Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Adabiyotlar tahlili va metodologiya



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə125/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182
to\'plam tayyor

Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Har qanday profayling yoʻnalishida shaxsning verbal yoki noverbal signallari tahlil etilib, uning xulqi va tipologiyasini aniqlash mumkin. Buni axborotlarni kuzatish orqali aniqlash mumkin.
Psixologik axborotni oʻqish qobiliyati (mahorati) nafaqatkuzatuvchanlik va diqqatni mashq qildirish hamda psixologik kuzatish boʻyicha barqaror koʻnikmalar hosil qilishni, balki kinestetika (tana tili haqidagi fan)ning asosiy qonunlarini tushunish bilan bogʻliqdir.
Profaylerlarning oldiga qoʻyiladigan muhim talablardan biri ham shudir.
Dastlabki tana harakatlari tili atrofdagilar fikrini oʻqiy olish haqidagi nazariyani Allan Piz ilk bora fanga olib kirgan olim hisoblanadi. Uning fikriga koʻra, har qanday insonni soʻzlarsiz uning imo-ishorasiga koʻra tushunish mumkin. Inson ongi uning verbal muloqotini boshqaradi, noverbal muloqot esa ong osti bilan bogʻliqdir [4,91].
Biz soʻz yordamida tushunchani, gap orqali aniq maʼlumotlarni yetkazamiz, imo-ishoralar yordamida esa his-tuygʻularni ifodalaymiz, shuning uchun ham profayler uzatilayotgan yangi maʼlumotlarni toʻliq maʼnosini anglab yetishi uchun noverbal vositalardan foydalanishimiz zarur.
Profayler maʼlum bir shaxsning yuzidagi anglanishi qiyin boʻlgan mikromikani qayd etishi va anglangan toʻgʻri xulosa chiqarishni bilishi zarur. Profayling metodi ushbu muammoni xal etishga yordam beradi. Mikromimika – inson yuzidagi emotsional kechinmalarning tez, ongli nazorat qilinmaydigan holat hisoblanib, mikromimikaning davomiyligi 40-200 millisoniyani tashkil etadi. Mikromimikada ongli nazoratning boʻlmasligi insonning haqqoniy emotsional dunyosini ochib beradi. Mijozning ehtiyojlari va yoʻnalganligini hamda uning yolgʻonini fosh etishda mikromikaning ahamiyati katta.
Profayling metodida mikromimikani talqin qilishga oʻrgatuvchi bir qancha texnikalar ishlab chiqilgan. Toʻgʻri, turmushda mikromimikani anglab olish juda qiyin. Mikromimikani anglash uchun suhbatdoshga sinchiklab qarash zarur boʻladi, ammo bu ahmoqona koʻrinishdek tuyuladi. Lekin shunday boʻlsa-da, mikromimik holatni koʻra olish qiyin. Shuning uchun profayler quyidagi texnikalardan foydalanish lozim: 1. Fotosuratga qarash orqali mashq qilish; 2. Yuzdagi turli mikromimik oʻzgarishlarni oʻzida sinab koʻrish; 3. “Stop kadr” mashqi (transportda ketayotganda koʻchadagi insonlarning yuzlarini eslab qolish va qayta esga tushirish) [5, 121].
Shaxs psixotipini oʻrganishda vizual diagnostikadan keng foydalaniladi.
Profayling texnologiyasining asosida vizual psixodiagnostika yotadi. Vizual psixodiagnostika – insonning psixologik holatini kuzatuvchining uni tashqaridan idrok etishi asosida aniqlash (identifikatsiyalash)dir [1, 7]. Idrok etish muloqot jarayonining tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy psixologiyada batafsil koʻrib chiqilgan. Inson idrok etish jarayonini ochib berishi uchun inson obrazining va uning shaxsi haqidagi tushunchaning u bilan muloqot qilayotgan individda shakllanishi xususiyatlarini kuzatish kerak.
Vizual psixodiagnostika – bu inson psixologiyasini tashqi belgilariga asosan aniqlash usuli hisoblanadi.
Vizual psixodiagnostika tayanadigan asosiy prinsip bu inson psixikasi uning jismoniy tanasida namoyon boʻladi. Psixikani anglash qiyin, lekin tananing jismoniy harakatlarida uni tez payqash mumkin [2, 171].
Vizual psixodiagnostika psixologiyaning yangi mustaqil tarmogʻlaridan biri hisoblanadi. Vizul psixodiagnostikaning vazifasi shaxsning “ichki” psixologik tuzilmasini ochib berish maqsadida uning “tashqi” xulq-atvor xarakteristikasi va qiyofasini tadqiq etish orqali har bir kishining individual oʻziga xosligini va yashirin potensialini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashishdan iboratdir.
Ushbu muammoning dolzarbligi shundan iboratki, barcha ijtimoiy sohalarining rivojlanishida inson faktorining roli va ahamiyatining oshib borish sharoitida odamlar bilan ishlashning psixologik muammolarini hal etishda professional psixologlar xizmatidan foydalanish zarurati tugʻilmoqda. Tezkor adekvat metodikalar esa ushbu muammolarni yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Vizual diagnostika tezkor axborot davrida vaqtni tejash imkonini beradi.
Noverbal psixodiagnostika – insonni kuzatuvchi tomonidan koʻrib idrok etish asosida uning psixologik holatini aniqlash (identifikatsiyalash). Boshqacha aytganda, psixologik axborot toʻplashning qandaydir test yoki instrumental usullaridan foydalanmay turib diagnostika qilishdir. Shunday qilib, kuzatuvchining oʻzi – psixometrik asbob hisoblanadi va har qanday asbob singari muayyan tarzda kalibrlashtirilishi va sozlanishi lozim. Kuzatuv usuli bilan psixologik axborotni idrok etish va toʻplash xususiyatlarini bilish ana shunday sozlash hisoblanadi. Maʼlumki, kuzatuv – avvalo muayyan tarzda tashkil qilingan idrok boʻlib, u kuzatuvchi oldida turgan vazifa hamda koʻrib chiqilayotgan hodisaning mohiyati bilan bogʻliq, yaʼni kuzatuv maqsadga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə