Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 421,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix26.01.2023
ölçüsü421,95 Kb.
#99391
1   2   3   4   5   6   7
haydar-xorazmiy-hayoti-va-ijodi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
138 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
Ahmad 
Taroziyning 
“Funun 
ul-balog‘a” 
asarining 
topilishi 
adabiyotshunoslikda katta yangilik bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.1993-yili 
taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori Ergash Umarov AQShning 
Blumington shahridagi Indiana universitetida ma’ruzalar o‘qidi va u yerda ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib bordi.Bu safar g‘oyat muvaffaqiyatli o‘tdi.Yurtga qaytish 
chog‘ida o‘zbek adabiyoti tarixi uchun g‘oytda zarur bo‘lgan bir qancha 
qo‘lyozmalarning fotonusxalarini olib keldi va ularni Alisher Navoiy nomidagi 
Adabiyot institutiga topshirdi. Bu qo‘lyozmalar orasida shu paytgacha bizga 
noma’lum bo’lib kelgan yangi muallif - Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning 
“Funun ul- balog‘a” nomli asaridir. Mazkur asar orqali biz adabiyotshunoslar uchun 
muhim bo‘lgan Haydar Xorzamiyning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlardir.Mazkur 
asardan bir necha yillardan beri Lutfiyniki deb kelingan asar aslida Haydar 
Xorazmiyning asari ekanligini bilib oldik.Mazkur asarda shunday ma’lumot uchraydi. 
“ Mavlono Haydarning “Gul va Navro‘z” idintur: 
Ushul kunlarki, vahtim erdi darham, 
Buzulg‘on bu ko‘ngulda ming tumon g‘am. 
Parishonlik bila holim mushavvash, 
Tiriklik nomuloyim, umr noxush. 
Na bir mahramkim, ul hamroz bo‘lg‘ay, 
Na bir hamdamki, ul damsoz bo‘lg‘ay”
6
 
[Ahmad Taroziy “Funun ul-balog‘a” 
T.: “Xazina” 1996-yil, 187-bet] 
Bu fikrni “Muxtasar”da Zahiriddin Muhammad Bobur ham tasdiqlab o‘tgan 
edi. Umuman, Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarining topilishi madaniy 
hayotimizda katta voqeadir. 
Davlatshoh Samarqandiy (XVI asr) “Tazkirat-ush-shuaro” asarida Haydar 
Xorazmiy to‘g‘risida quyidagilarni zikr etadi: “Sulton Iskandar hukmronligida fozil 
kishilardan Mavlono Muiniddin Natanziy va Mavlono Haydarlar bor ekan. Mavlono 
Haydaming turkiy va forsiy tillarda bitgan yaxshi she’rlari bor va u Nizomiyning
“Maxzan ul-asror” iga o‘zbek tilida javob yozib, uni shahzoda Iskandar otiga 
bag‘ishladi” 
Davlatshoh 
Samarqandiy 
“Tazkirat-ush-shuaro” 
asarida 
Nizomiy 
Ganjaviyning “Mahzan ul-asror” asariga yana bir ijodkorning nazira yozganligi 
uchratishimiz mumkin:
“Jaloliiddin ibn Ja’far Farrahoniy donishmand shayx Sa’diy Sheroziyga nazira 
yozgan hamda shayx Nizomiyning “Maxzan ul-asror”iga ( “Sirlar xazinasi”) ming 



Yüklə 421,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə