Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 421,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix26.01.2023
ölçüsü421,95 Kb.
#99391
1   2   3   4   5   6   7
haydar-xorazmiy-hayoti-va-ijodi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
135 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar” (ayrim manbalarda “Mufassal” yoki 
“Risolayi aruz” deb ham nomlanadi )kabi asarlarida ma’lumot uchraydi. 
Xususan, Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul-lug‘atayn” ida bu shoir haqida 
quyidagilarni o‘qiymiz: “Shohruh sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro 
paydo bo‘ldilar. Va ul hazratning avlod va ahfodidin ham xushtab’ salotine zuhurg‘a 
keldi; shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqimiy va Yaqiniv va 
Amiriy va Gadoiydeklar...
1
.[Navoiy. MAT. 16-jild, 32-bet] 
Bilamizki, temuriy shahzodalar o‘z davrida ilm-fan, adabiyot va san’atga 
alohida e’tibor bilan qaragan.Hatto o‘zlari ham ijod bilan shug‘ullanib devon sohibi 
ham bo‘lishgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Hazrat Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasining yettinchi majlisida Amir 
Temurning she’riyatga aloqador avlodlari haqida ma’lumot berib o‘tar ekan, Sulton 
Iskandar Sheroziy Amir Temurga nabira ekanini, yetti yo sakkiz yil hukronlik 
qilganini bayon qilib, Haydar Xorazmiyni ham tilga olib o‘tadi:
 
“Mavlon Haydar 
turkigo‘y 
aning 
(Iskandar 
Mirzoning) 
modihi 
ekandur. 
Bu 
aning 
masnaviysidindurkim: 
Himmat ilidur yadi bayzo degan,
Er nafasidur dami Iso degan”.
2
.[Navoiy.MAT. 13-jild, 157-bet] 
Shoir Iskandar Sultonni porlagan qo‘l, himmat egasi, mard kishi hatto Iso 
(Masih)nafaslik deya ta’riflagan. Shundan keyin Navoiy Sulton Iskandar haqida 
ma’lumotni davom ettiradi: “Sulton Iskandar derlarkim, tab’i nazm erdi. Va bu 
tuyuqni andin naql qilurlarkim: 
To‘lun oyg‘a nisbat ettim yorumi, 
Ul xijolatdin kam o‘ldi yorumi. 
Tori mo‘yungning zakotin men beray 
Yo Miski ,yo Halabni yo Rumi”.
2
[Navoiy.MAT. 13-jild, 157-bet] 
Alisher Navoiyning Iskandar Mirzoga bergan ta’rifidan shu narsa ma’lum 
bo‘ladiki, Haydar Xoramiy Iskandar Mirzo panohidan joy olgani uchungina emas, 
balki uning iste’dodli shoir bo‘lgani uchun ham “himmatli”, “porloq”,“Iso nafasli” 
deb madh etadi.
Haydar Xorazmiy “Gulshan ul-asror” asarinimg “Kitob yozilishining 
bayoni” qismida ham Iskandar Mirzo haqida shunday bayt uchraydi: 
“Andaki bu azm ila yo‘ndim qalam, 
Shoh duosi birla urdum raqam. 
Ochtim aning madhina bu yaxshi fol, 



Yüklə 421,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə