Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA IQTIDORNING O’RNI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə119/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   182
to\'plam tayyor

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA IQTIDORNING O’RNI.


Asqarov Anvarjon Rahimjon o’g’li
Farg’ona davlat universiteti, o’qituvchi
Mutaliyeva Shaxlo Baxtiyorovna
Fardu Psixologiya yo‘nalishi 2- bosqich magistranti.
Annotatsiya: Ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash va kamol toptirish murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon hisoblanadi. Yoshlarni aqlan va jismonan barkamol, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash bugungi kunda muhim va dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda intellektual qobiliyat shakklanishida iste’dodning o’rni va ilmiy-psixologik mulohazalar haqida so’z boradi
Kalit so’zlar: Maktabgacha yosh davri, intellectual rivojlanish, iste’dod, qobiliyat, bolalar, ijtimoiy muhit, tarbiyachi, psixolog, mantiqiy fikrlash.
Kirish: Maktabgacha yosh davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bunda Maktabgacha yosh davrida hayot davomida kerak bo‘ladigan asosiy shaxsiy xususiyatlari ochiq ko‘rina boshlaydi. Mantiqiy xotira, nutq va tafakkur rivojlanadi. Lekin bu o‘zgarishlar barcha Maktabgacha yoshdagi bolalarda baravar rivojlangan bo‘lmaydi. Bolaning o‘ziga xos individualligi, yashash sharoiti, sog‘ligi, oiladagi psixologik-ma’naviy muhit va ko‘pgina boshqa omillar ta’sirida nafaqat jismoniy, balki psixologik, psixofiziologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘ziga xos tus oladi. Shu sababli ham har bir bolaning o‘quv faoliyatining samaradorligi har xil. Biz buni umumlashtirib qobiliyat deymiz. Haqiqatan ham, qobiliyat majmuaviy tushuncha bo‘lib, faoliyatni tez, yengil va muvaffaqiyatli bajara olish yoki o‘zlashtira olish imkoniyatlari yig‘indisi hisoblanadi. Lekin, aytilganidek, qobiliyat kishining bitta alohida xususiyati emas, yoki, boshqacha aytilsa, kishining u yoki bu faoliyatni yengil o‘zlashtirishi, yoki bajara olishi irsiy asosga ham, asab tizimi xususiyatlariga ham, ta’lim-tarbiya sharoitida shakllangan ko‘nikma va malakalarga ham va boshqa ijtimoiy shakllangan ko‘pgina xususiyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Sanab o‘tilgan omillarning har birining har qanday qobiliyatning shakllanishida albatta u yoki bu darajada hissasi bo‘ladi. Demak, qobiliyat deb ataladigan xususiyat shaxsning barcha imkoniyatlarini o‘zida birlashtiradi. Masalan, birgina chiroyli xusnixatga ega bo‘lgan bolani olsak, demak, uning qo‘l mushaklarining koordinatsiyasi boshqalarnikidan yaxshi bo‘lishi kerak, ikkinchidan, har bir yozilayotgan harfga diqqat qila olishi kerak, bola o‘z yozuvidan o‘zi zavq olishi va bundan ham jozibaliroq yozishni mashq qilib yurgan bo‘lishi kerak va h.q. Mana shunga o‘xshagan bolani qadimda xattotlikka o‘rgatishgan, hozir esa bu kasbiy sohani kalligrafiya deb atashadi. Shubhasiz, bu kasbda shuhrat qozonish uchun bizning misoldagi bola, boshqa boladan ko‘ra tezroq, osonroq va engillik bilan kasbning yuqori cho‘qqilarini egallaydi, kasbga oson va samarali o‘rganadi.
Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, bola u yoki bu qobiliyatga erishib, muvaffaqiyat qozonishidan ancha oldin, ma’lum bir faoliyatga nisbatan unda moyillik, intilish bo‘lishi kerak. Bu davrda masalan bola, men kalligraf bo‘laman, yoki, men estrada artista bo‘laman, deb ishonib, jiddiy ayta olmasligi mumkin. Ya’ni, bu davrda kishining moyilliklari o‘ziga aniq anglanilmaydi, u yoki bu faoliyat yoki ishni bilib, kelajakda aynan shu soha mutaxassisi bo‘laman, deb shug‘ullanmaydi. Lekin, agar o‘sha ish yoki faoliyat unta zavq bergan bo‘lsa, uning xavasini tobora ko‘proq o‘ziga tortayottan bo‘lsa va u shu faoliyatda muvafaqqiyatlarga erishayatgan bo‘lsa, atrofdagilarning e’tirofiga sazovor bo‘layotgan bo‘lsa, buni endi biz qobiliyat deymiz.
Ko‘p va uzoq vaqt bolada shu kabi mayl va intilishlarini ko‘rgan kattalar yoki ustozlari, bu bolada layoqat bor, bundan bir narsa chiqadi, deyishadi. Demak, layoqat, yoki mayllar anglanilmagan, ba’zan esa yuzaki anglanilgan motivlardir va shaxsning dastlabki yo‘nalishlarining xarakatlarida namoyon bo‘ladi.
Lekin mayillar, intilishlar, motivlar va layoqatlar hali qobiliyat emas, balki kelajakda shu yo‘nalishda yoki shunga yaqin bir sohada shakllanishi mumkin bo‘lgan qobiliyatlarning psixologik(g‘oyaviy) asosi, mazmuniy tomoni hisoblanadi.
Bulardan kelib chiqadiki, Maktabgacha yoshdagi oddiy bolada, aksariyat paytda, aynan qobiliyat emas, balki u yoki bu faoliyatga nisbatan havas, intilish yoki shug‘ullanishga moyillik bo‘lishi mumkin. Masalan, yozuvi chiroyli boladek, ba’zi bir faoliyatga aniq moyillik, intilish sezishi yoki havas, mayllarini namoyon etishi mumkin. Shundan kelib chiqadiki, qobiliyat bo‘lishi uchun, ya’ni biron-bir faoliyatni tez, engil va muvaffaqiyatli bajara olishi uchun, avval, kishida havas, intilishlar, moyilliklar bo‘lishi va so‘ng esa ko‘plab mashqlar bajarib, faoliyatni o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak. Masalan, bola musiqa asbobida bir-ikki kuyni aniq va chiroyli chalib berdi, yoki matematik masalalarni tez va chiroyli usulda echib, ustozidan maqtov oldi. Demak, qobiliyat keng ma’noda, faoliyatdan yutuqli chiqish quroli va har qanday muvaffaqqiyatning amaliy-psixologik asosi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə