «sayray oladigan» ma‘no bo’lakchasi «sayramoq» leksemasida va «sayramoq» leksemasidagi «qushlarga xos» ma‘no bo’lakchaga qush leksemasida mavjud. Bu ularning birikma hosil qilishga asos bo’la oladi.
Leksemalarning valentliklari tor yoki keng bo’lishi mumkin. Masalan: [hangramoq] leksemasining nima? so’rog’iga javob bo’ladigan valentligi to’ldiruvchisi - [eshak] [xo’tik], [hangi] leksemadaridir. [kishnamoq] leksemasining bunday valentligini to’ldiruvchi unsurlar - [ot], [toy], [bedov], [saman] leksemalaridir. Ba‘zan birikuvchi yoki biriktiruvchi leksemalar ma‘nolari muvofiq bo’lmagani holda ular nutqda birikuvlar hosil qilishi mumkin. Masalan, artist hangradi kabi. Bunda endi me‘yoriy valentlik buzilgan holda namoyon bo’lib, ko’chma, obrazli ma‘no yuzaga chiqadi. Lekin bu sof nutqiy hodisa bo’lib, [hangra] va [artist] leksemalarining lisoniy mohiyatidan joy olmagan. Chunki [artist] leksemasining ma‘no tarkibi «san‘atkor», «qo’shiqchilik-teatrga» semalari bo’lib, unda «hangra» semasi yo’q, [hangramoq] leksemasi «eshakka xos», «ovoz chiqarish» ma‘no tarkibiga ega bo’lib, unda «san‘atkor», «qo’shiqchilikka xos» ma‘no bo’lakchalari mavjud emas.


Qo‘shma gap va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi.
Ikki yoki undan ortiq grammatik asosning mazmun, grammatik va intonatciyaga ko`ra birikishdan hosil bo`lgan gap qo`shma gap deyiladi.
Qo`shma gapning grammatik asosi ikki yoki undan ortiq gaplar bo`lib, uning qismlari mazmun va grammatik jihatdan, shuningdek, intonatciyaga ko`ra birikib, bir butunlikni tashkil qiladi.
Masalan: Quyosh jilmayib boqar va sarg`aygan ko`katlar kokilida shudring jilolanardi. (O`.Hoshimov) Bu qo`shma gap tarkibida ikkita grammatik asos bo`lib, ular orasida bir paytda ruy berayotgan voqea- hodisalar ifoda etilgan. Qo`shma gap qismlari esa zidlov bog`lovchisi yordamida o`zaro birikkan.
Qo`shma gap turlari.
Qo`shma gaplar, qismlarining o`zaro birikish usuli va semantik munosabatiga ko`ra, uch xil bo`ladi:
1.Bog`langan qo`shma gap; 2.ergashgan qo`shma gap; 3. Bog`lovchisiz qo`shma gap.
Qiyoslang: Iste`dod hamisha har xil bo`ladi, iste`dodsizlar esa hamma joyda bir xildir (e. Vohidov) Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna bo`lishi shart. Fan xalqqa suv- havodek zarur, uni taraqqiy ettirmagan mamlakat, shubhasiz, mustamlakaga aylanadi.
Keltirilgan misollarning birinchisi bog`langan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari esa yordamchisi vositasida o`zaro teng bog`langan; ikkinchisi ergashgan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari –ki aniqlov bog`lovchisi orqali ikkinchi qismni birinchi qismga tobelik yo`li bilan bog`langan; uchinchi gap bog`lovchisiz qo`shma gap bo`lib,uning qismlari o`zaro hech qanday bog`lovchi vositalarisiz- faqat intonatsiya (ohang) orqali birikkan.
Bog`langan qo`shma gap.
Qismlarning o`zaro teng aloqaga kirishuvidan tuzilgan gap bog`langan qo`shma gap deyiladi. Bog`langan qo`shma gap qismlari o`zaro biriktiruv bog`lovchilar (va, hamda), zidlov bog`lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog`lovchilari (yo,yoki,yoxud,dam..dam, goh-goxh ba`zan.. ba`zan, bir..bir), teng bog`lovchi vazifasidagi- da, -u (-yu), na..na yuklamalari, shuningdek bo`lsa esa yordamchilari vositasida bog`lanadi.
Shunga ko`ra bog`langan qo`shma gaplarni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1.Biriktiruv bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
2.Zidlov bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
3.Ayiruv bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
4.Teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
5.Bo`lsa, esa yordamchi so`zlar vositasida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
Biriktiruv bog`lovchilari (va, hamda; ba`zan shu vazifadagi ham yuklamasi) yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap tarkibidagi qismlardan bir paytda yoki ketma-ket ruy beradigan voqea- hodisalar anglashilib turadi.
Masalan: Haqiqat va to`g`rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmonga itoat qiladi va uning vijdoniga hech kim hokim bo`la olmaydi. Keng bog`dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi va uning yaproqlari nurga intilib o`sa boshladi. (U.Xoshimov.)
Zidlov bog`lovchilari (lekin, ammo, biroq, balki) yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap qismlari mazmunan bir-biriga zid bo`ladi. Masalan: har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilikda isrof bo`lmaydi. («Ajoyib nasihatlar».) Burni, qoshi, yana allaqaeri otasiga o`xshaydi, lekin Akbarov ham bir vaqtlar o`g`ilday ajinsiz, quyuq qora sochi bo`lganini tasavvur etish qiyin edi. (P.Kodirov.)



Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə