Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/148
tarix11.12.2023
ölçüsü3,8 Kb.
#144544
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   148
Biologiya 9

sitokimyoviy
usullaridan keng foydalaniladi. Bu ning 
uchun turli xil bo‘yoqlar ishlatiladi. ular yordamida hujayra 
tarkibidagi oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘lar, uglevodlar, vita-
minlar, metall tuzlarining faqat miqdorinigina emas balki hujay-
rada joylashishini ham aniqlash mumkin. Bu usul hujayraning 
kimyoviy tarkibi va unda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni 
o‘rganish ga yordam beradi. 
Tirik organizmlarning organ va to‘qimalarini maydalab (bir xil 
massa hosil bo‘lguncha), ulardan 
sentrifugalash
usuli yordami da 
hujayraning organoidlarini ayrim-ayrim holda (yadro, xloroplast, 


33
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
3. Biologiya, 9- sinf.
mitoxondriya, ribosoma) ajratib olinadi va ularning xususiyatlari 
o‘rganiladi.
Demak, hujayrani o‘rganishda turli xil usullardan foydalanish 
mumkin. ular yordamida hujayra haqida juda ko‘p qiziqarli ma’lu-
motlar olingan.
1. hujayraning o‘rganish usullariga nimalar kiradi?
2. Yorug‘lik mikroskopiya usulini ahamiyati nimadan iborat?
3. elektron mikroskop yordamida hujayraning qaysi tarkibiy
qismlari aniqlangan?
4. Sitokimyoviy usul haqida ma’lumot bering.
1. hujayraning o‘rganish usullarida nimalar o‘rganilishini 
o‘zaro taqqoslagan holda tushuntirib bering.
2. Yorug‘lik va elektron mikroskoplar obyektni qanday
kattalashtirib berishini tushuntiring.
11­ §. Eukariot hujayralar
 
hujayrasi tarkibida haqiqiy yadroga ega bo‘lgan organizm-
larni 
eukariotlar
deyiladi. eukariot yunoncha “eu” — haqiqiy, 
“karion” — yadro degan ma’noni anglatadi. eukariot hujayralar 
prokariot hujayralarga nisbatan murakkab tuzilgan va xilma-xil 
bo‘ladi. eukariotlarda o‘ziga xos tuzilishga ega ma’lum vazifalari-
ni bajaradigan organoidlar mavjud. 
Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o‘zining tuzi-
lishi jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi (18-
rasm). hujayralar bajaradigan vazifalari va shakliga qarab turli-tu-
man: yumaloq (tuxum va yog‘ hujayralari), yulduzsimon (biriktiruv-
chi to‘qima hujayralari), o‘simtasimon (nerv hujayralari), amyo-
basimon, ya’ni shaklini o‘zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim birik-
tiruvchi to‘qima hujayralari) ajratish mumkin.
hujayralar turlicha katta-kichiklikka ega. ko‘p hollarda ular 
juda kichik bo‘lib, 10–100 mikrometr (mkm, 1mkm – 0,001 mm) 
ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Masalan: tarvuz 


34
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
hujayralarini oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin. eng katta hujayra-
larga qushlarning tuxumi misol bo‘ladi.
hujayralar katta-kichikligiga qarab turli xil og‘irlikka ega. Ma-
salan, tuyaqush tuxumining og‘irligi 100 g dan 1,5 kg gacha bora-
di. Qizil qon tanachalari (eritrositlar)ning og‘irligi esa 10
~9
g (ya’ni, 
0, 000 000 001 g) ga teng.
eukariotlarga sodda hayvonlar, zamburug‘lar, o‘simlik va hay-
vonlar kiradi. eukariot hujayralar prokariotlarning murakkabla-
shishi tufayli paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. har bir eukariot 
hujayra 3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, si-
toplazma va yadrodan iborat.

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə