Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 421,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.01.2023
ölçüsü421,95 Kb.
#99391
1   2   3   4   5   6   7
haydar-xorazmiy-hayoti-va-ijodi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
136 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
Fotihasi xotimag‘a keldi dol”
3
[ “Muborak maktublar” to‘plam-T.:G \‘afur 
G‘ulom nashryoti.1987-yil 220-bet]
Zahiriddin Muhammad Bobur “Muxtasar” risolasida shunday ma’lumotlarni 
keltiradi: “Yana Mavlono Haydar Xorazmiy turkiygo‘yning «Gulshan ul-
asror»idur, pandu nasihatga yaxshi abyoti bor, nechukkim debtur:
Er kishiga himmat agar bo‘lsa yor,
Oqibat ul amr murodin topar.
Har kishiga himmat agar tush bo‘lur,
Ko‘kni talashquchi uchar qush bo‘lur.
Har g‘alat er o ‘g ‘lig‘a bir 
pand erur
,
Kim g‘alatin bilsa xiradmand erur”.
4
[Bobur “Muxtasar”(nashrga tayyotlovchi 
S.Hasan) T.: “Fan” 1971-y 194-bet] 
Ma’lumki, sharq adabiyotida didaktik ruhdagi asarlar yetakchilik qiladi. 
Bunday asarlar sirasiga bir qancha asarlarni misol keltirishimiz mumkin: Sa’diy 
Sheroziyning “Guliston” , “Bo‘ston” , Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” , 
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, Xojaning “Miftoh ul-adl”, “Gulzor” shu 
qatorda Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asaridir.
Yuqoridagi baytlarda ham axloqiy-falasafiy fikrlar aks ettirilgan. Xususan, 
Agar er kishi himmatli bo‘lsa, u albatta, murodiga yetadi. Ya’ni himmat er kishining 
ziynatidir. Hazrat Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida ham “Himmatsiz kishi er 
sonida emas; ruhsiz badanni kishi tirik demas”
5
[Navoiy MAT.14jild,79-bet] degan 
fikrlarni ko‘rishimiz mumkin. Himmatlilar uchun hamma imkonlar ochiq ekanligi 
keyingi baytning asosiy mazmunini tashkil etadi. Xato (g‘alat-xato)lardan to‘g‘ri 
xulosa chiqarish mard kishining odati bo‘lmog‘i kerak. Shundagina u donishmandlik 
maqomiga yetadi. Oxirgi bayt ayni ana shu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirmoqda. 
Haydar Xorazmiyning “Mahzan ul-asror” (ayrim manbalarda shunday nomlangan) 
asari Nizomiy Ganjaviyningning “Mahzan ul-asror” asaridan ilhomlanib yozilgan. 
Xorazmiy o‘z asarining nazm etilish sababi to‘g‘risida xabar berganda, Nizomiydan 
ilhomlanganini yozadi: 
“Ulfat ila begi ulandi alif, 
Vuqusidin qofiya topti radif. 
“Maxzani asror” bu ramz erdi, bil, 
Notiqa bu ko‘zgudin o‘grandi til”.
3
[ “Muborak maktublar” to‘plam-T.:G‘afur 
G‘ulom nashryoti.1987-yil 212-bet]
 
Dostonning yana bir o‘rnida : 
Jon tishi birla qozib ul konini, 



Yüklə 421,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə