Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
243
w
www.oriens.uz
September
2022
-
vaqt chegarasi;
-
stress holati;
-
yuqori tashvish holati;
-
tezda
yechim topish istagi;
-
muayyan echim uchun qat’iy chegaralarning mavjudligi;
-
oldingi muvaffaqiyatsizliklardan kelib chiqadigan ishonchsizlik;
-
qo'rquv;
Ijodkor yoshlarni tarbiyalash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
1. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan
kamchiliklarni ham tugatish mumkin.
2. Tarbiya inson faoliyatining istiqbol maqsadini belgilaydi.
Shu bois u shaxs
kamolotini ta’minlashda yetakchi rol o‘ynaydi.
3. Insonning ma’naviy o‘sishi sodir bo‘ladi, Masalan, bola o‘z ona tilini atrofni
o‘rab turgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va yozishni
maxsus ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi. Ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalar faqat
tarbiya jarayonida egallanadi.
4. Tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma
kamchiliklarini ham ijobiy
tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan
tug‘iladi (kar, ko‘r, soqov va hokazo). Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya
yordamida ularning aqli to‘la
taraqqiy qiladi, tug‘ma kamchiligi bo‘lmagan kishilar
bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin.
Tabiiyki, o‘quvchilarning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun ta’lim maskanida
olgan bilim, ko‘nikma va malakalari kamlik qiladi. Ular yuksak maqsad yo‘lida o‘z
ustilarida tinmay izlanishlari, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishlari
lozim.
Fanlarda o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarni qobiliyatsiz deyish xato,
o‘qituvchining birinchi galdagi vazifasi – har bir o‘quvchining
yosh va psixologik
xususiyatini chuqur o‘rganish, uning qiziqishi va istaklarini aniqlash, ularni hisobga
olgan holda pedagogik chora-tadbirlarni ko‘rishdir. Umuman, pedagogik jihatdan
to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday
faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik,
jismoniy hamda irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: