|
Sitologiya va genetika
|
səhifə | 66/100 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 244,49 Kb. | | #154335 |
| 9-sinf biologiyaGomeostaz. Tashqi muhit omillari ta’sirining o‘zgarishiga qa- ramay tirik organizmlarning o‘z tuzilishi va ichki muhitining doimiy- ligini o‘zgartirmasdan saqlay olish xususiyati gomeostaz deyiladi. Gomeostazni ta’minlashda organizmning morfologik tuzilishi doi- miyligini va butunligini ta’minlashda regeneratsiya muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya deb, organizmlarning hayot faoliyati davomida yoki biron ta’sir natijasida yashash muddati tugagan yoki shikastlangan hujayralar, to‘qimalar yoki a’zolarning qayta tiklanishiga aytiladi.
Ichki muhitning doimiyligini saqlashda organizmning barcha sistemalari birgalikda qatnashadi. Natijada organizmning tana harorati, kimyoviy ionlar va gazlar tarkibi, qon bosimi, nafas olish va yurak urishi tezligi, moddalarning almashinuvi doimiyligi saqlanadi.
Anabioz. Ba’zan organizmlar hayot jarayonlarining da- vom etishi qiyin bo'lgan muhit sharoitlariga tushib qoladi. Shun- day sharoitlarda organizm anabioz (“ana” - yangi, “bios” - hayot so'zlaridan olingan) holatiga o'tadi. Anabioz holatidagi orga- nizmlarda moddalar almashinuvi juda sekinlashadi yoki vaqtincha deyarli to'xtaydi. Mikroorganizmlarning sporalari, o'simliklarning urug'lari, hayvonlar tuxumlari anabiozga misol bo'la oladi.
Postembrional rivojlanish davriga abiotik omillar qanday ta’sir ko'rsatadi?
A
2.
3.
4.
kseleratsiya deb nimaga aytiladi? Uning sababi nima? Gomeostaz deb nimaga aytiladi?
Anabioz nima va unga misollar keltiring.
§. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Biogenetik qonun. Embrionlarning o‘xshashlik qonuni
Barcha ko'p hujayrali organizmlar bitta urug'langan tuxum hujayra (zigota)dan rivojlanadi. Bir tipga mansub organizmlar mur- tagining rivojlanishi ko'p tomondan o'xshash. Barcha xordali hayvonlarning embrional rivojlanish davrida o'q skelet - xorda shakl- lanadi, nerv nayi hosil bo'ladi, halqumining oldingi qismida jabra yoriqlari paydo bo'ladi.
Umurtqalilarning dastlabki rivojlanish bosqichlari juda o'xshashdir (48- rasm). Bu dalillar K.Ber tomonidan embrionlarning o'xshashlik qonunida ilgari surilgan.
Embrionlarning o'xshashlik qonunining isboti: “Embrion dastlabki rivojlanish davrida tip uchun umumiy belgilari jihatidan o'xshash bo'ladi”. Har xil sistematik guruhga mansub organizmlar murtagining rivojlanishini o'xshash bo'lishi, ularning kelib chi- qishi birligining isbotidir. Keyinchalik embrional rivojlanishda sinf, oila, tur va oxirida o'sha individ uchun xos belgilar rivojlanadi. Embrionning rivojlanish jarayonida belgilarning ajralishi emb-
Dostları ilə paylaş: |
|
|