Sog‘liqni saqlashni boshqarish va Jamoat sog‘lig‘ini saqlash mutaxassisligi magistranti Hakimova Dilafruz Bahrom qizining “O‘smir -qizlar salomatligi va uni



Yüklə 23,23 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü23,23 Kb.
#138732
1   2   3   4   5
Hakimova. D. B ASOSNOMA

Dolzarbligi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida 10−19 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar uchun yo‘l jarohatlari va o‘ziga zarar yetkazish asosiy o‘lim sabablari hisoblanadi. 2019 yilda YTHlarda 5−14 yoshdagi bolalar o‘limi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston va Tojikistonga qaraganda yuqori edi (Yunisefning O‘zbekistondagi ofisining Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Olga Kim 14 May 2022).
Yana bir og‘riqli muammolardan biri — bu bolalarning ruhiy salomatligini ta’minlash.«Kompleks jinsiy ta’lim sog‘lom xulq-atvorni shakllantirishga, jinsiy va reproduktiv salomatlik va turdosh huquqlarni himoya qilishga yordam beradi, xususan, OIV infeksiyasi va o‘spirin homiladorligi holatlarini kamaytirish orqali jinsiy va reproduktiv salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi» (YUNISEF ofisining mintaqaviy maslahatchisi Gabriel Fontana).
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida yana bir muammo ham ta’kidlandi: o‘smirlarda jismoniy faollikning yetishmasligi — qizlar orasida 84 foiz va o‘g‘il bolalar orasida 56 foizni tashkil qiladi.
To‘yib ovqatlanmaslik muammosini ham hal qilish kerak, chunki (2017 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra) 15−19 yoshdagi qizlarning 10,7 foizi ortiqcha vazn yoki semiz, 11,9 foizi esa — kam vaznga ega. O‘smirlarning deyarli yarmi (49%) temir tanqisligidan aziyat chekadi, har xil turdagi anemiya 28% o‘smirlarda kuzatiladi, beshdan ikki qismida esa foliy kislotasi yetishmaydi.
«Ta’lim va sog‘liqni saqlash o‘rtasidagi sinergiya yaxshi ta’lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga yordam beradi». (Olga Kim 2022-y) Masalan, yetarli ovqatlanishni ta’minlaydigan maktablarda davomat 8 foizga yuqori, shu bilan birga, o‘spirin qizlarda anemiya ko‘rsatkichlari 20% gacha pasaygan.
Faqat sog‘liqni saqlash sohasidagi yoki boshqa biron bir jabhada harakatlar yetarli emas, biz tibbiy xizmatlardan o‘smirga qaratilgan ekologik yondashuvga o‘tishimiz kerak. Ko‘p bosqichli harakatlar o‘spirinlarni zarur jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan yagona to‘liq strategiya doirasida zarur.

Yüklə 23,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə