Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Tadqiqotni tashkil qilish uslublari



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə131/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   182
to\'plam tayyor

Tadqiqotni tashkil qilish uslublari.
Matnni tahlil qilishda aynan narsa so’zi emas, balki atayin mato so’zi qo’llangan. Narsa so’zi uslubiy jihatdan xolis, mato so’zi esa ayni ma’nosi bilan xolis emas, yani unda kamsitish bilan bog’liq ma’no qirrasi mavjud, bu ma’no qirrasi titkilab fe’l shakli bilan yana ham ta’kidlangan. Anorga boshqog’i bo’lgan va erining anor olib kelishini intiq kutib o’tirgan xotin nazarida, bu-ku arining uyasi- mumli asal ekan, toza asalning o’zi ham narsa emas faqat mato. Hikoyaning umumiy intonatsiyasi, voqea rivoji ayni o’rinda mato so’zini boshqa sinonimi bilan almashtirishga imkon bermaydi.Katta mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo’lgan, tayyor ma’nodosh so’zlardangina foydalanib qolmasdan, badiiy tasvir ehtiyojiga ko’ra ma’nodosh bo’lmagan so’zlarni ham shunday qo’llaydilarki, bu so’zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so’zlar kabi idrok etiladi. Masalan: Kechagina qarg’ab, so’kib, “o’ldirsam!” deb yurgan kundoshini o’pib , quchoqlab, silab- siypab bir nafasda ikkalasi “qalin do’st” bo’lgan emishlar(Cho’lpon). Bu o’rinda ijodkorimiz sinonim bo’lmagan so’zlarni matnda ketma- ket qo’llab kontekstual sinonimlarni vujudga keltirgan va qahramonlarimizdagi xususiyatlarni bo’rtirganligini ko’rishimiz mumkin.
Biz bilamizki, badiiy asar voqealarini so’zlab beruvchi odam yozuvchining o’zi bo’ladi Peysaj tasviri va qahramonlarning qiyofasi, fe’l – atvori, ularning ruhiy holati, ma’naviy takomili hamda ularning ongidagi ro’y bergan o’zgarishlar muallif ya’ni hikoyachi nutqida xolis bayon shaklida keltiriladi. Badiiy asar tilining qiziqarli, ta’sirchan bo’lishi til birliklarining tog’ri tanlanishi, matn mazmuniga mos kelishi muallif- hikoyachi nutqiga bog’liq. Masalan:” Saratonning ikkinchi kuni… Marg’ilonning shimolida bo’lgan B… mahallasining kunchiqar tomonida janubga qarab burulg’on tor ko’chaning yuqori burchagida otining tizginini ushlagan holda bir yigit, kiyimiga o’lturgan chang- to’zonlarni qoqar edi. Yigitning uzoqqina yo’ldan kelganligi, uning kiprik va qoshlariga, ham endigina chiqa boshlag’an saqol- murtlariga o’lturgan to’zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshli chamasida bo’lgan bu yigit sariq tanlik, ukkining ko’ziday chaqchayib, o’ynab yonib turgan qizil ko’zlik, yuziga parchinlangandek yuza ( puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqariga o’sib chiqqan bo’lsa, yuzi o’shancha ichkariga ketgan qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolgan bir mahluq edi. (A. Qodiriy.) Yana bir ijodkorimiz Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasidagi Nizomjonning otasi Inoyat oqsaqol ham bunga yaqqol misol bo’la oladi.Ushbu oqsoqolimizning g’alati odatlari bo’ladi. U ko’pchilikka o’zini saxovatli, xayrli ishlarga ixlosmand qilib ko’rsatadi.U devonaga yo’liqib qolsa, to odamlar o’tib ketguncha kissasini kovlab devonani umidvor qilib turaveradi. Odamlar o’tib ketgandan keyin egnidan nosqovog’ini olib bir chekimni tilining tagiga tashlab ketaveradi. Uni bilmaganlar, Oqsoqol ko’p saxovatli- da deb o’ylashadi. Yoki kuniga yarab turgan eshagini ham yolchitib boqmasdi. Faqat kechqurun oldiga cho’p tashlaydi. Ko’p ovqatga o’rgansa, dangasa bo’lib ketadi derdi. Bozorga borganda oldiga beda tashlangan bironta eshakning qozig’iga bog’lab qo’yadi.Said Ahmad qishloq ahli nomidan unga Jinoyat oqsoqol deb nom qo’yadi. Bu esa personajimizning turgan bitgani gunoh: odamlarning ranjitishi, qilmishlarining hammasi g’irromlik, dil ozorligi, uni qanday insonligini ochib berishda, obrazli tarzda yaratishda misol bo’la oladi.
Demak, har qanday nutqning yozma shakli matn tushunchasini bildirar ekan, har qanday matnda lisoniy birliklarni muloqot jarayonida, badiiy asarda to’g’ri, o’rinli qo’llash va ushbu qo’llanilgan lisoniy birliklar muloqot ishtirokchilariga ta’sir etishi matnning pragmatik xususiyatlarini ko’rsatadi. Shu jihatdan matn tahlilida pragmatikaning o’rni beqiyosdir.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə