Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

o q m yo za ri 
boshqa soliq turlariga nisbatan
ko'proq imtiyozlar ko'zda tutilgan bo'lib, ular Soliq kodek- 
sida to'rt guruhga bo'lib berilgan. Ular:
1) soliqdan ozod etiladigan tovarlami (ishlami, xizmat­
lami) realizatsiya qilish oboroti (208-modda);
2) soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209- 
modda);
3) soliqdan ozod etiladigan sug'urta xizmatlari (210- 
modda);
4) soliqdan ozod etiladigan import.
Qo'shilgan qiymat solig'idan quyidagi tovarlarni (ish-
larai, xizmatlami) realizatsiya qilish oborotlari ozod etila­
di:
— davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish 
organlari hamda boshqa vakoiatli tashkilotlar tomonidan 
ko'rsatiladigan, davlat boji va yig'imlar undiriladigan xiz­
matlar;

Abdurahmonov O.
Xorijiy mamlakatlarda soliq tizimlari. 0 ‘quv qo'llanmasi. — 
T.: TDHJ nashr., 2003.
133


— maktabgacha ta ’lim muassasalarida bolalami tar- 
biyalashga doir xizmatlar;
— bemorlar va keksalami parvarish qilishga doir xiz­
matlar;
— dafn etish byurolari va qabristonlaming marosim xiz- 
matlari, diniy ashyolami realizatsiya qilish, diniy tashkilot- 
lar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar 
o'tkazishga doir xizmatlari;
— protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun 
moTjallangan inventarlar, shu jumladan, ulami ishlab 
chiqamvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyum- 
lar va inventarlar, shuningdek, nogironlarga ko'rsatilayot- 
gan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya 
buyumlari va nogironlar uchun moTjallangan inventarlami 
ta’mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar bo'yi­
cha xizmatlar;
— davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab 
chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan 
realizatsiya qilinadigan mahsulotlari;
— pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tash­
qari), markali otkritkalar, konvertlar;
— aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar toTash 
bo'yicha xizmatlari;
— budjet mablag'lari hisobidan bajariladigan ilmiy- 
tadqiqot va innovatsiya ishlari. Ushbu imtiyozni olish 
uchun tegishli moliya organining budjetdan mablagTar 
ajratish to'g'risidagi xulosasi asosdir;
— shahar yo'lovchilar transportining xizmatlari (taksi- 
dan, shu jumladan, yo'nalishii taksidan tashqari), shu­
ningdek, temiryo'l va umumiy foydalanishdagi avtomobil 
transportida (taksidan, shu jumladan, yo'nalishii taksidan 
tashqari) shahar atrofidagi yo'nalishlarda yo'lovchilar 
tashish xizmatlari;
— oliy, o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlari- 
da, shuningdek, kadrlaming malakasini oshirish va ulami 
qayta tayyorlash bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda ta ’lim 
berishning haq evaziga o'qitishga doir qismi bo'yicha xiz­
matlar;
— vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshi- 
rilgan qimmatbaho metallar;
— chet el havo kemalariga xizmat ko'rsatish yuzasidan 
bevosita O'zbekiston Respublikasi aeroportlarida va O'zbe-
134


kiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida amalga oshi- 
riladigan xizmatlar, shu jumladan, aeronavigatsiya xiz- 
mati;
— sanatoriy-kurort, sogTomlashtirish, turistik-ekskur- 
siya xizmatlari va bolalar dam olish oromgohlarining xiz­
matlari, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport muassa- 
salarining tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmat­
lari.
— gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
— geologiya va topografiya ishlari;
— 0 ‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning 
tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlaming hamda 
0 ‘zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga 
doir mahsulot va xizmatlar;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilina­
yotgan tovarlami tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, 
ekspeditsiya qilishga doir xizmatlar, ishlar;
— nogironlaming jam oat birlashmalari, «Nuroniy» 
jamg'armasi va « 0 ‘zbekiston chernobilchilari» assotsia- 
tsiyasi mulkida boTgan, ishlovchilari umumiy sonining 
kamida 50 foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxs­
lar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xiz­
matlar), bundan vositachilik, savdo, tayyorlov, ta’minot- 
sotish faoliyatini amalga oshirish bo'yicha realizatsiya qilish 
oborotlari mustasno;
— 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari 
bo'yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari 
tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar 
oladigan, shuningdek, grantlar hisobiga olingan tovarlar 
(ishlar, xizmatlar);
— uy-joy fondini saqlash va ta ’mirlash yuzasidan aholi- 
ga ko'rsatilayotgan xizmatlar;
— aholini elektr energiyasi bilan ta ’minlash;
— davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o'igatish 
xizmatlari;
— o'zi yetishtirgan qishloq xo'jaligi mahsuloti;
— ichki ishlar organlari huzuridagi qo'riqlov bo'lin- 
malari xizmatlari;
— va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
oborotlar.

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə