Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


PROFAYLING METODI YORDAMIDA SHAXSNING XULQ-ATVORINI TASHQI BELGILARIGA KOʻRA INDIVIDUAL OʻZIGA XOSLIGINI PSIXODIAGNOSTIKA QILISH



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə124/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   182
to\'plam tayyor

PROFAYLING METODI YORDAMIDA SHAXSNING XULQ-ATVORINI TASHQI BELGILARIGA KOʻRA INDIVIDUAL OʻZIGA XOSLIGINI PSIXODIAGNOSTIKA QILISH
Asqarov Anvarjon Rahimjon og’li
Fargʻona davlat universiteti, oʻqituvchi
Turdimatov Jahongir
Fardu psixologiya yoʻnalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya: Profayling metodi kuzatish va maxsus soʻrov usuli yordamida xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan, noadekvat xatti-harakatga moyil shaxslarni aniqlash bilan birga, kriminalistika sohasida jinoyatchining psixologik portretini tuzish, maxsus yoʻnalish sohasida josuslarni va buzgʻinchi xoinlarni fosh qilish, aviatsiya sohasida “havfli” yoʻlovchilarni dastlabki tekshiruvda profayling texnologiyalaridan foydalanish, fan sohasida yuzdagi mikro ifodalar va emotsiyalarni talqin etishda keng qoʻllanilmoqda
Kalit soʻzlar: profayling, psixodiagnostika, vizual psixodiagnostika, noverbal diagnostika, shaxs dominantasi.
Kirish: Dunyo miqyosida profayling yoʻnalishi koʻplab sohalarda joriy etilmoqda. Profayling metodi kuzatish va maxsus soʻrov usuli yordamida xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan, noadekvat xatti-harakatga moyil shaxslarni aniqlash bilan birga, kriminalistika sohasida jinoyatchining psixologik portretini tuzish, maxsus yoʻnalish sohasida josuslarni va buzgʻinchi xoinlarni fosh qilish, aviatsiya sohasida “havfli” yoʻlovchilarni dastlabki tekshiruvda profayling texnologiyalaridan foydalanish, fan sohasida yuzdagi mikro ifodalar va emotsiyalarni talqin etishda keng qoʻllanilmoqda. Shuningdek, auditorlik profaylingi, HR profaylingi, bank yoki sugʻurta profaylingi, oilaviy profayling, raqamli va internet profaylingni jadal tadqiq etib borilmoqda. Shu nuqtai nazardan ham profayling xizmatini shakllantirish va rivojlantirish doirasidagi ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekistonning bugungi rivojlanish bosqichida ijtimoiy sohaga oid kadrlarni tanlash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlash, xalqaro standartlarga oid bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, fanning ilgʻor sohalariga oid kadrlarni tayyorlash muhim jihat hisoblanadi. Bu esa, mehnat bozoridagi zamonaviy kasblar mehnat jarayoniga oʻzgacha yondashuvni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, promouter, bayer, merchandayzer, kontent-menedjer, bannermeyker kasblari bilan bir qatorda profaylerlarga boʻlgan ehtiyoj davr talabiga aylangan.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə