Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


NUTQIY KO‘NIKMANI O‘STIRISHDA MATNDAN



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə138/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   182
to\'plam tayyor

NUTQIY KO‘NIKMANI O‘STIRISHDA MATNDAN
FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI
ЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТЕКСТА ДЛЯ УЛУЧШЕНИЯ РАЗГОВОРНЫХ НАВЫКОВ
EFFECTIVE WAYS TO USE TEXT TO IMPROVE SPEAKING SKILLS
Maripova Gulsora Zikriyoxonovna FarDU, o‘qituvchi
Марипова Гулсора Зикриёхоновна ФeрГУ, преводаватель
Maripova Gulsora Zikriyoxonovna, teacher
Annotatsiya:
Ushbu maqolada chet tili o‘qitishning interaktiv usullari yoritilgan. Maqolada talabalar nutqiy ko‘nikmalarini o‘stirishda matndan foydalanishning turli usullari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Matn bilan ishlash jarayoni va uning samarasi maqolada o‘z aksini topgan.
Annotation:
There are teaching of integration of foreign language skills in this article. Different methods of using text for increasing of students’ speaking skills are spoken. The process working with text and its results are defecated in this article.
Аннотация:
В этой статье есть обучение интеграции владения иностранным языком. Разговариваются разные приёмы использования текста для повышения речевых навыком учащихся. Процесс работы с текстом и его результаты описаны в этой статье.
Kalit so‘zlar: nutqiy ko‘nikma, mustaqil fikrlash, qobiliyatni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, grammatik qoidalar, ijodiy fikrlash.
Keywords: speaking skills, independent thinking, ability development, vocabulary development, grammar rules, creative thinking.
Ключевые слова: разговорные навыки, самостоятельное мышление, развитие способностей, развитие словарного запаса, грамматические правила, творческое мышление.
Nolisoniy fakultetdagi talabalar nutqini o‘stirishda turli xil dars usullaridan foydalanish mumkin. Bu borada darsning samaradorligini oshirish maqsadida ko‘prok ularni mustaqil fikrlashga va so‘zlashga o‘rgatib borish yaxshi samara beradi. Buning uchun chet tili darslarida ixtisosligiga mos keladigan matn tanlab , shu matn asosida ishlashga o‘rgatiladi. Chunki, talabalarning nutqiy ko‘nikmalarini oshirishda matn bilan ishlash yaxshi samara beradi. Masalan, avval talabalar matnning sarlavhasi bilan tanishadilar. So‘ngra ular matn asosida so‘zlar lug‘atini ishlab chiqadilar va shu so‘zlar ishtirokida qisqacha matn tuzadilar. Ular so‘zlar bilan ishlash usullarini qo‘llab berilgan so‘zlarni izohlashlari, ular yordamida so‘z birikmalari tuzishlari hamda ular ishtirokida dialog tuzishlari ham mumkin. Eng asosiysi matnni tarjima qilishda lug‘atlardan foydalanadilar, undan tashqari so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini izohli lug‘atlardan topishga harakat kiladilar. Bu ish talabalarning lug‘at bilan ishlash malakasini oshirish imkonini ham beradi. Matn bilan ishlashda talabalarga matnga doir rasm berib, ana shu rasm asosida matn tuzishlari mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tiladi yoki matn absazlarga bo‘lingan holda talabalarga tarqatilib, ularni tartiblash va to‘g‘ri matn holatiga keltirish talab qilinadi. Ushbu mashqlarni bajarishda talabalar bevosita guruh bo‘lib ishtirok etadilar. Bu usul darsning qiziqarli ruhda o‘tishini ta’minlaydi. Musobaka talabalardan faollikni talab etadi. Ular topqirlik va zehn bilan ishlashga urinadilar. Musobaka shartlaridan biri matn bo‘yicha imkon kadar ko‘p savollar tuzish va savollarga tezlikda javob topishdir. Musobaqa usuli talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stiradi. Matn ustida alohida bo‘lib ham ishlash mumkin, bunda talabaga matndan ayrim so‘zlar beriladi, u ana shu so‘zlar ishtrokida gap tuzadi va ana shu so‘zlar izohini ham berishi mumkin. Ikki kishi bo‘lib matn ustida ishlaganda matnga doir dialog tuzadilar, yoki savol-javob o‘tkazadilar. Matnga doir poster tayyorlab uni taqdimot tariqasida bayon etishlari ham mumkin.
Matndan foydalanish davomida talabalar bevosita grammatik qoidalarni o‘rganib olish imkoniga ham ega bo‘ladilar. Matnda gap bo‘laklarini topishlari va matnda fe’l qaysi zamonda kelayotganligini, bundan tashqari boshqa so‘z turkumlarini ham matnni o‘qish davomida o‘rganib olishlari mumkin. Matndagi gaplar qanday bog‘langanligini aniqlash, ulardagi umumlashtiruvchi so‘zlarning ishlatilishini izohlash va boshka shunga o‘xshash mashqlarni bajarish taklif etiladi. Ayni paytda guruhlarni bilim darajasini hisobga olgan xolda matn tanlashga ham alohida e’tibor berish darkor. Bilim darajasi pastroq guruhlarda tasviriy matn ustida ishlasak, bilim darajasi yuqoriroq guruhlarda tasviriy xamda mulohaza turdagi matnlardan ko‘prok foydalanamiz.
Matn ustida ishlash talabalardagi ijodiy fikrlash qobiliyatini ham shakllantiradi, chunki talabalar o‘qiyotgan matnlarini mazmunan tushunib borishadi va matndagi jumlalardan muloqot davomida foydalanishga harakat qiladilar. Jumlalar tuzish va ularni bevosita amalda qo‘llashda talabalar matnlardan unumli foydalanadilar, binobarin ular matnlarni o‘qib, ularni mantiqan tushunib, fikrlab kerakli vaziyatda ularni muloqotga tatbiq etadilar.
Har bir matn ustida ishlash va ulardan dars davomida yetarlicha foydalanish o‘qituvchining ijodkorlik faoliyatiga bog‘liq. Turli mavzudagi matnlardan turlicha topshiriqlar tayyorlash va ularning darslarda qo‘llash mashg‘ulotlarni qiziqarli va mazmunli o‘tishiga zamin yaratadi. Matnlar bilan ishlashda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri mashqlarini ham bajarish mumkin. Bunda matndan ayrim gaplar beriladi. Bu gaplar matnda berilganmi yoki yo‘qmi shuni talabalar belgilashlari kerak. Bu mashq orqali talabalarning matn mazmunini qanchalik tushunganliklari bilish mumkin. Bundan tashqari matndan ayrim gaplar beriladi. Gaplar to‘liq holda emas balki yarmi beriladi, gaplarning qolgan qismi esa aralash holda beriladi. Talabalarning vazifasi to‘liq bo‘lmagan gaplarni qolgan qismini topish va gapni to‘liq holatga keltirishdir. Ushbu mashqlar talabalar yozish ko‘nikmalari bilan bir qatorda ularni og‘zaki nutqlarini o‘stirishga ham ko‘mak beradi. Mashqlarni bajarish jarayonida talabalar matndagi har bir gapni tushuna olishlari kerak bo‘ladi va matni qisqacha mazmunini so‘zlab berishlari lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki matn bilan ishlash jarayonida xilma-xil topshiriqlar berish ya’ni kommunikativ xarakterdagi mashqlarni grammatik mashqlar bilan almashtirish kabi ish turlari talabalarda amaliy nutq ko‘nikmalarini hosil kilish hamda fikrni bog‘liqli matn tarzida bayon etish malakasini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida talabalarga o‘rganayotgan tillarida bemalol muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə