Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


IQTIDORNING KO‘RINISHLARI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUXUSIYATLARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə122/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   182
to\'plam tayyor

IQTIDORNING KO‘RINISHLARI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUXUSIYATLARI
Аsqаrоv Аnvаrjоn Rаhimjоn о‘g‘li
Fаrg‘оnа dаvlаt universiteti, о‘qituvchi
Xomidov Abdullajon Adxam o’g‘li
Fаrg‘оnа dаvlаt universiteti
psixologiya yo’nalishi magistranti
Annotatsiya: har bir shaxsnining intellektual salohiyatini rivojlanishi va ko’rinishlarida iqtdorning o’rni muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada Iqtidorlilikni rivojlanish mezonlariga binoan turlarini ko‘rishimiz mumkin.
Kalit so’zlar: intellektual rivojlanish, iste’dod, qobiliyat, talent, bolalar, ijtimoiy muhit, psixolog, mantiqiy fikrlash.
Kirish:Zamonaviy konsepsiyalarda intelekt ko‘rinishlariga muvofiq, iqtidor ko‘rinishlari ham ajratilgan. Masalan, G.Gardner tomonidan namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra kinestetik, makon, mantiqiy-matematik, musiqiy, lingvistik va ijodiy iqtidor ko‘rinishlari ajratilgan. Myunxen tadqiqotlarida esa iqtidorning kognitiv omillardan xoliligi namoyish qilingan: intellektual, kreativ, ijtimoiy kompitentlik, musiqiy va sensomotor qobiliyatlar.
Iqtidorlilikda sifatiy jihatlar bilan bir qatorda miqdoriy jihatlarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Iqtidorlilikning sifatiy xarakterlarini tahlil qilish shaxsning u yoki bu faoliyat turida namoyon bo‘ladigan maxsus psixik xususiyatlari bilan bog‘liq. Iqtidorlilikning miqdor xarakteristikasini tahlil qilish insonning psixik imkoniyatlarini namoyon qilish darajasi bilan bog‘liq. Iqtidorlilikni quyidagi mezonlarga binoan turlarga ajratish mumkin:

  1. Faoliyat turi va uning psixik sohadagi o‘rniga ko‘ra turlari

  2. SHakllanganlik darajasiga ko‘ra turlari

  3. Namoyon bo‘lishiga ko‘ra turlari

  4. Turli faoliyat turlarida namoyon bo‘lishi kengligiga ko‘ra turlari

  5. Yosh davr taraqqiyoti xususiyatlariga ko‘ra turlari.

Faoliyat turlari va uning psixologiya sohalardagi o‘rniga ko‘ra turlari faoliyatning 5 turi va psixologiya sohalarining o‘zaro hamoxangligi doirasida ajratiladi. Asosiy 5 ta faoliyat turlari:

  • amaliy va nazariy (bilim);

  • badiiy-estetik;

  • kommunikativ;

  • ma’naviy-ahloqiy;

  • psixik sohalar: intellektual-emotsional va motivatsion-irodaviy

SHunga muvofiq, iqtidorlilikning quyidagi turlari farqlanadi. Amaliy faoliyatda sport, tashkilotchilik iqtidorni; bilim (nazariy) faoliyatlarda intellektual iqtidorni; badiiy-estetik faoliyatda xoreografik, sahnaviy, she’riyat, rassomchilik va musiqiy iqtidorni; kommunikativ faoliyatlarda eng avvalo, liderlik va attraktiv iqtidorni; ma’naviy-ahloqiy faoliyatda esa yangi ahloqiy qadriyatlar va insonlarga xizmat qiluvchi ma’rifatni yaratish iqtidorini ajratib ko‘rstish mumkin.
Iqtidorlilikning har bir ko‘rinishi o‘zida psixologiya sohalarining borini mujassamlashtiradi, biroq faoliyat turi xususiyatiga ko‘ra ularning darajasi har xil bo‘ladi.
Ushbu me’zon iqtidorga tizimli qarash imkonini yaratadi. SHu bilan birga faoliyat qobiliyatlarini namoyon qilish, shakllantirish vositasiga aylanadi. Bir xil iqtidor turi har bir individual shaxsda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
“Iqtidorning shakllanganlik darajasi” me’zoniga ko‘ra, yaqqol va potensial iqtidor turlarini ajratish mumkin.
YAqqol iqtidor - bu bolaning yosh va ijtimoiy qonuniyatlar bilan hisoblagandagiga nisbatan faoliyatni bo‘luvchi psixik taraqqiyotining erishilgan ko‘rsatkichini psixologik xarakteristikasidir. Bu vaziyatda keng qamrovli faoliyat turlari haqida gap ketmoqda.
Bunday iqtidor negizida bola talanti yotadi. Talantli bola - bu faoliyatni bajarishda ob’ektiv yangilik va ijtimoiy axamiyati darajasiga javob beruvchi natijalarga erishuvchi boladir. Talantli bola faoliyati o‘z ishining ustasi bo‘lgan ekspertlar tomonidan baholanadi.
Potensial iqtidor-bu bolaning u yoki bu faoliyat turida yuqori psixik imkoniyatlarga erishishni belgilovchi psixologik xususiyatlar bo‘lib, ayrim kamchiliklar tufayli ayni damda namoyon bo‘lmagan iqtidordir. Ushbu potensialning rivojlanishiga atrofdagi salbiy omillar ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin (nomaqbul oila noaniq motivatsiya, o‘zini boshqara olmaslik va boshqalar).
Potensial iqtidorni aniqlash uchun diagnostik metodikalarni qo‘llash va zaruriy choralarni ishlab chiqish ularning kelgusidagi taraqqiyoti uchun zamin hozirlaydi.
“Namoyon bo‘lish shakli” me’zoniga ko‘ra: oshkora va yashirin iqtidor turlari bor. Oshkora iqtidor bola iqtidorida xattoki noqulay sharoitlarda ham aytarli yaqqol va aniq ko‘rinib turadi. Bolaning intilishlari shunchalik ravshanki, uning iqtidoriga shubha qilishi mumkin emas. SHu bois bunday bolalar bilan ishlashda mutaxassislar qiynalmaydilar.
Yashirin iqtidor bola faoliyatida unchalik yorqin ko‘zga tashlanmaydi, ko‘pincha niqoblangan shaklda bo‘ladi. Natijada bola iqtidori haqida noto‘g‘ri xulosa chiqarishi mumkin. Hech kim xunuk o‘rdakchani kelajakda chiroyli oqqushga aylanishini oldindan ko‘ra bilmaydilar. Aynan mana shunday bolalar kelajakda yuqori cho‘qqilarga erishadi.
Yashirin iqtidorlilikning asosiy sababi to‘siqlarning mavjudligi bolaga iqtidorini namayon qilishiga to‘sqinlik qiladi. YAshirin iqtidor shakli o‘z tabiatiga ko‘ra murakkab fenomen sifatida namayon bo‘lishiga ko‘ra betakrordir. Ushbu iqtidor turini an’anaviy metodlar yordamida aniqlab bo‘lmaydi. YAshirin iqtidor egalarini o‘rganish uzoq jarayon bo‘lib, u kompleks metodlari bola xulq-atvorini tahlil qilishi natijasidan aniqlanishi mumkin.
“Turli faoliyat turlarida namoyon bo‘lish miqyosi” me’zoniga ko‘ra umumiy (yoki aqliy) va maxsus iqtidorni ajratish mumkin.
Umumiy iqtidor turli foliyat turlariga nisbatan munosabatda namoyon bo‘ladi va uning samardorligini ta’minlaydi.
Umumiy iqtidorning negizida o‘zida emotsional, motivatsion – irodaviy sifatlarni mujassamlashtirgan aqliy qobilyatlar yotadi. Umumiy iqtidor faoliyatda emotsional va mativatsion negizlarning sobitqadamligi va o‘zini – o‘zi boshqarish samaradorligining muvofiqligi orqali aniqlanadi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə