Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 281,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix09.05.2023
ölçüsü281,9 Kb.
#109274
1   2   3   4   5   6   7
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-ijodiy-qobiliyatini-rivojlantirishning-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
240 
w
www.oriens.uz
September
2022
 
oʻzligini anglash, bilimlarni oʻrganishda, maktabda va maktabdan tashqari ishlarda 
faollik, boy maʼnaviyatimiz va qadriyatlarimizni oʻrgatish, oʻz shaxsidagi “men”ini 
tanitish, yuksak axloqiy fazilatlar va estetik ruhda tarbiyalashdan iborat.
1
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ijodiy qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma’lum darajada 
tadqiq qilingan muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu 
kunga qadar izlanishlar olib borganlar. Insonning imkoniyatlarini o‘rganishga sharq 
mutafakkirlari (Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino),, Rossiya psixologlari 
(B.M.Teplov, 
B.G.Ananev, 
N.V.Kuzmina, 
S.L.Rubinshteyn, 
A.G.Kovalev, 
V.N.Myasishev), G‘arb olimlari (A.Bine, T.Simon, F.Galton, V.Shtern, U.Ollport, 
K.Rodjers) kabilar katta xissa qo‘shganlar. Ushbu muammo ustida Uzbekiston 
psixolog olimlari (E.G‘oziey, R.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, B.R.Kodirov, 
V.A.Tokareva va boshqalar) ham izlanish olib borganlar. 
Ijodkorlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga 
qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida orginallik, amaliylik,
noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, ijodiy fikrlash muayyan masala 
yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan qaray olishni anglatadi.
Ijodiy fikrlash-
 
bu shunday fikrlashki, natijada ma’lum bir muammoni tubdan 
yangi yoki takomillashtirilgan yechimini topish demakdir. 
J.Guilfordning fikriga ko'ra ijodiy fikrlashning xususiyatlari quydagilar:
 
O‘ziga 
xoslik, g‘ayrioddiy g‘oyalar; Semantik moslashuvchanlik-ob'ektni turli nuqtai 
nazardan ko‘rish qobiliyati; Majoziy moslashuvchanlik-ob'ektning yashirin 
tomonlarini ko‘rish uchun idrokini o‘zgartirish qobiliyati; Noma'lum vaziyatda turli 
g‘oyalarni ishlatish qobiliyati deb sanab o‘tgan. 
“Inson, o‘zi va ruhiyati orasidagi hamda o‘zi va boshqa birov orasidagi mavjud 
narsani tadqiq etishda bor imkoniyatni ishlatib muntazam ravishda mashq qildirib 
turish kerak. Buni u haqiqat vositalarini egallashda sabot bilan yo o‘qitish va 
murabbiylik usullari yoki bahs va himoya usullari bilan amalga oshirilishi zarur” deb 
yozadi, Abu Nasr Farobiyning Fozil odamlar shahri kitobida
2

Biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashning eng muhim 
nazariy va amaliy jihatlarini bilishimiz kerak. Buning uchun avvalo, quyidagi 
psixologik - pedagogik muammolarni tushunib olmog‘imiz lozim:
-o‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasi;
1
Pulatova D.T. Innovatsion taʼlim jarayonida bolalarda ekologik tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. Zamonaviy 
taʼlim / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИ. 2016. 3. -9 s 
2
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”- Toshkent. Abdulla Qodriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 



Yüklə 281,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə