Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN ERTAKLARNI O‘RGATISHDA MNEMOTEXNIKANING JADVAL USULIDAN FOYDALANISH



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə141/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   182
to\'plam tayyor

1-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN ERTAKLARNI O‘RGATISHDA MNEMOTEXNIKANING JADVAL USULIDAN FOYDALANISH
Usmonova Odinaxon Sobirovna
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim tizimida dolzarb masalallardan biri bo‘lib kelayotgan maktab o‘quvchilarining bilim samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan mnemotexnikaning jadval usulidan foydalanish haqida fikr mulohazalar bildirilgan. Mnemotexnikaning jadval usulidan ertaklarni o‘rgatishdagi samarali usullari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: mnemotexnika, mnemojadval, mnemorasm, mnemonika, ertak, ertak qahramonlari, xotira, oson eslash, o‘rganish, jadval.
KIRISH.Mnemonikaning kelib chiqishi qadimgi Yunonistonga bog‘liq. Faylasuflar va mutaffakkirlar xotiraning his-tuyg'ularga bog'liqligini aniqladilar. Voqea qanchalik ko'p his-tuyg'ularga sabab bo'lsa, u inson xotirasida shunchalik uzoq davom etadi. Mnemonika va xotira rivojlanishi bir-biri bilan bog’liq. Ilgari, ushbu texnika yordamida matnning bog'langan jumlalari yodlangan bo'lsa, endi texnika har qanday murakkablikdagi ma'lumotlarni eslab qolish imkonini beradi.
ASOSIY QISM.Ushbu maqolada 1-sinf o’quvchilari uchun ertaklarni o’rgatishda bolalarning sevimli ertaklarini mnemotexnikaning mnemojadval usulidan foydalanib tahlil qilib chiqamiz.

Bo‘g‘irsoq ertagi uchun mnemojadval
Bu jadvalda ertak qahramonlari tasvirlangan. Ushbu rasmlarga asoslanib, siz "Bo‘g’irsoq " ertakini yaratishingiz mumkin. O‘qituvchi tomonidan ertak matni to‘liq tanishtirilgandan so‘ng mnemojadvaldagi rasmlar ketma-ketligidan foydalanib ertakni qayta hikoya qilib berishlari mumkin.
Ertak -Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim zamonda chol va kampir bo‘lgan ekan. Bir kuni chol kampiriga qarab:-Menga bo‘g‘irsoq pishirib ber,-debdi.
-Unimiz yo’q-ku. Bo’g’irsoqni nimadan pishirib beraman? - debdi kampir.
-Suprani qoqib-sidirsang, bo‘g’irsoqqa yetadigan un yig’ilib qoladi, — debdi chol kampiriga… Ertakni o’quvchilar rasmlarga qarab shu tariqa davom etaverishadi. 1-sinf o’quvchilariga bu ertak o‘qituvchi tomonidan tanishtirilgach, oldin mnemojadvalni taqdim etiladi va bolalar har bir rasmga qarab voqealar ketma-ketligini eslab olishlari mumkin.

"Sholg'om" ertagi uchun mnemojadval
Ushbu mnemojadvaldan "Sholg'om" ertagini yaratishingiz mumkin. O’qituvchi tomonidan ertak matni to‘liq tanishtiriladi va o‘quvchilar mnemojadval orqali davom etishlari mumkin:
Ertak-Bir bor ekan, bir yoq ekan, qadim zamonda Bobo sholg‘om ekibdi. Sholg‘om kattakon bo‘lib, o‘sib yetilibdi.Bobo sholg‘omni tortib olgani boribdi. Tortib, tortib, yerdan tortib ololmabdi. Shunda bobo buvini yordamga chaqiribdi...Ertak shu tariqa davom ettiriladi.


Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə