Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Adabiyotlar tahlili va metodologiya



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə120/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   182
to\'plam tayyor

Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Iqtidorlilikning belgilari - bu iqtidorli bolaning real faoliyatida namoyon bo‘luvchi va uning harakatlarini kuzatish natijasida baholanuvchi xususiyatdir. Iqtidorlilik belgilari faoliyatni amalga oshirish darajasi bilan bog‘liqdir. Iqtidorlilik belgilarini muhokama qilishdan avval “xohlayman” va “qila olaman” tushunchalarini muxokama qilish kerak. SHuning uchun xam iqtidorlilik belgilari 2 ta muhim jixatni o‘zida mujassam etadi: instrumental va motivatsion.
Instrumental - bu uning faoliyati usulini xarakterlaydi.
Motivatsion - bola faoliyatining u yoki bu tomoniga, qolaversa, o‘z faoliyatiga munosabatini xarakterlaydi.
Iqtidorli bola hulqining instrumental jihati quyidagi belgilarda kuzatiladi:

  1. Faoliyatning max’sus strategiyalarini mavjudligi iqtidorli bolaning faoliyat uslubi, uning o‘ziga xosligi va samaradorligi bilan farqlanib turadi. SHunga muvofiq, faoliyat muvaffaqiyatining uni amalga oshirish strategiyasi bilan bog‘liq 3 asosiy darajasi ajratib ko‘rsatilgan:

  • faoliyatni tez o‘zlashtirish va uni amalga oshirishga muvaffaqiyat;

  • berilgan vaziyat echimini topish sharoitida faoliyatning yangi usullarini qo‘llash va yaratish;

  • Fanni chuqur o‘zlashtirish natijasida yangi maqsadlarni ilgari surish, voqelikka o‘zgacha nazar bilan yondashish.

Iqtidorli bolalar uchun ko‘proq 3 daraja xosdir.

  1. “Hamma narsani o‘zi qilish” ga asoslangan va iqtidorli bolaning o‘zini-o‘zi boshqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning o‘ziga xos individual uslubining shakllanganligi, faoliyat uslubining individualizatsiyasi faoliyat maxsulidagi g‘ayrioddiylik elementida aks etadi.

  2. Iqtidorli bolaning bilimi, ko‘nikmalari yuqori darajada bir tizimga solingan bo‘lib, bir tomondan, ko‘pgina ma’lumotlar yagona faktni ajrata oladi. Ikkinchi tomondan, xususiy xulosa tahlillaridan umumiy xulosa va tahlillarga osonlik bilan o‘ta oladi (induksiya, deduksiya).

  3. O‘zlashtirishning maxsus tipi. U yuqori tezlikda va osonlik bilan yoki sekin va qiyinchilik bilan o‘zlashtirishda namoyon bo‘lishi mumkin. Lekin bilim, tasavvur va kunikmalar strukturasining tez o‘zgarishi bilan xarakatlanadi.

Iqtidorli bola xulqining motivatsion jihati quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi:
1. Qoniqish xissi bilan kechuvchi predmetli faoliyatning muayyan bir tomoniga yoki shaxsiy faollikning aniq bir shakliga nisbatan o‘ta ta’sirchanlik;
2. U yoki bu fan yoki faoliyat sohasiga o‘ta qiziquvchanlik, qandaydir faoliyatga haddan ziyod e’tibor berish;
3. Bilim extiyoji va qiziquvchanlikning o‘ta yuqori bo‘lishi;
4. An’anaviylikdan qochish;
5. SHaxsiy faoliyat natijalariga haddan ziyod tanqid ko‘zi bilan qarash; oliy maqsadlargni qo‘ya bilish, komillikka intilish.
Iqtidorlilikni namoyon qiladigan psixologik xususiyatlar faqatgina iqtidorlilik bilan kechadigan belgilar sifatida ko‘rilishi lozim (ular iqtidorlilikni yuzaga keltirmaydi), shuning uchun yuqorida sanab utilgan belgilar faqatgina iqtidorni mavjudligini tahmin qilishimizga imkon beradi xolos.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə