|
![](/i/favi32.png) Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7Oriental Renaissance: Innovativeboshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-ijodiy-qobiliyatini-rivojlantirishning-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
242
w
www.oriens.uz
September
2022
tuyg‘u yoki o‘zaro his-tuyg‘uning rivoji asosida faqat iste’dod nishonalari, qiziqish
yoki shunga o‘xshash tuyg‘u mavjud deb o‘ylash mumkin. Shuni alohida
ta’kidlashimiz kerakki, tabiiy iste’dod nishonalari haqida gap ketganda, biz hali
meros bo‘lib qolgan iste’dod nishonalari haqida so‘zlaganimiz yo‘q.
Quyida
yoshlarning
intellektual
ijodiy
salohiyatini
rivojlantirish
usullaridan foydalanish haqida na’munalar keltiramiz:
Aql charhi mashqlarini o‘tkazish: bunga turli rebuslar, krasovordlar yechish,
shaxmat va shashka o‘yinlarini musobaqa shaklida tashkil etish kiradi.
Yosh qalamkashlar to‘garaklarini o‘tkazish: bunga yoshlarning ijodiy
mahoratini, iste’dodini oshirib borishga qaratilgan tadbirlari majmuasi kiradi.
Masalan, yoshlar orasida yetishib chiqayotgan yozuvchi va jurnalistik mahoratga ega
bo‘lgan yoshlar bilan ishlash.
Chaqqonlar va epchillar sport o‘yinlarini o‘tkazish: bunga barcha turdagi sport
musobaqalarini o‘tkazish kiradi.
Mushoira, g‘azalxonlik ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish: bu usulga yoshlarning
she’r va g‘azallar orqali ijod qilishi kiradi. Bunga “She’r kechasi” tadbirlarini
o‘tkazish kiradi.
Quvnoqlar va zukkolar tanlovlarini o‘tkazish: bu tanlov orqali yoshlarning
san’at, teatr va rassomchilikka bo‘lgan qiziqishi orttiriladi va zukkolik mahorati
baholanadi.
Ustoz-shorgird ishlarini takomillashtirish: bu usulni amalga oshirish uchun eng
yaxshi ish olib borayotgan shogirdlari undan juda mamnun va minnatdor bo‘lgan
pedagog-ustozning ishlarini ommalashtiriladi.
Albatta yoshlarning ijodiy barcha ishlarini va iste’dodli mahoratlarini baholash,
ularni turli sovg‘a va faxriy yorliqlar bilan mukofotlash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida keltirilgan nazariy holat va amaliy misollarga qaramay qobiliyat va
uning rivojlanish muammosi psixologiya va pedagogikaning eng murakkab
masalalaridan biri hisoblanadi. Qobiliyat sezgi analizatorlari, kuch, harakat hamda
asabiy, jismoniy va aqliy jarayonlar muvofiqlashishi kabi nerv sistemasi
xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan tabiiy iqtidor, iste’dod, shuningdek, tashqi ijtimoiy
muhit ta’siri ostida rivojlanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy muhitda ta’lim-
tarbiyaga bolaning o‘zi faol ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi,
iste’dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|