Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə140/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182
to\'plam tayyor

Publitsistika so’zi lotincha so’z bo’lib, “ijtimoiy” yoki “xalq”, “ijtimoiy xalqchil” degan ma’noni bildirgan35.
Publitsistika — davrning ijtimoiy-siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. Publitsistikaning vazifasi ijtimoiy fikr uygʻotish va uni shakllantirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli fakt maʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari publitsistikaning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ong qarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning , yaʼni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifodalash tamoyili ham oshdi. Publitsistika fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari paydo boʻlmoqda.
Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham publitsistikaga kiradi. Publitsistika janr jihatidan voqeiy-informatsion ya’ni xabar, reportaj, hisobot , tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik ya’ni ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi turlarga boʻlinadi. Publitsistika hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ijtimoiy publitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. Publitsistika ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. Publitsistikaning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. Publitsistika janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan namoyon boʻladi.
Publitsistika so‘z san’ati, obrazli tasavvurlarga tayanib ijtimoiy fikrga ta’sir etuvchi ijod turi deyish bilan birga publitsistikaning oshkoralik bilan ham chambarchas
bog ‘liqligini aytib o ‘tish kerak. Demak, publitsistika faqat axborot emas, balki muammolar tahlili, hayotiy faktlarni o ‘rganish xususiyatlariga ega bo‘lgan ijod turi.
Publitsistik matnlarni janriy tasniflash, ya’ni materiallarni janrga ko‘ra farqlash masalasida lug‘atga murojaat qilamiz. Uzoq vaqtgacha har bir janr o‘z xususiyati va sifatiga egaligi e’tirof qilib kelingan. Janrlar ob’yektiga ko‘ra tasniflangan. Aksariyat hollarda publitsistika o b ’yekti sifatida real voqelikning fakt va hodisalari xizmat qilgan. Masalan, xabarda fakt-tafsilotlar yoritiladi.
Publitsistikaning bu fazilatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllandi, rivoj topdi. Chunki publitsistika xalqimiz tarixida ancha qadimdan ma’lum. Publitsistika xususiyatlarini Norali Ochilov yozganidek, “Qobusnoma”da, Alisher Navoiy ijodida uchratamiz. Masalan, Navoiyning “Majolis un nafois”, “Munshaot” asarlarida ko‘ramiz. A.Navoiyni o ‘zbek badiiy publitsistikasining asoschisi deb atashimiz adolatdan
boMadi.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda milliy jurnalistikada katta o’zgarishlar
sodir bo‘ldi. An’anaviy sharhlash jurnalistikasi o‘rniga yangiliklar jurnalistikasi
paydo b o ‘ldi. Natija, publitsistik janrlar informatsiya, ya’ni axborot janrlariga
ko‘proq o‘rin bera boshladi.
Bibliography.
1 O ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T., 2004, 7-jild, 194-bet
2. To'rtinchi hokimiyat. Четвертая власть. Т., 2003, 7 bet.
3. Tojiyev YO. Va boshqalar. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari.-T., 1994 , 72-bet
4. Main features of language learning strategies. A.Kosimova- Eurasian Journal of Academic Reasearch, 2022. 1247-1249 b
5. ДРАББЛЛАР – КИЧИК ҲАЖМЛИ ЭПИК ЖАНР. Educational Research in Universal Sciences, 2023. 329-332 b



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə