Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Nasriy matnlarda obrazlarning lingvopragmatik talqini



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə130/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182
to\'plam tayyor

Nasriy matnlarda obrazlarning lingvopragmatik talqini
Raximjonova Gulnoza
Mohro’y Muxtoriy
Farg’ona davlat universiteti o’qituvchisi
Abdullajonova Malika
Farg’ona davlat universiteti talabasi


Anotatsiya: Bugungi kunda badiiy matnni har ikki jihatini qamrab olgan yangi tahlil turi lingvopoetika doirasi tobora kengayib bormoqda. Badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq qilish nafaqat jahon tilshunosligi, balki o’zbek tilshunosligining ham dolzarb masalalaridan biriga aylangani ham sir emas.
Kalit so’zlar:lisoniy birliklar,obrazlilik,lingvopoetika,pragmatika,qahramon,badiiy obraz,lingvopragmatika,tilshunoslik,harakat,muloqot jarayoni, so’z qo’llash mahorati,tasviriy vositalar,uslub.
Kirish
“Pragmatika’’ (pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo’lib, u Sokratdan oldingi davrlarda ham qo’llanishda bo’lgan va keyinchalik uni J.Lokk E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o’zlashtirganlar. Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo’nalishi sifatida o’tgan asrning 60-70-yillarida shakllandi. Pragmalingvistikaning predmetini aniqlashga ilk bor ahd qilganlardan biri G. Klaus edi. U pragmatikani ”belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganuvchi’’ fan sifatida ta’riflaydi.
Shunday qilib, paragmatikaning unumiy ta’rifini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: paragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo’lib buning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo’llash hamda ushbu qo’llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’sir masalalari o’rganiladi.27
Tadqiqot maqsadi.
Badiiy asarlardagi qahramonlarimizning xatti- harakati, ularning o’ziga xos xususiyatlari, ma’naviy dunyosi,o’y-qarashlari til vositasida yetkazib beriladi. Asar tilining badiiyligi, ishonarliligi, yozuvchining mahoratini aniqlashda ‘albatta, lisoniy birliklarning ahamiyati juda katta hisoblanadi.Badiiy asarlarda o’zakdosh so’zlarning qo’llanilishi tasvirdagi ekspressivlikni oshirishda yaqqol ko’zga tashlanadi.Mahoratli adib Cho’lpon asarlarida bunday misollarni ko’plab uchratish mumkin. Masalan, o’zbek tilida o’ranmoq, burkamoq, chulg’amoq, chirmamoq tarzidagi ma’nodosh so’zlar qatori mavjud bo’lib, burkamoq so’zida o’ramoq so’ziga nisbatan o’rash belgisi anchayin ortiq, ya’ni uning ma’no qurilishida” hech bir ochiq joyni qoldirmay” degan qo’shimcha ifoda semasi mavjud. Shuning uchun ham ushbu parchada Cho’lpon tegishli mazmun ifodasi uchun o’ramoq so’zini emas, balki ayni burkamoq so’zini tanlash orqali tasvirdagi aniqlik, va ekspressivlikni oshirishga muvaffaq bo’lgan: Hali tuzuk- quruq odam qatoriga kirib etmagan bu qizchani katta xotinlarning oriyat paranjisiga burkanganlar, paranjisining uzun etaklari katta bir tugundek uning qo’ltig’ini to’lg’azardi28. Shuning uchun ham mazkur o’rindagi birliklarni sinonimi bilan yoki boshqa biror so’z bilan almashtirib bo’lmaydi. Almashtirsa asar badiiyatiga putur yetadi.
Yana bir taniqli so’z ustasi A. Qohhorning bir hikoyasi “Anor” da mana bu misolga e’tibor beramiz: “- Yo qudratingdan, indamaydi- ya!- dedi Turobjon keltirgan matoini titkilab – mana chaynab ko’r! Ko’rgin, bo’lmasa innaykiyin degin…29

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə