Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 281,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix09.05.2023
ölçüsü281,9 Kb.
#109274
1   2   3   4   5   6   7
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-ijodiy-qobiliyatini-rivojlantirishning-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
242 
w
www.oriens.uz
September
2022
 
tuyg‘u yoki o‘zaro his-tuyg‘uning rivoji asosida faqat iste’dod nishonalari, qiziqish 
yoki shunga o‘xshash tuyg‘u mavjud deb o‘ylash mumkin. Shuni alohida 
ta’kidlashimiz kerakki, tabiiy iste’dod nishonalari haqida gap ketganda, biz hali 
meros bo‘lib qolgan iste’dod nishonalari haqida so‘zlaganimiz yo‘q. 
Quyida 
yoshlarning 
intellektual 
ijodiy 
salohiyatini 
rivojlantirish 
usullaridan foydalanish haqida na’munalar keltiramiz: 
Aql charhi mashqlarini o‘tkazish: bunga turli rebuslar, krasovordlar yechish, 
shaxmat va shashka o‘yinlarini musobaqa shaklida tashkil etish kiradi. 
Yosh qalamkashlar to‘garaklarini o‘tkazish: bunga yoshlarning ijodiy 
mahoratini, iste’dodini oshirib borishga qaratilgan tadbirlari majmuasi kiradi. 
Masalan, yoshlar orasida yetishib chiqayotgan yozuvchi va jurnalistik mahoratga ega 
bo‘lgan yoshlar bilan ishlash. 
Chaqqonlar va epchillar sport o‘yinlarini o‘tkazish: bunga barcha turdagi sport 
musobaqalarini o‘tkazish kiradi.
Mushoira, g‘azalxonlik ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish: bu usulga yoshlarning 
she’r va g‘azallar orqali ijod qilishi kiradi. Bunga “She’r kechasi” tadbirlarini 
o‘tkazish kiradi. 
Quvnoqlar va zukkolar tanlovlarini o‘tkazish: bu tanlov orqali yoshlarning 
san’at, teatr va rassomchilikka bo‘lgan qiziqishi orttiriladi va zukkolik mahorati 
baholanadi. 
Ustoz-shorgird ishlarini takomillashtirish: bu usulni amalga oshirish uchun eng 
yaxshi ish olib borayotgan shogirdlari undan juda mamnun va minnatdor bo‘lgan 
pedagog-ustozning ishlarini ommalashtiriladi. 
Albatta yoshlarning ijodiy barcha ishlarini va iste’dodli mahoratlarini baholash, 
ularni turli sovg‘a va faxriy yorliqlar bilan mukofotlash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida keltirilgan nazariy holat va amaliy misollarga qaramay qobiliyat va 
uning rivojlanish muammosi psixologiya va pedagogikaning eng murakkab 
masalalaridan biri hisoblanadi. Qobiliyat sezgi analizatorlari, kuch, harakat hamda 
asabiy, jismoniy va aqliy jarayonlar muvofiqlashishi kabi nerv sistemasi 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan tabiiy iqtidor, iste’dod, shuningdek, tashqi ijtimoiy 
muhit ta’siri ostida rivojlanadi. 
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy muhitda ta’lim-
tarbiyaga bolaning o‘zi faol ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, 
iste’dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi. 

Yüklə 281,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə