Sirtqi fakultet


Mehnat va ish haqi hisobi



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə5/8
tarix16.05.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#110519
1   2   3   4   5   6   7   8
4.Mehnat va ish haqi hisobi

Xodimlar bo‘limida: xo‘jalik yurituvchi subektlarning xodimlari tarkibi, ularni ishga qabul qilish, bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish hamda ishdan bo‘shatish jarayonini hujjatlashtirish, ishchi va xizmatchilarga mehnat ta’tili berish tartibi bilan tanishdim.


Tabelni yuritish bo‘limida: mehnat vaqtini tabelda hisobga olish, ishyuritish tartibi, xodimlarning ishga kelishi, ketishi va mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish tizimini o‘rgandim.
Mehnat haqini hisoblash va xodimlar bilan hisoblashish bo‘limida: qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlari, ishlab chiqarish me’yorlari, vaqt me’yorlari, yagona tarif setkasi hamda xo‘jalik yurituvchi subektning ish haqi fondi, foydasi (daromadi) hisobidan to‘lanadigan harakatdagi mukofotlash tizimi bilan tanishdim.
Buxgalteriyada va hisoblash markazida quyidagilarni o‘rgandim:

Ishchilarga ishlab chiqargan mahsulot (ish va xizmat)lar uchun haq, qo‘shimcha haqlar, bo‘shqolgan vaqt, smenadan ortiqcha ishlashni xisobga olish yuzasidan rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlarni qabul qilish, guruhlash va qayta ishlash tartibini;

Mehnat ta’tili, jamoat ishlarini bajargan va boshqa ishlanmagan kunlar hamda soatlar uchun haq hisoblashni;

Ishchi va xizmatchilarga berilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hamda mehnat haqidan ushlab qolinadigan turli ushlab qolishlar tarkibini hisob-kitob qilish tartibini hujjatlashtirishni;



Hisoblashish-to‘lov qaydnomalari, xodimlarning hisob-kitoblari bo‘yicha shaxsiy schotlarini tuzish va ulardan foydalanishni.
Mehnatga haq to‘lash tizimi hamda deponentdagi mehnat haqini hisobga olish, mehnat haqining sintetik va analitik hisobi, mehnat haqi yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar tartibini o‘rgandim.
Mehnat haqidan soliqlar, ushlanmalar va ijtimoiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanganligini o‘rgandim. Dastlabki hujjatlar asosida ish haqi va turli mukofotlar va qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘ri to‘langanligini o‘rgandim.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi boshlang‘ich hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi va buxgalteriya ikki yoqlama yozuvlari o‘rganiladi.
Ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ariza;
Ishga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq;
Shaxsiy varaqa;
Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq;
Ish vaqtidan foydalanish hisobi tabeli;
Ishlab chiqarish hisobi vedomosti;
Sifatsiz mahsulot to‘g‘risida dalolatnoma;
hisoblashish - to‘lash vedomosti;
hisob vedomostlari; - to‘lov vedomostlari;
Mazkur korxonada kasallik varaqasiga muvofiq nafaqa hisoblashdan misol keltiring; ishchiga, muhandisga, hisob xodimlariga ta’til pulini hisoblang;
Buxgalteriyada 2-3 xodimlarga mehnat haqi hisoblash va undan soliq hamda boshqa ushlanmalarni hisoblash, mehnat ta’tili vaqtiga va jamoat ishlarini bajargan vaqtiga ish haqi hisoblash, bunda o‘rtacha ish haqini hisoblash va qo‘lga tegadigan mablag‘summasini 4-5 holatlarda hisoblab ko‘rdim.
Jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko‘plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to‘lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag‘batlantirishni korxonalar mustaqil o‘zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o‘z ichiga oladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar bo‘yicha dividend va foizlar tarzida boshqa manbalardan daromad olish imkoniyatini berdi.
Har Bir xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan holda, uning qo‘shgan hissasi bilan aniqlanadi, soliq bilan tartibga solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Daromadlarni indeksatsiya qilish va pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan aholi zararlarini qoplash ijtimoiy kafolatdagi yangilik bo‘lib hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab - quvvatlashda ijtimoiy sug‘urta, pensiya fondi, bandlik fondi va boshqa davlat budjetidan tashqari fondlari alohida o‘rin egallaydi. Ularning tashkil etilishi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha budjetdan tashqari fondlar maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa manbalar hisobidan tashkil etilib, davlat budjetidan ajralgan holda faoliyat ko‘rsatadi va muhim ijtimoiy tadbirlar va rejalarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar buxgalteriya hisobi schotlarining 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» passiv schotida yuritiladi. Mehnat va unga haq to‘lash hisobi korxonaning hisob tizimida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to‘lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo‘shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish;
hisoblangan ish haqi va sug‘urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schotlariga o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri o‘tkazib borishni ta’minlash;
boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni operativ yig‘ish va guruhlash;
ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi va ish vaqtidan foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat.

Mehnatga haq to‘lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to‘lashni tashkil etish biri-biriga bog‘liq bo‘lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to‘lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to‘lash shakllari bilan aniqlanadi.


Ishchilar mehnatiga haq to‘lashda tarif setkasi asos bo‘lib hisoblanadi. Tarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to‘lash shakli va mazkur sohaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Tarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;
- haq to‘lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko‘rsatuvchi tarif setkasi;
- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to‘lanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsientiga, qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo‘ladi. Tarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq to‘lash shakli, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, rag‘batlantirish to‘lovlari, kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.
O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-sonli qarori bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi qabul qilingan bo‘lib, unda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razradlar va 0-razradga nisbatan tarif koeffitsientlari belgilangan. Tarif stavka va okladlar tizimi tuzilishini asosi bo‘lib 0-razradga belgilangan minimal oylik summasi hisoblanadi.



Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə