Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 281,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix09.05.2023
ölçüsü281,9 Kb.
#109274
1   2   3   4   5   6   7
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-ijodiy-qobiliyatini-rivojlantirishning-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
241 
w
www.oriens.uz
September
2022
 
-o‘quvchi shaxsining shakllanishi va o‘quv-mehnat faoliyati mazmuni;
-o‘quvchi shaxsi tabiatining tavsifnomasi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. 
O‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasini to‘la yoritish uchun biz 
uning rivojlanish xususiyatlari borasida muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz 
lozim. 
Biz faoliyatimiz davomida o‘quvchilarning psixologik rivojlanishi yosh 
xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqligini kuzatamiz. Ruhiy jarayonlar va bola 
ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari 
so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy psixologik 
rivojlanishga ta’luqlidir. Bizning maktablarimizda ta’lim-tarbiya ishlari bolalarga 
faqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki bolalarning barcha qobiliyatlarini 
o‘stirishni nazarda tutgan holda olib boriladi. 
Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlanishida 
ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tug‘ma 
qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz kattalarning har bir ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy 
ta’limotlarini tez ilg‘ab oladilar va tez o‘zlashtirib hayotga tadbiq eta oladilar. Lekin 
bu qobiliyat va iste’dod, barcha yoshlarimizga tug‘ma talant nasib etavermaydi. 
Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib borish 
birinchi navbatda pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga ya’ni oila, 
mahalla, o‘quv muassasalari zimmasiga tushadi. Bolalar o‘zidagi turli faoliyatlarga 
bo‘lgan tug‘ma layoqatlarni jamoada, o‘z ustida tinmay ishlash jarayonida ro‘yobga 
chiqaradilar. Maktablardagi sinf hamda jamoa, guruhlar, to‘garaklar, fan 
olimpiadalarida ishtirok etish tug‘ma layoqatlarning imkoniyatlaridir. Shuningdek, 
o‘quv va mehnat faoliyatida bolalarning layoqatlari uyg‘onadi va qobiliyatlari o‘sadi.
Iste’dod tushunchasining asosiy mazmuni “qobiliyat» degan tushunchani ham 
anglatadi. 
Shuni aytish mumkinki, qobiliyat tushunchasini insonning tabiiy xususiyati deb 
qabul qilmay, biroq biz ko‘p hollarda qobiliyat rivoji asosida ba’zi insonlarda tabiiy 
hususiyat, ya’ni iste’dod ham mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida «haqiqiy», 
«tabiiy», «tabiatdan berilgan» va shunga o‘xshash so‘zlar bilan aytilganda - «tabiiy» 
tushunchasi, - qobiliyat tushunchasi bilan amaliy tahlilda bir-biriga bog‘liq. Ko‘p 
hollarda biz tabiiylikni iste’dod rivoji asosida yotgan qobiliyatni tushunamiz. Balki 
kimdir biror joyda amaliy so‘z ishlatishda, u yoki boshqa biror narsani - tabiiy 
xususiyatni qobiliyat deb ta’kidlashi mumkindir. Go‘dak tug‘ilgan vaqtda mavjud 
bo‘lgan «garmonik his» yoki «musiqaga bo‘lgan tuyg‘u» haqida o‘ylash dargumon. 
Ehtimol, har qanday idrokli inson, tug‘ilgan daqiqadan boshlab, musiqaga bo‘lgan 



Yüklə 281,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə