|
![](/i/favi32.png) Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7Oriental Renaissance: Innovativeboshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-ijodiy-qobiliyatini-rivojlantirishning-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
240
w
www.oriens.uz
September
2022
oʻzligini anglash, bilimlarni oʻrganishda, maktabda va maktabdan tashqari ishlarda
faollik, boy maʼnaviyatimiz va qadriyatlarimizni oʻrgatish, oʻz shaxsidagi “men”ini
tanitish, yuksak axloqiy fazilatlar va estetik ruhda tarbiyalashdan iborat.
1
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ijodiy qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma’lum darajada
tadqiq qilingan muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu
kunga qadar izlanishlar olib borganlar. Insonning imkoniyatlarini o‘rganishga sharq
mutafakkirlari (Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino),, Rossiya psixologlari
(B.M.Teplov,
B.G.Ananev,
N.V.Kuzmina,
S.L.Rubinshteyn,
A.G.Kovalev,
V.N.Myasishev), G‘arb olimlari (A.Bine, T.Simon, F.Galton, V.Shtern, U.Ollport,
K.Rodjers) kabilar katta xissa qo‘shganlar. Ushbu muammo ustida Uzbekiston
psixolog olimlari (E.G‘oziey, R.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, B.R.Kodirov,
V.A.Tokareva va boshqalar) ham izlanish olib borganlar.
Ijodkorlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga
qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida orginallik, amaliylik,
noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, ijodiy fikrlash muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan qaray olishni anglatadi.
Ijodiy fikrlash-
bu shunday fikrlashki, natijada ma’lum bir muammoni tubdan
yangi yoki takomillashtirilgan yechimini topish demakdir.
J.Guilfordning fikriga ko'ra ijodiy fikrlashning xususiyatlari quydagilar:
O‘ziga
xoslik, g‘ayrioddiy g‘oyalar; Semantik moslashuvchanlik-ob'ektni turli nuqtai
nazardan ko‘rish qobiliyati; Majoziy moslashuvchanlik-ob'ektning yashirin
tomonlarini ko‘rish uchun idrokini o‘zgartirish qobiliyati; Noma'lum vaziyatda turli
g‘oyalarni ishlatish qobiliyati deb sanab o‘tgan.
“Inson, o‘zi va ruhiyati orasidagi hamda o‘zi va boshqa birov orasidagi mavjud
narsani tadqiq etishda bor imkoniyatni ishlatib muntazam ravishda mashq qildirib
turish kerak. Buni u haqiqat vositalarini egallashda sabot bilan yo o‘qitish va
murabbiylik usullari yoki bahs va himoya usullari bilan amalga oshirilishi zarur” deb
yozadi, Abu Nasr Farobiyning Fozil odamlar shahri kitobida
2
.
Biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashning eng muhim
nazariy va amaliy jihatlarini bilishimiz kerak. Buning uchun avvalo, quyidagi
psixologik - pedagogik muammolarni tushunib olmog‘imiz lozim:
-o‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasi;
1
Pulatova D.T. Innovatsion taʼlim jarayonida bolalarda ekologik tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. Zamonaviy
taʼlim / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИ. 2016. 3. -9 s
2
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”- Toshkent. Abdulla Qodriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
|
|
|