Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Tadqiqot natijalari va muhokamasi



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə132/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   182
to\'plam tayyor

Tadqiqot natijalari va muhokamasi.
Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlaridan biri bo’lgan lingvopoetika sohasining takomili natijasida uning yangi qirralari ham kashf etilmoqdaki, bu nafaqat so’zni balki grammatik vositalarning ham o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini e’tirof etishga yo’l ochmoqda. Xususan tadqiqotchi A.Toshpo’latov nisbat kategoriyasi oid tadqiqida Bu pulga hech narsa bermaydi. Va bu pulga hech narsa berilmaydi jumlalarining nisbat shakllari o’zgarishi bilan kutilmagan pragmatik tus ham vujudga kelishini , ya’ni har ikkisida ham sub’ekt noaniq bo’lsa-da, nisbat shaklining qo’llanishi uning yanada bo’rttirilib ko’rsatilishiga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlagan edi. Shu ma’noda lingvopoetik tallil jumladagi so’z yoki boshqa lingvistik vositalarning pragmatik talqinini namoyon qiladi. Bunday qarash badiiy asar til materiallarini til yoki adabiyot ilmi nuqtai nazaridan yana bir yangicha yondashuvni, ya’ni lingvopragmatik tadqiqning yuzaga kelayotganini ko’rsatadi. Turli xil lisoniy vositalar - okkazionalizmlar, gapni murakkablashtiruvchi vositalar, muayyan fonetik hamda leksik vositalarning Tog’ay Murod nutqidagi stilistik imkoniyatlarini boshqa adiblar nutqi bilan qiyoslab kuzatish orqali ularning badiiy uslubni individuallashtirishdagi o’rni yorqin dalillar orqali isbotlashga harkat қilingan.30 Bulardan ko’rinadiki, badiiy matnni jonlantirishda badiiy vositalar bilan bir qatorda lingvistik vositalar ham muhim rol o’ynaydi. Xususan,Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidan olingan “Ko’plar og’izlari bilan tingladilar” shaklidagi matn mantiqsiz hisoblanadi, chunki tinglash uchun “qurol” og’iz emas, balki quloqdir. Ammo Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidan olingan parchada bu jumla betakror badiiy obraz tasviriga aylangan.O’tirganlar bir seskanib oldilar - Qanaqa pul, taqsir? – dedi Matxoliq amin. Hammaning ko’zi uning og’ziga tikilgan edi, undan keyin hamma ko’zlar birdaniga mingboshi tomonga burilib, uning og’ziga osildilar. Ko’plar og’izlari bilan ham tingladilar. Ijodkor noxush va shum xabarni hayronlik va chorasizlik ichida og’izlari ochilib qotgan ko’yi eshitmoqning badiiy rasmini shu tarzda chizgan. Yana bir o’rinda mahoratli yozuvchi Cho’lpon Zebining bor vujudi bilan tinglaganin chizmasini chizadi. Ikkala xotin ovozlarini picha ko’tara tushub xotinlar qiy-chuv orasida suhbatda bemalol davom etdilar, Zebining qulog’i ham go’yo derazaga osilib qoldi.31
Xulosa.
Shunday qalami o’tkir ijodkorlardan biri Abdulla Qahhordir. Uning ixcham hikoyalaridagi tasvir xuddi bir so’z bilan tasvirlanadi. Uning “To’ydagi a’za” hikoyasida Muxtorxon domla uylanayotgan qizga ,– kelin, darhaqiqat, yosh, lekin xuddi qiziqchilikka semirganday yum- yumaloq; egnida yengsiz qizil ko’ylak, boshida po’pishakning tojiga o’xshagan, lekin qizil shlyapa; qo’lidagi sumkasi, oyog’idagi poshnasi bir qarich tuflisi ham qizil. Uni adovat va nafrat bilan boshdan ayoq kuzatgan ayollardan biri, burilib ateledan chiqib ketar ekan: Xo’rozqandga o’xshamay o’l!32- deydi. Shu lisoniy birlik xo’rozqand so’zi yuqorida tasvirlangan yosh kelinning tasviriy chizmasini chizish uchun juda mos tanlangan.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə