Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

stavkalari 
nun hujjatlariga asosan ushbu
soliqni budjet oldida hisob-kito- 
bini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ul­
lanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan:
126


1) soliq solinadigan oborotlarga ega boTgan yuridik 
shaxslar;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tom onidan 
amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun 
qo‘shilgan qiymat soligT toTash bo‘yicha majburiyat yuk- 
latiladigan yuridik shaxslar;
3) tovarlami 0 ‘zbekiston Respublikasi hududiga import 
qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar (o‘z ehtiyojlari uchun 
bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi 
jismoniy shaxslar bundan mustasno);
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlami amalga 
oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatil- 
gan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi 
(ishtirokchisi).
Notijorat tashkilotlar (tadbirkorlik faoliyati doirasida 
tovarlami (ishlami, xizmatlami) realizatsiya qilish oborot- 
lari mustasno) hamda soliq solishning soddalashtirilgan 
tartibi bo‘yicha soliq toTovchilar qo‘shilgan qiymat soligTni 
toTovchilari boTib hisoblanishmaydi.
Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan holda yagona 
soliq toTovini toTovchilar boTgan yuridik shaxslar soliq 
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organ- 
lariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir 
oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona 
soliq toTovini toTovchilar boTgan yuridik shaxslar esa 
faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bil- 
dirishga asosan ixtiyoriy asosda qo‘shilgan qiymat soligTni 
toTashi mumkin.
Amaldagi Soliq kodeksining 198-moddasiga ko‘ra 
qo‘shilgan qiymat solig‘ining obyekti boTib, tovar (ish, xiz- 
m at)lam i realizatsiya qilish oboroti hamda tovarlaming 
importi hisoblanadi.
Tovarlami (ish va xizmatlami) realizatsiya qilish oboroti
deganda
— yuklab jo ‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) 
qiymati tushuniladi, ya’ni yuklab jo ‘natilgan tovarlar (ish va 
xizmatlar) uchun mablag‘i kelib tushishi davridan qat’i 
nazar korxona qo‘shilgan qiymat soligT bo‘yicha budjet 
oldida hisob-kitoblami amalga oshirishi shart.
Soliq solinadigan import deganda esa 0 ‘zbekiston Res­
publikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar 
hisoblanadi (qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan 
import tovarlardan tashqari).
127


Tovarlar natural haq tarzida berilganda yoki kassa orqali 
o‘z xodimlariga tannarx bahosidan past qilib sotilganda 
soliqqa tortiladigan oborot tovarlar (ish va xizmatlar)ni ish­
lab chiqarishning haqiqiy xarajatidan kam boTmagan miq- 
dorda belgilanadi.
Soliq kodeksiga ko'ra quyidagilar tovarlami (ishlami, 
xizmatlami) realizatsiya qilish oboroti hisoblanmaydi:
1) soliq toTovchining xarajatlari sifatida qaraladigan 
uning o‘z ehtiyojlari uchun tovar berish, ishlar bajarish, 
xizmatlar ko'rsatish (yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
soligTni hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar 
bundan mustasno);
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy boTinmasi to­
monidan boshqa tarkibiy boTinmasiga ishlab chiqarish 
ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun, agar tarkibiy 
boTinmalar Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq toTov­
chilar boTmasa, mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xiz­
matlar ko'rsatilishi;
3) soliq toTovchining o‘z ehtiyojlari uchun o‘z kuchi 
bilan qurilish, montaj, qurilish-montaj ishlarini bajarishi;
4) garov qiymatiga ega boTgan qaytariladigan tarani, 
shu jumladan, shisha idishni jo'natish. Qaytariladigan tara 
mahsulot solib jo'natilgan, qiymati ushbu mahsulot qiy­
matiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib 
berish uchun tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilan­
gan shartlarda va muddatlarda mahsulot yetkazib beruvchi- 
ga qaytarilishi lozim boTgan taradir. Agar tara belgilangan 
muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq soli­
nadigan oborotga kiritiladi;
5) yuridik shaxsning ishtirokchisi (muassisi) muassislar 
(ishtirokchilar) tarkibidan chiqqanda (chiqib ketganda), shu 
jumladan, tugatilganlik (bankrotlik) yoki qayta tashkil etil- 
ganlik munosabati bilan chiqqanda (chiqib ketganda) unga 
dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish, shuningdek, 
oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha sherikka (ishtirokchiga) 
uning mazkur shartnoma bo'yicha sheriklari (ishtirokchi­
lari) umumiy mulkida boTgan ulushi qaytarilayotganda yoki 
bunday mol-mulk taqsimlanganda mol-mulkni berish;
6) tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomod- 
diy aktivlari va obyektlarini bepul asosda berish;
7) banklarning mol-mulkni o'z filiallariga berishi;
128


8) oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning 
(ishtirokchining) ulushi sifatida tovarlami (ishlami, xizmat­
lami), boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlami berish;
9) tovarlami va boshqa mol-mulkni qayta ishlash asosi­
da berish;
10) ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida mol- 
mulkni mulkdordan ishonchli boshqaruvchiga berish;
11) ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdir­
da, mol-mulkni mulkdoiga berish;
12) obyekt qiymatini ijaraga bemvchi (lizingga beruv- 
chi) oladigan ijara (lizing) toTovining bir qismi tarzida qop- 
lash.
Soliq kodeksiga ko'ra quyidagilar tovarlami (ishlami, 
xizmatlami) sotish oboroti hisoblanmaydi:
• soUq toTovchining xarajatlari sifatida qaraladigan 
uning o‘z ehtiyojlari uchun tovar berish, ishlar bajarish, xiz­
matlar ko‘rsatish (yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig'ini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar 
bundan mustasno);
• bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy boTinmasi tomo­
nidan boshqa tarkibiy boTinmasiga ishlab chiqarish ehtiyoj­
lari (zavod ichki oboroti) uchun mol-mulk berilishi, ishlar 
bajarilishi, xizmatlar ko'rsatilishi;
• soliq toTovchining o‘z ehtiyojlari uchun o‘z kuchi 
bilan qurilish, montaj, qurilish-montaj ishlarini bajarishi;
• garov qiymatiga ega bo'lgan qaytariladigan tarani, shu 
jumladan, shisha idishni jo'natish. Qaytariladigan tara 
mahsulot solib jo'natilgan, qiymati ushbu mahsulot qiy­
matiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib 
berish uchun tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilan­
gan shartlarda va muddatlarda mahsulot yetkazib beruvchi- 
ga qaytarilishi lozim boTgan taradir. Agar tara belgilangan 
muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq soli­
nadigan oborotga kiritiladi;
• tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomod- 
diy aktivlari va obyektlarini bepul asosda berish;
• banklaming mol-mulkni o‘z fïliallariga berishi;
• va boshqa qonunchilikda ko'zda tutilgan oborotlar.
O'zbekiston Respublikasida qo'shilgan qiymat soligT
stavkasi 1992-yilda 30 foizni tashkil qilgani holda, bugunga 
qadar bir necha maria o'zgartirildi. Jumladan, 1996-yilda 
17 foizni, 1997-yilda 18 foizni, ayrim oziq-ovqat mahsulot-
5 -4 7 7 7
129


lari turlariga (un, non, go'sht, sut va sut mahsulotlari) esa 
kamaytirilgan 10 foizli stavka belgilandi. 1999 yilda respub- 
likada qo'shilgan qiymat solig'ining 3 xil stavkasi (20%, 
15%, va 0%) amalda qo'llanildi. Faqat 3 ta band, ya’ni 
eksport, qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun qishloq xo'jalik 
korxonalariga beriladigan mineral o'g'it va yoqilg'i moylash 
materiallari hamda diplomatik vakolatxonalar va unga teng- 
lashtirilgan vakolatxonalarga realizatsiya qilinadigan tovar 
(ish va xizmatjlar «0» stavkasi bo'yicha soliqqa tortildi. 15% 
li qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi esa un, non, go'sht, sut 
va sut mahsulotlari hamda import qilinadigan tirik mol va 
bug'doy kabi mahsulotlarga nisbatan belgilandi.
2000-yildan hozirgi kungacha soliq Kodeksiga ko'ra 
respublikamizda 20 foizli va «0» foizli stavka qoTlanilib 
kelinmoqda. Umuman olganda «0» stavka deganda korxona 
ishlab chiqarayotgan tovarlaming (bajarilgan ish, xizmat- 
laming) qiymatiga qo'shilgan qiymat solig'i qo'Uanilmaydi, 
ya’ni «nol»ga teng degani.
Quyidagilarga «0» darajali stavka bo'yicha soliq solina-
di:
• tovarlaming, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi 
hududidan tashqarida bajariladigan ishlaming (ko'rsatiladi- 
gan xizmatlaming) erkin konvertatsiya qilinadigan valu- 
tadagi eksportiga, shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Ham- 
do'stligi (MDH) mamlakatlariga yetkazib berilishiga, agar 
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa.
Ayrim MDH davlatlarida bu tartib boshqacha. Masalan: 
Armanistonda, Tojikistonda, Turkmanistonda MDH 
davlatlaridan tashqariga eksport soliqqa tortilmaydi, «0» 
stavka ham qo'Uanilmaydi. Qozog'istonda esa MDHdan 
tashqariga eksport «0» stavkada soliqqa tortiladi.
Eksport qilingan tovarlami qo'shilgan qiymat solig'i 
bo'yicha soliqqa tortish masalasida O'zbekiston bilan 
boshqa davlatlar o'rtasida davlatlararo bilvosita soliqlami 
undirish prinsiplari bo'yicha shartnomalar tuzilgan bo'lib, 
ammo ratifikatsiya qilinmagan (tasdiqlanmagan) holatlarda 
imtiyozni qo'Hashning iloji bo'lmaydi, ya’ni imtiyoz 
qoTlash uchun qonuniy asos bo'lmaydi.
Hozirgi vaqtda Qirg'iziston, Ozarbayjon, Moldova, 
Rossiya, Qozog'iston bilan ham bilvosita soliqlami undirish 
prinsiplari bo'yicha shartnomalar tuzilgan. Shartnomada
130


kelishilgan davlatlar bojxona hududlarida tovarlar (ish va 
xizmatlar) eksport qilinganda «0» stavkadagi qo'shilgan qiy- 
mat solig'ini qoTlash ko'zda tutilgan, shuningdek:
• chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ulaiga teng­
lashtirilgan vakolatxonalaming rasmiy foydalanishi uchun 
realizatsiya qilinayotgan tovar (ish va xizmat)larga.
0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 
Diplomatik servis xizmati tomonidan keyinchalik chet el 
diplomatik vakolatxonalari va ulaiga tenglashtirilgan vako- 
latxonalarga realizatsiya qilish uchun olinayotgan tovarlarga 
(ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka bo'yicha qo'shil­
gan qiymat soligT solinadi.
Tovarlami (ishlami, xizmatlami) realizatsiya qilishda 
nol darajali stavka qoTlanilishi tatbiq etiladigan O'zbekiston 
Respublikasida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik 
vakolatxonalarining va diplomatik vakolatxonalariga teng­
lashtirilgan xalqaro tashkilotlaming ro'yxati 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:
• suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va gaz 
ta’minoti bo'yicha aholiga ko'rsatiladigan kommunal xiz­
matlarga;
• xorijiy davlatlaming 0 ‘zbekiston Respublikasi hududi 
orqali olib o'tiladigan tranzit yuklarini tashish bo'yicha 
ko'rsatiladigan xizmatlarga, jumladan, yoTovchilar, bagajlar 
va pochtani xalqaro yo'nalishda tashish.
2006-yildan boshlab qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 
ehtiyojlari uchun qishloq xo'jalik korxonalariga yetkazib 
beriladigan mineral o'g'itlar va yonilgT-moylash material- 
lariga «0» stavka bekor qilindi.
Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod boTgan (imtiyozli) 
oborotlardan farqli «0» stavka qoTlanilganda qo'shilgan 
qiymat soligT tovarlaming tannarxiga olib borilmasdan 
hisobga kiritiladi.
Agarda hisobot davrida hisobga kiritilishi lozim boTgan 
qo'shilgan qiymat soligT summasidan «0» stavkada hisob- 
lanishi lozim boTgan qo'shilgan qiymat solig'ining summasi 
qiymati jihatidan ko'p bo'lsa, u holda oshiqcha summa 
soliq toTovchining boshqa soliq va toTovlar bo'yicha qarzi 
bo'lmagan taqdirda, unga belgilangan tartibda qaytariladi.
Qo'shilgan qiymat soligTni qoplash (ya’ni qaytarish) 
tartibi 2003-yil 13-maydagi hisob-kitoblar mexanizmini 
takomillashtirish va budjetga undiriladigan toTovlar intizo-
131


mini mustahkamlash bo'yicha Hukumat komissiyasi 
tomonidan tasdiqlangan (30-sonli bayonnoma) «Xo'jalik 
yurituvchi subyektlarga qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha 
yuzaga kelgan manfly farqni qoplash to‘g‘risida»gi Nizom 
asosida olib boriladi. Ushbu Nizom Adliya vazirligi 
tomonidan 2003-yil 6-iyunda 1246-son bilan tasdiqlangan.
Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha salbiy qoldiqni paydo 
boTishi muammosi, asosan, mahsulotini eksport qiluvchi 
yirik korxonalarda kuzatiladi. Masalan: Olmaliq tog'-kon 
metallurgiya kombinatining 1 oylik ortiqcha toTovi 100 
mln so'm, Navoiy tog'-kon metallurgiya kombinatida 200 
mln so'm, Kabul Tekstaylz — O'zbek qo'shma korxonasida 
30 mln so'm (bu korxonada eksport jami sotilgan tovar­
laming 90 foizni tashkil qiladi). Bu muammo «0» stavkada 
soliqqa tortish natijasida ortilgan mahsulotga qo'shilgan 
qiymat soligT hisoblanmasligini va olingan materiallarga 
qo'shilgan qiymat solig'i hisobga olinishi oqibatida yuzaga 
keladi.
Qo'shilgan qiymat soligTning vatani hisoblangan Fran- 
siyada qo'shilgan qiymat soligT bo'yicha to'rtta stavka amal 
qiladi, ya’ni standart stavka, qisqartirilgan stavka, oraliq 
stavka va oshirilgan stavka.
Standart soliq stavkasi 19,6 foiz qilib belgilangan. Bu 
stavka o'zgacha stavkalar qo'llanilishi ko'zda tutilgan ope- 
ratsiyalardan tashqari barcha operatsiyalarga nisbatan 
qo'llaniladi. Pasaytirilgan stavka (2,2; 5,5%) oziq-ovqat 
mahsulotlarining ko'pchiligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari 
uchun, kitoblar va dori-darmonlar uchun amal qiladi. 
Shunday pasaytirilgan stavka ayrim xizmat turlariga: turizm 
va mehmonxona xizmatlari, yuk va yo'lovchi tashish, 
tomosha tadbirlari, korxonalaming xodimlariga beriladigan 
ovqatlarga tegishlidir. Oraliq stavka gaz, elektr, issiq suv, 
ko'mir, neft mahsulotlari, spirt, kofe kabi tovarlami soliqqa 
tortish uchun qo'llaniladi. Oshirilgan stavka (22,0%) ayrim 
mahsulot turlariga, jumladan, avtomobillar, kino-foto 
tovarlar, tamaki mahsulotlari, parfyumeriya, qimmatbaho 
mo'ynalarga nisbatan qo'llaniladi.
Buyuk Britaniyada qo'shilgan qiymat soligTning uchta 
stavkasi amal qiladi: nollik, 8 va 17,5 foiz. Nol darajasida- 
gi soliq stavkasi tovarlaming 17 ta guruhiga, jumladan, 
oziq-ovqat mahsulotlari, suv ta ’minoti va kanalizatsiya, 
ko'zi ojizlar uchun mo'ljallangan kitoblar va qo'llanmalar,
132


yoqilg'i va isitish, transport vositalari, xalqaro xizmatlar, 
kiyim-kechak va poyabzal, xayr-ehsonlarga nisbatan 
qoTlaniladi. 8 foizli stavka ta’minotning kommunal turlari 
borasidagi xizmatlarga nisbatan qoTlaniladi. 17,5 foizli 
stavka tovarlar (ish va xizmatlar)ning barcha boshqa turla- 
riga nisbatan qoTlaniladi.
Ispaniya Qirolligi mamlakatida qo'shilgan qiymat 
solig'ining standart stavkasi 16 foizni tashkil etadi. 
Pasaytirilgan stavkalar, ya’ni 0 foizli stavka — eksport bilan 
bog'liq tovar va xizmatlar uchun; 4 foizli stavka — birinchi 
navbatdagi zarur tovarlar uchun (non, g'alla, sut, tuxum, 
mevalar, sabzavotlar, kitoblar, gazetalar, dori-darmonlar, 
munitsipial uylar, nogironlar uchun mashinalar va h.k.); 7 
foizli stavka — oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy qurilishi, 
transport, turizm uchun, 28 foizli stavka esa zeb-ziynat 
buyumlari va avtomobillar bo'yicha belgilangan.
Rossiya Federatsiyasida qo'shilgan qiymat soligT 20 
foiz, 10 foiz va 0 foizli qilib belgilangan. 0 foizli stavka 
tovarlar (ish va xizmatlaming) ayrim turlariga, 10 foizli 
stavka — oziq-ovqat va bolalar tovarlariga, 20 foizli stavka 
esa tovarlar (ish va xizmatlar)ning boshqa turlariga nisbatan 
qo'llaniladi.1
...................... 
Qo'shilgan qiymat solig'idan

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə